O‘yuvchi natriy olishning kimyoviy usullari. Ohakli usul.
O‘yuvchi natriy olishning ohakli usulining mohiyati 80
O
C haroratda
sodali eritmani ohak suti bilan almashinish reaksiyasiga asoslangan:
Na
2
CO
3
+ Ca(OH)
2
⇄ 2NaOH + CaCO
3
Sodaning
kalsiy
gidroksid
bilan
ta’sirlashish
jarayoni
kaustifikatsiyalash deb ataladi. U aralashtirish bilan reaktorlarda amalga
oshiriladi. Vakuum-filtrlarda cho‘kmani eritmadan ajratib olingandan
so‘ng, kaustik soda eritmasi vakuum-bug‘latgich jihozlarida, so‘ngra
cho‘yan qozonda mahsulotdagi o‘yuvchi natriy miqdori 92% bo‘lguncha
bug‘latiladi.
Suyuqlantirilgan
o‘yuvchi natriy qozondan temir
barabanlarga quyib olinadi, kristallantiriladi va iste’molchiga yuboriladi.
Ferritli usul. Ferritli usulda qattiq soda temir (III)-oksidi bilan 1100-
1200
O
C haroratda aylanuvchi pechlarda kuydiriladi:
Na
2
CO
3
+ Fe
2
O
3
→ Na
2
O∙Fe
2
O
3
+ CO
2
Tarkibida natriy ferrit bo‘lgan hosil bo‘lgan kuyundi suv bilan
qizdiriladi, bunda quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi:
Na
2
O∙Fe
2
O
3
+ H
2
O = 2NaOH + Fe
2
O
3
Natijada tarkibida 400 g/l NaOH bo‘lgan o‘yuvchi natriy eritmasi
olinadi, undan temir (III)-oksidi cho‘kmasi ajratilgandan so‘ng vakuum-
bug‘latgich jihozi va cho‘yan qozonida eritma bug‘latiladi. Temir (III)-
oksidi esa soda bilan kuydirishga qaytariladi.
Kimyoviy usulning quyidagi asosiy kamchiliklari bor: yoqilg‘i ko‘p
sarflanadi; o‘yuvchi natriy qo‘shimchalar bilan ifloslangan bo‘ladi;
ishlab chiqarish jarayoni murakkab, ko‘p ishchi kuchi talab etadi va
xokazo. Hozirgi paytda kimyoviy usul o‘rnini to‘la elektrokimyoviy usul
egallagan.
315
Do'stlaringiz bilan baham: |