I shamshidinov noorganik moddalar va


Qattiq sovutish va konvertirlangan gazni suyuq azot bilan


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131
Qattiq sovutish va konvertirlangan gazni suyuq azot bilan 
yuvish usuli orqali koks gazini ajratish. Qattiq sovutish orqali 
qo‘shimchalarni kondensatsiyalash orqali vodorodni tozalash usuli
xuddi havoni fraksiyalarga ajratish kabi, gazlarning turli haroratda 
kondensatsiyalanishiga asoslangan. Bu usul koks gazidan vodorod 
olishda va CO
2
yuvilgandan so‘ng konvertirlangan gazni CO va inert 
qo‘shimchalardan tozalashda foydalaniladi. 
Ammiak sintezi uchun azot va vodorod aralashmasi ishlatiladi, 
shuning uchun tozalashga keladigan gazdan azotni yo‘qotish maqsadga 
muvofiq emas. Ammo azot va is gazining qaynash haroratlari juda kam 
farq qiladi, fraksiyali kondensatsiyalashning ularni ajratish juda qiyindir. 
Shuning uchun CO gazni suyuq azot bilan yuvish orqali yo‘qotiladi. Bu 
usulning mohiyati shundan iboratki, azot-vodorod aralashmasi yuvish 
minorasida suyuq azot bilan yuviladi. Bunda gaz to‘la CO, shuningdek 
inert qo‘shimchalar: metan va argondan amalda to‘la tozalanadi. 
Yuvishda gazning azot bilan to‘yinishi H
2
:N
2
= 4:1 gacha yetadi. Azot 
qo‘shish bilan ammiak sintezi uchun kerak bo‘ladigan H
2
:N
2
= 3:1 
nisbatdagi gazlar aralashmasi olinishi mumkin bo‘ladi. 
Koks gazini ajratish va konvertirlangan gazni tozalash 10-28 atm 
bosimda o‘tkaziladi. Koks gazi ajratish blokiga kelishdan oldin H
2
S, 
CO
2
va namdan yaxshilab tozalanadi, chunki ular muz hosil qilishi va 


135 
jihozlarni korroziyalashi mumkin. Koks gazi ajratish blokida ham, 
konvertirlangan gaz tozalash blokida ham azot oksidlari miqdori qat’iy 
nazorat qilinadi, uning agregatlarda to‘planishi portlashga olib kelishi 
mumkin. 
Konvertirlangan 
gaz 
CO
2
tozalangandan 
so‘ng 
ammiakli 
sovutgichlarda –40
O
C gacha sovutiladi, alyumogel bilan quritiladi va 
quyi haroratli blokka yuboriladi. Quyi haroratli blokda gaz uchta issiqlik 
almashtirgichda –188
O
C gacha qarshi oqimli azot-vodorod aralashmasi 
bilan birin-ketin sovutiladi. So‘ngra gaz bug‘latgichga keladi, u yerda –
189
o
C÷–194
o
Cgacha 
sovutiladi 
va 
qisman 
kondensatsiyalanadi. 
Xladogent sifatida yuvish minorasidan keladigan is gazi ishlatiladi. Gaz 
bug‘latgichdan tarelka turidagi yuvish minorasiga yuboriladi. Yuvish 
minorasining yuqori qismidan azot-vodorod aralashmasi chiqadi, quyi 
qismidan esa is gazi fraksiyasi chiqarib olinadi. Xladagent sifatida 
yuqori bosimli (200 atm) azot ishlatiladi, u bug‘latgichda sovutilgandan 
so‘ng qisiladi. Suyuq azot yuvish minorasining yuqori qismidan beriladi. 
Azot-vodorod aralashmasi bilan chiqib ketadigan sovuqlikdan yuvishga 
keladigan gazni sovutishda foydalaniladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling