I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   131
 
Mahsulot birligi ajrab olish uchun kerak bo‘ladigan energiya 
miqdori quyidagi formula bo‘yicha topiladi: 
bu yerda:  – parchalanishning nazariy kuchlanishi. 


317 
Olinadigan mahsulot birligiga energiyaning amaldagi sarfi 
elektrolizga berilgan kuchlanish v
a
ga bog‘liqdir: 
 
Shunday qilib, energiyadan foydalanish koeffitsienti quyidagi 
tenglama bilan ifoda etiladi: 
 
Tenglamadan ko‘rinadiki, tok bo‘yicha unum qanchalik katta va 
vannadagi kuchlanish qanchalik kichik bo‘lsa, energiyadan foydalanish 
koeffitsienti shunchalik katta bo‘ladi.  
Osh tuzi eritmasini temir katodli va grafit anodli vannada elektroliz 
qilinganda kuchlanish nazariy jihatdan (v
n
) 2,14 v ga, amalda esa (v
a
) 3,6 
v ga teng bo‘ladi. Agar tok bo‘yicha unum 94,6% deb qabul qilinsa 
(misolga qarang), energiyadan foydalanish koeffitsienti: 
ga teng bo‘ladi. 
Osh tuzi suvli eritmasining elektrolizi boshqa elektrokimyoviy 
jarayonlar orasida keng o‘rin egallagan. Unda bir vaqtning o‘zida xlor, 
vodorod va o‘yuvchi natriy olinadi. 
Xomashyolar. Xlor ishlab chiqarish uchun osh tuzi xomashyo 
vazifasini bajaradi. 
Xlor olish uchun osh tuzining to‘yingan eritmasi elektroliz qilinadi. 
Osh tuzining to‘yingan eritmasi tabiiy (toshtuz yoki cho‘kindili) osh 
tuzini suvda namakob tarzida eritiladi, mexanik qo‘shimchalardan 
ajratiladi, kalsiy va magniy ionlaridan tozalanadi va elektrolizga 
yuboriladi. 
Osh tuzi eritmasining elektrolizi qattiq, temir (po‘lat) katodli va 
diafragma bilan ajratilgan vannalarda yoki suyuq simob katodli 
vannalarda amalga oshiriladi. Yirik zamonaviy xlor olish sexlari 
jihozlari 
uchun 
qo‘llaniladigan 
sanoat 
elektrolizyorlari 
yuqori 
unumdorlikka va sodda konstruksiyaga ega bo‘lishi, ixcham bo‘lishi, 
ishonchli va barqaror ishlashi lozim. 
Po‘lat katodli va grafit anodli vannada osh tuzi eritmasining 
elektrolizi osh tuzi eritmasidan doimiy tok o‘tkazishga asoslangandir. 
Bu holatda anodda xlor ajralib chiqishi: 
2Cl

– 2e → Cl
2
 
yoki kislorod ajralib chiqishi: 
4OH

– 4e → O
2
+ 2H
2
O 


318 
yoki vodorod ajralib chiqishi: 
2H
2
O – 4e → O
2
+ 4H
+
kuzatilishi mumkin. 
Natriy xlorid neytral to‘yingan eritmasida OH

ionining 
muvozanatdagi potensial razryadi +0,82 v ni, xlor ionlarining normal 
elektrod potensiali esa +1,33 v ni tashkil etadi. Demak, anodda kichik 
qayta kuchlanish bilan birinchi navbatda kislorod zaryadsizlanadi. 
Grafit anodda kislorodning zaryadsizlanish potensiali xlornikidan 
anchagina katta, shuning uchun anodda asosan xlorning zaryadsizlanishi 
sodir bo‘ladi va gaz holatdagi xlor ajralib chiqadi. 
NaCl konsentratsiyasining ortishi anodda xlor ajrashini ta’minlaydi, 
shu sababli elektroliz uchun tarkibida 310-315 g/l natriy xlorid bo‘lgan 
konsentrlangan eritmadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Katodda ishqoriy eritmada suv molekulalarining zaryadsizlanishi 
sodir bo‘ladi: 
2H
2
O + 2e → H
2
+ 2OH

 
Qattiq katodda suvli eritmadan natriy ionlarining zaryadsizlanishi 
mumkin emas, chunki natriy ionining zaryadsizlanish potensiali 
vodorodga nisbatan anchagina kattadir. Eritmadagi gidroksid ionlari 
natriy ionlari bilan ishqor eritmasini hosil qiladi: 
Na
+
+ OH

⇄ NaOH 
Eritmada NaCl ning umumiy parchalanish jarayonini quyidagi 
reaksiyalar orqali ifodalanishi mumkin: 
2Cl

– 2e → Cl
2

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling