I shamshidinov noorganik moddalar va


Xlorid kislota ishlab chiqarish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Xlorid kislota ishlab chiqarish. Xlorid kislota ishlab chiqarish ikki 
bosqichda amalga oshiriladi: vodorod xlorid olish va vodorod xloridni 
suvga yutdirish (absorbsiyalash). Xlorid kislota olishning turli usullari 
bir-biridan vodorod xlorid olish usullari bilan farq qiladi. 
Vodorod xlorid olishning sulfatli usuli. Vodorod xlorid ishlab 
chiqarishning sulfatli usuli kimyoviy ishlab chiqarishning eski 
usullaridan biridir. Unda osh tuzi kuporos moyi bilan ta’sirlashib, 
quyidagi reaksiya bo‘yicha vodorod xlorid hosil qilinadi: 
2NaCl + H
2
SO
4
= Na
2
SO
4
+ 2HCl – 68,25 kj 
Jarayon kuydirish pechlarida 500-550
O
C haroratda o‘tkaziladi, 
bunda qattiq natriy sulfat va tarkibida 30-40% vodorod xlorid bo‘lgan 


326 
gaz olinadi. Olinadigan gaz sulfat kislota va boshqa qo‘shimchalar bilan 
ifloslangan bo‘ladi. Undan vodorod xloridni absorbsiyalashda texnik 
xlorid kislota hosil bo‘ladi va uning konsentratsiyasi 27-31% dan 
oshmaydi. 
Bu jarayon asosan natriy sulfat olish maqsadida amalga oshirilgan. 
Tabiiy natriy sulfat konlari topilgandan so‘ng bu usul o‘z ahamiyatini 
yo‘qotdi. 
Vodorod xlorid sintezi. Osh tuzi suvli eritmasining elektrolizida 
olinadigan xlor va vodoroddan vodorod xlorid sintezi amalga oshiriladi. 
Vodorod xlorda ekzotermik reaksiya bo‘yicha yonadi: 
H
2
+ Cl
2
⇄ 2HCl + 184,23 kj 
Odatdagi haroratda va qorong‘i sharoitida reaksiya sodir bo‘lmaydi. 
Yorug‘lik nuri ta’sirida va qizdirilganda reaksiya katta tezlikda sodir 
bo‘ladi va portlash bilan o‘tishi mumkin. 
Amalda vodorodning xlorda portlashsiz yonishi 2300-2400
O

haroratda amalga oshiriladi. Xlordan to‘la foydalanish uchun reaksiya 
aralashmasida 5-10% ortiqcha vodorod bo‘ladi. Xlorning vodorod bilan 
ta’sirlashuvi pechlarda o‘tkaziladi (5.14-rasm). Pech niqobi 3 po‘latdan 
tayyorlangan va ichki qismi o‘tga chidamli g‘isht bilan niqoblangan 
bo‘lib, ta’sirlashuvchi xlor va vodorod alangasining shu’lasiga yaqin 
shakldagi forsunka ko‘rinishida bo‘ladi. Pechning yuqori qismi asbestli 
qopqoq 2 bilan berkitilgan bo‘ladi, u portlash bo‘lganda ochilib ketadi. 
Pech ochtki qismi o‘tga chidamli g‘isht bilan niqoblangan va uni ustiga 
konsentrik joylashgan ikkita po‘lat quvurdan iborat yondirgich 1 
joylashtirilgan. Ichki quvurdan xlor, tashqi quvurdan esa vodorod 
beriladi. Yondirgichdan chiqishda gazlar aralashadi va bir-biri bilan 
ta’sirlashadi. Pech unumdorligi 100% li HCl hisobida sutkasiga 15-16 t 
ni tashkil etadi. 
Elementar xlor va vodoroddan vodorod xlorid sintezi ko‘pgina 
afzalliklarga egadir: tarkibida 80-90% HCl tutgan vodorod xlorid gazi 
hosil bo‘ladi, bu esa 31% va undan yuqori konsentratsiyali xlorid kislota 
olish mumkin bo‘ladi; yuqori tozalikka ega bo‘lgan xlorid kislota 
olinadi; sulfat kislota olinmaydi; jarayon yoqilg‘i sarflanmasdan 
o‘tkaziladi. 
Elementar xlor va vodoroddan vodorod xlorid sintezi keng-
ko‘lamda ishlatiladi. Hozirgi paytda vodorod xlorid organik sintez 
sanotining qo‘shimcha mahsulotlaridan ham ko‘p miqdorda ishlab 
chiqarilmoqda. 


327 
5.14-rasm. Vodorod xlorid sintez pechining sxemasi 
Vodorod xloridning suv bilan absorbsiyasi gidratlar hosil bo‘lishi va 
issiqlik ajralib chiqishi bilan sodir bo‘ladi. Agar absorbsiya jarayonida 
ajralib chiqadigan issiqlik atrof-muhitga chiqarilmasa, kislota harorati 
keskin ortib ketadi, natijada tarkibida 20,24% HCl tutgan azeotrop 
aralashmadan yuqori konsentratsiyali kislota olib bo‘lmaydi. Shu tufayli 
yuqori konsentrlangan kislota olish uchun erish issiqligini atrof-muhitga 
intensiv chiqarib choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi, bu esa ulkan 
absorbsiya qurilmalarida amalga oshirilishi bilan bog‘liqdir. 
A.M.Gasparyan tomonidan HCl erish issiqligini atrof-muhitga 
chiqarilmasdan, ya’ni adiabatik sharoitda vodorod xloridni suvga 
yutdirish usuli taklif etilgan. Bunda hosil bo‘ladigan kislota harorati 
ortadi, bu esa kislota bug‘ bosimining ortishiga va suvning intensiv 
bug‘lanishiga olib keladi. Suvning bug‘lanishiga HCl erish issiqligi 
sarflanadi va bu adiabatik sharoitda harorat pasayishiga olib keladi. 
Vodorod xloridning suv bilan absorbsiyasi sopol, kvars, plastmassa 
(faolit, viniplast) kabi xlorid kislotga chidamli materiallardan 
tayyorlangan to‘ldirgichli minoralarda amalga oshiriladi. Vodorod xlorid 
minora quyi qismidan kiradi, suv esa yuqoridan pastga qarama-qarshi 
harakatlanadi. Diametri 0,45 m va balandligi 6,4 m bo‘lgan minorada 
sintetik vodorod xloriddan sutkasiga 30 t gacha 31% li xlorid kislota 
olinishi mumkin. 


328 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling