I shamshidinov noorganik moddalar va
Kalsinirlangan soda olishning sintetik usullari
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Kalsinirlangan soda olishning sintetik usullari. Sanoat miqyosida
soda olish usuli fransuz vrachi va kimyogari Leblan tomonidan 1791 yilda taklif etilgan. Bu usul bo‘yicha qattiq osh tuzi va sulfat kislotadan olingan natriy sulfat, ohaktosh va ko‘mirni aylanuvchi pechlarda 950- 1000 O C haroratda suyuqlantirish orqali sodali suyuqlanma hosil qilish bilan soda ishlab chiqarilgan: Na 2 SO 4 + C + CaCO 3 = Na 2 CO 3 + CaS + 2CO 2 Sodali suyuqlanma sovutilgandan so‘ng maydalanadi va suvda eritiladi. Soda eritmasi erimaydigan cho‘kma (kalsiy sulfid) dan ajratiladi, tarkibidagi o‘yuvchi natriyni sodaga o‘tkazish uchun karbonat angidrid bilan ishlanadi va bug‘latiladi. Qattiq qizdirish va maydalashdan so‘ng tayyor mahsulotga aylanadi. Leblan usuli bo‘yicha olingan kalsinirlangan soda qimmat bo‘lishi bilan bir qatorda sifati past va jarayonlarda ishlatiladigan jihozlar hajmdor bo‘ladi. Sodaga bo‘lgan talab o‘sib borganligi sababli uni tejamkor usullarda ishlab chiqarishni taqazo etadi. 1830-yil Angliyada ammiakli usul taklif etiladi. Ammiakli usul bilan soda olish jarayonining jihozlanishini 1861- yilda belgiyalik kimyogar-muhandis Ernest Solve taklif etdi. Shu usuldagi birinchi zavod 1863-yilda Belgiyada, so‘ngra boshqa mamlakatlarda quriladi. Solve usulida zavodlarning qurilishi soda ishlab chiqarish sanoatining tez suratda rivojlanishiga olib keladi. Ammiakli usulda soda olish jarayonini quyidagi umumiy tenglamalar orqali ifodalanishi mumkin: NaCl + NH 3 + CO 2 + H 2 O ⇄ NaHCO 3 + NH 4 Cl + Q (5.1) 2NaHCO 3 ⇄ Na 2 CO 3 + H 2 O + CO 2 – Q (5.2) 2NH 4 Cl + Ca(OH) 2 = CaCl 2 + 2H 2 O + 2NH 3 + Q (5.3) CaCO 3 = CaO + CO 2 – Q (5.4) 293 CaO + H 2 O = Ca(OH) 2 + Q (5.5) (5.1) – (5.2) reaksiyalardan ko‘rinadiki, soda ishlab chiqarishning alohida bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Karbonat angidrid (5.4) reaksiya bo‘yicha hosil bo‘ladi, shuningdek natriy bikarbonatning (5.2) reaksiya bo‘yicha parchalanishida (kalsinatsiya jarayonida) ajralib chiqadi. Nazariy jihatdan olganda ammiak (5.1) reaksiyada sarflanmaydi, chunki uni (5.3) reaksiya bo‘yicha regeneratsiyalanadi. Buning uchun sarflanadigan ohakli suv (5.5) reaksiya bo‘yicha ohakdan, ohak esa (5.4) reaksiya bo‘yicha ohaktoshdan olinadi. Soda ishlab chiqarishning yagona chiqindisi kalsiy xlorid hisoblanadi. Kalsinirlangan soda olish uchun osh tuzi, ohaktosh (yoki bo‘r) va ammiak xomashyo sifatida ishlatiladi. Ammiak ishlab chiqarish siklida uning yo‘qotilishi hisobigagina ishlatiladi. Osh tuzi 305-310 g/l konsentratsiyali eritma (namakob) tarzida ishlatiladi. Soda ishlab chiqarishda sun’iy va tabiiy namakoblar ishlatiladi. Ohaktosh. Soda ishlab chiqarishda ishlatiladigan ohaktosh tarkibida: CaCO 3 92-94%; Fe 2 O 3 +Al 2 O 3 0,2-0,6%; SiO 2 3%dan ko‘p emas; MgO 1,5-2,5%; CaSO 4 1%; H 2 O 0,5% bo‘lishi kerak. Ammiak. (5.1) va (5.3) reaksiyalardan ko‘rinadiki, ishlab chiqarishdagi aylanma harakatda ammiak nazariy jihatdan sarf bo‘lmaydi. Ammo amalda u oz miqdorda yo‘qotiladi. Ammiak yo‘qotilishini to‘ldirib turish uchun tizimga ammiakli suv kiritiladi. Yoqilg‘i (5.4) reaksiya bo‘yicha ohaktoshni kuydirish, (5.2) reaksiya bo‘yicha natriy gidrokarbonatni kalsinatsiyalash uchun ishlatiladi. Birinchi holatda kam kulli koks va antrasit, ikkinchi holatda esa turli xil yoqilg‘ilar: toshko‘mir, mazut, tabiiy gaz va boshqalar ishlatiladi. Qo‘ng‘irot soda zavodida toshko‘mirni kuydirish jarayonida ham tabiiy gaz yoqilg‘isidan foydalaniladi. Hosil bo‘lgan karbonat angidridli pech gazi changdan tozalanadi. Nefelin n(Na,K) 2 O∙Al 2 O 3 ∙mSiO 2 – soda olish uchun manbaa hisoblanadi. Nefelindan aluminiy oksid (ginozyom) olishda tarkibida 10% Na 2 CO 3 va 3-4% K 2 CO 3 bo‘lgan chiqindi hosil bo‘ladi. Chiqindili suyuqlikni turli xil haroratda bug‘latish orqali soda va potash alohida- alohida ajratib olinadi. 294 Nefelinni kompleks qayta ishlash (Al 2 O 3 , sement, Na 2 CO 3 , K 2 CO 3 larni bir vaqtda olish) soda olish xarajatlarini ammiakli usulga nisbatan kam bo‘lishiga olib keladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling