I shamshidinov noorganik moddalar va


Elektrokimyoviy usulda o‘yuvchi natriy, xlor va vodorod olish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   131
Elektrokimyoviy usulda o‘yuvchi natriy, xlor va vodorod olish
Doimiy elektr toki ta’siri ostida boradigan kimyoviy jarayonlar 
elektrokimyoviy jarayon deb ataladi. Elektrokimyoviy jarayonlarda 
doimiy elektr toki tuzlar yoki oksidlar eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali 
o‘tadi va elektroliz natijasida yangi moddalar olinadi. 
Elektrokimyoviy jarayonlar elektrolizyor yoki elektrolitik vanna deb 
ataladigan jihozlarda amalga oshiriladi. 
Elektrokimyoviy usul kimyoviy usulga nisbatan bir qator 
afzalliklarga egadir: unda bitta jihozda bir paytning o‘zida bir necha 
qimmatbaho mahsulotlar olinishini ta’minlanadi; ishlab chiqarishning 
kimyoviy usullarida qiyinchilik bilan erishiladigan yuqori tozalikka ega 
bo‘lgan mahsulotlar olinadi; xomashyo va energiyadan deyarli to‘la 
foydalaniladi. Shu sababli xalq xo‘jaligida elektrokimyoviy usuldan 
keng miqyosda foydalaniladi. Kimyo sanoatida xlor, vodorod va 
kislorod, ishqorlar, oksidlovchilar, ayrim organik mahsulotlar va 
boshqalar faqat elektrokimyoviy usulda olinadi. Metallurgiyada 
elektroliz katta ahamiyat kasb etadi. Mis, rux, aluminiy, natriy va boshqa 
metallar elektrokimyoviy yo‘l bilan olinadi. Metallarni korroziyadan 
saqlash ham elektrokimyoviy yo‘lda o‘tkaziladi: himoyalanuvchi metall 
sirtiga rangli metallar, masalan nikel, xromning yupqa qatlami 
yotqiziladi. Bu qoplama galvanik qoplama deb yuritiladi. 
Elektrokimyoviy jarayonlarni amalga oshirish katta miqdordagi 
elektr energiyasi xarajatlari bilan bog‘liqdir. Elektr energiyasining narxi 
ko‘p hollarda olinadigan mahsulotlar narxini belgilaydi va shuning 
uchun arzon elektr energiyasi bo‘lgandagina elektrokimyoviy qurilmalar 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Respublikamizda energetikaning keskin 
rivojlanishi 
elektrokimyoviy 
ishlab 
chiqarishning 
rivojlanishiga 
mustahkam asos yaratadi. 
Binobarin 
elektrokimyoviy 
jarayonlarni 
amalga 
oshirish 
elektroenergiya bilan bog‘liq ekan, bu holda undan samarali foydalanish 
masalasi katta ahamiyat kasb etadi. 
Elektrolizda elektroenergiyadan samarali foydalanish mezoni 
sifatida tok bo‘yicha unum va energiyadan foydalanish koeffitsienti 
xizmat qiladi. 
Tok bo‘yicha unum. Tok bo‘yicha unum 
η
– ma’lum miqdordagi 
elektr energiyasi sarflanishi natijasida elektrolizda olingan moddaning 
miqdori G
a
ni Faradey qonuniga muvofiq olinishi mumkin bo‘lgan 


316 
moddaning miqdori G
n
ga nisbatidir. Tok bo‘yicha unum odatda 
foizlarda ifodalanadi: 
 
Olingan moddaning nazariy miqdori G
n
quyidagi formula bo‘yicha 
aniqlanadi: 
 
bu yerda: Itok kuchi, a; 
τ
– elektroliz davomiyligi, soat; E – 
elektrokimyoviy ekvivalent – elektroddan 1 a∙s tok o‘tganda ajraladigan 
moddaning miqdori (xlor uchun 1,323, o‘yuvchi natriy uchun 1,492, 
vodorod uchun 0,0376). 
Misol. 15500 a tok kuchida osh tuzi eritmasini 24 soat elektroliz 
qilish uchun vannada tarkibida 125 g/l NaOH bo‘lgan 4200 l elektrolitik 
eritma olindi. 
Quyidagi miqdordagi natriy xlorid nazariy jihatdan olinishi 
mumkin: 
 
Amalda esa quyidagi miqdorda o‘yuvchi natriy olinadi: 
 
Demak, tok bo‘yicha unum: 
ni tashkil etadi. 
Sanoat elektrolizida unum doimo 100% dan kam bўladi, bu esa 
qo‘shimcha kimyoviy va elektrokimyoviy jarayonlar sodir bo‘lishini 
ko‘rsatadi. Tok bo‘yicha unumni oshirish uchun bu jarayonlarni bartaraf 
etish choralarini ko‘rishni taqazo etadi. 
Energiyadan foydalanish koeffitsienti. Energiyadan foydalanish 
koeffitsienti 
μ
– mahsulot birligi ajrab olish uchun kerak bo‘ladigan 
energiya miqdori 
n
ni haqiqatda sarflangan energiya miqdori 
a
ga 
nisbatini ifodalaydi. U foizlarda ifodalanadi: 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling