I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131
Namakobni tozalash. Namakobni tozalashga unda qo‘shimchalarni 
yo‘qotish kiradi. Qayta ishlashga keladigan tuzli namakobda oz 
miqdordagi mexanik aralashmalar (qum), kalsiy va magniy tuzlari 
bo‘ladi. Namakob tarkibidagi kalsiy va magniy tuzlari ammiak va 
karbonat angdrid ta’sirida erimaydigan birikmalar: kalsiy karbonat va 


298 
magniy 
gidroksidga 
aylantirilishi 
mumkin. 
Sodaning 
bunday 
qo‘shimchalar bilan ifloslanishining oldini olish va soda ishlab chiqarish 
jihozlanishini murakkablashtirmaslik maqsadida namakob oldindan 
qo‘shimchalardan tozalanishi lozim. Namakob mexanik qo‘shimchalar 
hamda kalsiy va magniy tuzlaridan yaxshilab tozalanadi. Mexanik 
qo‘shimchalar tindirish yo‘li bilan ajratiladi. Magniy ionlaridan 
tozalashni Ca(OH)
2
yoki NaOH bilan qayta ishlash orqali amalga 
oshiriladi: 
MgCl
2
+ Ca(OH)
2
= Mg(OH)
2
↓+ CaCl
2
 
kalsiy ionlaridan esa soda yordamida tozalanadi: 
CaCl
2
+ Na
2
CO
3
= CaCO
3
↓ + 2NaCl 
Ca
2+
va Mg
2+
ionlari nisbatiga muvofiq soda zavodlarida ikki xil 
texnologik sxema qo‘llaniladi. Kalsiy ionlarining miqdori ko‘p bo‘lsa 
bir pog‘onalik texnologik sxema qo‘llaniladi. Bu sxema bo‘yicha 
namakob bir vaqtda ham kalsiy ham magniy ionlaridan tozalanadi. 
Magniy ionlarning miqdori ko‘p bo‘lganida tozalash jarayoni ikki 
bosqichli usulda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda Ca(OH)
2
yordamida Mg(OH)
2
cho‘ktiriladi. Ikkinchi bosqichda Na
2
CO
3
yordamida kalsiy ionlari CaSO
3
tarzida cho‘ktiriladi. 5.4-rasmda soda 
eritmasini dastlabki ishqorlash o‘tkazish bilan bir pog‘onali namakobni 
tozalash texnologik sxemasi ko‘rsatilgan. Soda eritmasi aralashtirgich 
(1) ga kelib tushadi. Kalsiy gidroksid ham unga ajratilgan aralashtirgich 
(9) ga beriladi. Soda eritmasi va tozalangan namakob bak (7) da 
aralashtiriladi. Soda eritmasi va kalsiy gidrooksid aralashtirgichlari 
orasidagi ishqorlagich (8) da reaksiya o‘tkaziladi. 
Ishqorlangan soda eritmasi bak (6) orqali aralashtirgich (2) ga 
beriladi. Bu yerga tozalangan namakob ham beriladi. Aralashma 
aralashtirgichdan reaktor (3) ga o‘tkaziladi. Reaktorda CaSO
3
va 
Mg(OH)
2
larning kristallanishi amalga oshiriladi. Kristallanish jarayoni 
tugallanishi, bir xil o‘lchamli kristallarni hosil qilish, quyqumni 
zichlanishi va ajratilishi uchun suspenziya tindirgichga (4) beriladi. 
Quyqum eshkakli aralashtirgich (soatiga 5 ta aylanma) yordamida 
markaziy chiqaruvchi quvur tomonga suriladi va undan keyin quyqum 
yig‘gich (5) ga kelib tushadi. Yig‘gichga suv berilgandan keyin quyqum 
suspenziya holda «oq dengiz» ga tashlanadi. Agarda namakobning 
tozalanishi dastlabki ishqorlashsiz o‘tkazilsa, ko‘rsatilgan sxemadan 
ishqorlagich (8) olib tashlanadi. Reagentlar va tozalanmagan namakob 
bir vaqtda aralashtiruvchi (2) ga beriladi. Ikki bosqichli tozalash 


299 
o‘tkazilgan holda birinchi bosqichga faqat kalsiy gidrooksid va ikkinchi 
bosqichga faqat soda eritmalari beriladi. 
5.4-rasm.
Ohakli-sodali usulda bir bosqichli namakob xomashyosini 
tozalash texnologik sxemasi: 
1-soda eritma eritmasi; 2-aralashma; 3-reaktor; 4-tindirgich; 5-quyqum yig‘gichi; 6-ishqorlangan 
qilingan soda eritmasi saqlash sig‘imi; 7-suyultirilgan soda eritmasini saqlash uchun sig‘im; 
8-ishqorlagich; 9-suyultirilgan ohakli sut aralashtirgichi. 
Tozalangan namakob ammiak bilan (85 g/l NH
3
gacha) va qisman 
karbonat angdrid bilan (40 g/l CO
2
) to‘yintiriladi. 
Ammiakli usulda soda olishning texnologik sxemasiga: absorbsiya, 
karbonizatsiya, filtrlash, kalsinatsiya, distillyatsiya bo‘limlari kiradi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling