I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   131
 
2H
2
O + 2e → H
2
+ 2OH

 
______________________________________________ 
2H
2
O + 2Cl

→ Cl
2
+ H
2
+ 2OH

 
yoki 
2H
2
O + 2NaCl → Cl
2
+ H
2
+ 2NaOH 
Shunday qilib, anodda xlor, katodda esa vodorod va o‘yuvchi natniy 
hosil bo‘ladi. 
Elektrolizda asosiy jarayonlar bilan bir qatorda qo‘shimcha 
jarayonlarning ham sodir bo‘lishi kuzatiladi. Shunday qo‘shimcha 
jarayonlardan biri anodda kislorodning hosil bo‘lishidir. Bundan 
tashqari, xlor elektrolitda erishi va quyidagi reaksiya tenglamasi 
bo‘yicha gidrolizlanishi mumkin: 
Cl
2
+ H
2

⇄ HClO + HCl 


319 
Ishqorning anodga diffuziyasi yoki katod va anod mahsulotlarining 
aralashishi natijasida gipoxlorid va xlorid kislotalarning tuzlari hosil 
bo‘ladi: 
HClO + NaOH = NaClO + H
2
O 
HCl + NaOH = NaCl + H
2
O 
ClO

ionlari anodda ClO
3

gacha oson oksidlanadi. Binobarin
elektrolizdagi qўshimcha jarayonlar natijasida xlor, vodorod va o‘yuvchi 
natriydan tashqari kislorod, natriy gipoxlorid, xlorit va xloratlari hosil 
bo‘lishi mumkin, bu esa tok bo‘yicha unum hamda energiyadan 
foydalanish koeffitsientini pasaytiradi. 
Qo‘shimcha reaksiyalarni kamaytirish uchun katod va anod 
mahsulotlari aralashishini oldini oladigan sharoitlarni yuzaga keltirilishi 
lozim. Bunga katod va anod maydonlarini diafragma bilan ajratilishi 
hamda OH

ionlarini anod tomon harakatlanishiga qarama-qarshi 
yo‘nalishida diafragma orqali elektrolitning filtrlanishi kiradi. Bunday 
diafragmalar «filtrlovchi diafragma» deb ataladi va asbestdan 
tayyorlanadi. 
Elektroliz haroratining va elektrolitdagi NaCl konsentratsiyasining 
ortishi natijasida xlorning eruvchanligi kamayadi, shuningdek katod 
eritmasida NaOH konsentratsiyasining kamayishi qo‘shimcha jarayonlar 
sodir bo‘lishini kamaytiradi. 
Elektroliz haroratining ortishi nafaqat tok bo‘yicha unumni oshiradi, 
balki elektrolit elektr o‘tkazuvchanligini ham oshiradi, bu esa vanna 
kuchlanishini 
pasaytiradi. 
Shunday 
qilib, 
haroratning 
ortishi 
elektroenergiya sarfini kamaytiradi, shuning uchun odatda natriy xlorid 
eritmasining elektrolizi 70-80
O
C haroratda amalga oshiriladi. 
Sanoat 
elektrolizyorlari
Filtrlovchi 
diafragmali 
sanoat 
elektrolizyorlari 
ishlab 
chiqarishda 
keng 
qo‘llaniladi. 
Bunday 
vannalarning ishlash prinsipi 5.11-rasmda tasvirlangan. Vannada teshikli 
po‘lat katod 1 va grafit anod 4 bo‘ladi. Katodga asbest kartondan iborat 
filtrlovchi diafragma 2 zich yopishtirilgan bo‘ladi. 
Natriy xlorid eritmasi anod maydoni 5 ga beriladi, diafragmadan 
o‘tishda filtrlanadi va katodga boradi. 
O‘zgarmas elektr toki o‘tkazilganda anodda xlor, katodda esa 
vodorod va o‘yuvchi natriy hosil bo‘ladi, vodorod va o‘yuvchi natriy 
katod teshiklaridan o‘tib, katod maydoni 3 orqali vannadan chiqariladi. 
Vannada osh tuzi to‘la parchalanmaydi hamda ishqor va 
parchalanmagan osh tuzining doimiy konsentratsiyasi hosil qilinadi. 


320 
Vannadan chiqariladigan elektrolitik eritma tarkibida 110-120 g/l NaOH 
va 180-170 g/l NaCl bo‘ladi. 
 
5.11-rasm. Filtrlovchi diafragmali elektrolitik vanna sxemasi. 
Sanoat elektrolizyorlari katta unumdorlikka ega bo‘lishi lozim, 
bunga amper yuklamani oshirish orqali erishiladi. 50000 a amper 
kuchlanishli quvvatli vannalar katta sirt yuzaga ega vertikal katod va 
vertikal anod bilan tayyorlanadi. Bunday holatda diafragma asbest 
tolaning tuz-ishqorli eritmadagi suspenziyasidan katod yuzasiga 
«cho‘ktirish» yoki vakuum yordamida so‘rib olish orqali tayyorlanadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling