I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   131
 
bu yerda: Gsintez minorasi unumdorligi, kg/soat; – hajmiy tezlik, 
soat
–1
; c
1
, c
2
– minoraga kirish va chiqishda gazdagi ammiak miqdori, 
kg/m
3
v – katalizator hajmi, m
3

с
1
kattalik ammiak kondensatsiyasi harorati bilan aniqlanadi (2.6-
rasm). с
2
kattalik harorat, bosim, hajmiy tezlik va azot-vodorod 
aralashmasi tarkibiga bog‘liq holda kinetik laboratoriya ma’lumotlari 
bo‘yicha aniqlanadi. 
300 atm bosimida (2.5-rasm) hajmiy tezlik olti marta (15000 dan 
90000 soat
–1
gacha) oshirilganda s
2
ni optimal sharoitda atigi ikki marta 
(24 dan 12% NH
3
gacha) kamaytiradi. Shunday qilib, hajmiy tezlikni 


138 
oshirish bilan 1 m
3
katalizatordan ammiak ajralib chiqishi keskin ortadi. 
Lekin bunda ta’sirlashmagan azot-vodorod aralashmasining hajmi 
anchagina ortadi, u doimo sistemada aylanib yuradi. Bu hajmiy tezlik 
iqtisodiy mushohada orqali hal etiladi. Hozirgi paytda o‘rtacha 
bosimdagi ammiak sintezi qurilmalari 10000 dan 25000 soat
–1
gacha 
hajmiy tezlikda ishlamoqda. 
2.6-rasm. Suyuq ammiak ustidagi azot-vodorod aralashmasida ammiak 
miqdorining harorat va bosimga bog‘liqligi: 
1 – 50 atm; 2 – 100 atm; 3 – 300 atm; 4 – 600 atm; 5 – 1000 atm. 
Gaz fazasida ammiak miqdorining muvozanat konsentratsiyasiga 
yaqinlashishi bilan sintez jarayoni tezligi kamayadi, shunday bo‘lsada 
minorada ammiak hosil bo‘lishi davomida haroratni muntazam 
kamaytirib borish kerak.
2.7-rasmda azot-vodorod aralashmasidagi inert (Ar va CH
4

qo‘shimchalar 7%, 300 atm bosim va 15000 soat
–1
hajmiy tezlikda 
ishlaydigan 
reaktorning 
kataliz 
doirasida 
haroratning 
optimal 
taqsimlanish egri chiziqlari ifodalangan. 
2.7-rasm. 15000 soat
–1
hajmiy tezlikda katalizator qutisi uzunligi 
bo‘yicha haroratning optimal taqsimlanishi. 


139 
Inert qo‘shimchalar katalizator faolligini pasaytirmaydi, ammo 
sistemada to‘planib boradi, azot va vodorodning parsial bosimlarini 
pasaytiradi va ammiak sintezi jarayonini sekinlashtiradi (2.8-rasm). 
Ammiak sintezi agregatlari yuqori va turg‘un unumdorlikda 
ishlashining asosiy shart-sharoitlari: 1) azot-vodorod aralashmasini 
katalitik zaharlar va inert qo‘shimchalardan yuqori darajada tozalash; 2) 
N
2
:H
2
=1:3 nisbatni ushlab turish; 3) katalizator doirasi uzunligi bo‘yicha 
jarayon harorati optimalligini ta’minlash; 4) sintez minorasiga kirishda 
ammiak miqdorini kamaytirishdan iborat. 
2.8-rasm. Ammiak miqdorining 450-500
O
C haroratda hajmiy tezlik va 
boshlang‘ich aralashmadagi inert qo‘shimchalar konsentratsiyasiga 
bog‘liqligi: 
1 – N
2
+ 3H
2
(qo‘shimchalarsiz); 2 – N
2
+ 3H
2
+ 2% (Ar va CH
4
); 3 – N
2
+ 3H
2
+ 7% (Ar va 
CH
4
); 4 – N
2
+ 3H
2
+ 10% (Ar va CH
4
); 
Reaktor – sintez minorasi. Reaktor – sintetik ammiak olish uchun 
asosiy, eng muhim qurilma hisoblanadi. Minora konstruksiyasi 
mustahkam va ishonchli bo‘lishi hamda havfsiz va uzoq muddat 
ishlashini ta’minlash lozim. Shuning uchun minoralar po‘latdan 
tayyorlanadi, unga yuqori talablar qo‘yiladi. Gazlar aralashmasidagi 
vodorod va ammiak yuqori haroratda po‘latga ta’sir ko‘rsatadi, uning 
mexanik xususiyatlarini yomonlashtiradi. Minora devori haroratini 
pasaytirish uchun sintez minorasiga kiradigan sovuq azot-vodorod 
aralashmasi minora silindr yuzasi bo‘ylab o‘tadi. Ammiak sintez 
minorasining korpusi xrom-vanadiyli po‘lat quymadan iborat bo‘ladi. 


140 
2.9-rasmda o‘rtacha bosimli tizim uchun ammiak sintezi quvurli 
minorasi tasvirlangan. Minora vertikal po‘lat silindr 1 ko‘rinishida 
bo‘lib, devorining qalinligi 176-200 mm, balandligi 12-20 m va ichki 
diametri 1,0-1,4 m ni tashkil etadi. Minoraning yuqori va pastki qismi 
po‘lat qopqoqlar 2 bilan berkitiladi. 
Minoralar konstruksiyalari, asosan, korpusining o‘lchamlari va ichki 
to‘ldirgich qurilmalari bilan farqlanadi. O‘rtacha bosimda ishlaydigan 
minoraning yuqori qismida katalizator qutisi 3, pastki qismida esa 
jarayon avtotermikligini ta’minlash uchung issiqlik almashtirgich 4 
joylashtirilgan bo‘ladi. Minora korpusida issiqlik niqobi bo‘ladi, u 
minora ichki va tashqi devorlarilarida haroratning farqlanishi hisobiga 
korpus devorilarida termik kuchlanish yuzaga kelishini bartaraf etadi. 
2.9-rasm. Ammiak sintezi minorasining sxemasi: 
1-minora korpusi; 2-qopqoqlar; 3-katalizator qutisi; 4-issiqlik almashtirgich; 5-elektr qizdirgich; 
6-panjara; 7-issiqlik almashtirgich quvurlari; 8-markaziy quvur. 
Katalizator minoradagi panjara 6 ga yuklanadi. Optimal harorat 
rejimini ta’minlab turish uchun vatalizator qatlamlari orasiga qo‘shaloq 
issiqlik almashtirgich quvurlari 7 joylashtiriladi. Azot-vodorod 
aralashmasi sintez minorasining yuqori qismidan kiradi, asosiy korpus 
va katalizator qutisi orasidagi halqali bo‘shliqdan minora korpusini qizib 
ketishdan saqlagan holda pastga hamda issiqlik almashtirgich 4 
quvurlariaro bo‘shliqdan pastdan yuqoriga harakatlanadi. So‘ngra gaz 


141 
minora ishga tushirilganda ishlaydigan elektr qizdirgich 5 joylashtirilgan 
markaziy quvur 8 bo‘yicha katalizator qutisi 3 ning yuqori qismiga va 
undan katalizator qatlamida joylashgan qo‘shaloq quvurlarga o‘tadi. 
Dastlab gaz ichki tor quvur orqali yuqoridan pastga o‘tadi, so‘ngra tor va 
keng quvurlar orasidagi halqali bo‘shliqdan yuqoriga ko‘tariladi. 
Reaksiya boshlanishiga qadar 400-420
O
C haroratgacha qizdirilgan azot-
vodorod aralashmasi katalizator qatlamiga kiradi. Katalizator doirasidagi 
harorat 450-520
O
C da ushlab tkriladi. Katalizator qatlami orasidan o‘tib 
ta’sirlashgan gaz issiqlik almashtirgich quvurlariga keladi.
Reaksiya issiqligidan samarali foydalanish uchun zamonaviy 
minoralarda issiqlik almashtirgich ikki qismga ajratilgan. Katalizator 
qutisidan chiqadigan gaz issiqlik almashtirgichning yuqori qismiga 
o‘tadi va undan 400
O
C haroratda qozon yuttirgichga beriladi, u yerda 
200
O
C haroratgacha soviydi va yana sintez minorasiga yuboriladi, 
issiqlik almashtirgichning quyi qismidan o‘tadi va minoradan 90-100
O

haroratda chiqadi. 
Hozirgi paytda sutkasiga 150 dan 1500 t gacha unumdorlikka ega 
bo‘lgan ammiak sinezi minoralari ishlatilmoqda. Gazlarning tozalik 
darajasiga muvofiq holda katalizatorning xizmat qilish muddati ikki 
yilgacha bo‘lishi mumkin. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling