I shamshidinov noorganik moddalar va
-§. Nitrat kislota ishlab chiqarish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
5-§. Nitrat kislota ishlab chiqarish
Nitrat kislota – muhim mineral kislotalardan biri hisoblanadi. Suvsiz nitrat kislota HNO 3 zichligi 1,52 g/sm 3 (15 O C da) bo‘lgan og‘ir suyuqlik bo‘lib, havoda tutaydi. U –47 O C haroratda muzlaydi va 86 O C da qaynaydi. Kislotaning qaynaganda qisman u azot(IV)-oksid hosil qilish bilan parchalanadi. Ajralib chiqadigan azot(IV)-oksid kaslotada 147 eriydi va kislotani sarg‘ish yoki qizg‘ish rangga (NO 2 miqdoriga muvofiq) bo‘yaydi. Nitrat kislota suv bilan har qanday nisbatda aralashadi va gidratlar (HNO 3 ∙H 2 O, HNO 3 ∙2H 2 O va x.k.) hosil qiladi. Sultirilgan nitrat kislota bug‘latilganda uning miqdori eritmada 121,9 O C haroratda qaynaydigan azeotrop aralashmaga muvofiq keladigan konsentratsiyagacha (68,4%) ortadi (2.14-rasm). 2.14-rasm. H 2 O–HNO 3 sistema uchun muvozanat diagrammasi. Nitrat kislota – kuchli oksidlovchi. Konsentrlangan nitrat kislota metallarning ko‘p qismini ularga muvofiq keladigan oksidlar va nitratlarga aylantiradi. Ayrim metallar, masalan Al, Fe, Cr nitrat kislota bilan ta’sirlashganda metall sirtida kislotaning ta’siriga chidamli oksid qatlamlari hosil qiladi. Ko‘pgina organik birikmalar nitrat kislota ta’sirida parchalanadi, ulardan ayrimlari konsentrlangan nitrat kislotada yonishi ham mumkin. Konsentrlangan nitrat kislota siklik organik birikmalar bilan ta’sirlashganda ulardagi vodorod atomlari o‘rnini nitroguruh oladi va nitroorganik birikmalar hosil qiladi. Gidroksil guruhli organik birikmalar bilan HNO 3 efirlar hosil qiladi. Nitrat kislota sanoatda ham, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha u sulfat kislotadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqariladigan nitrat kislotaning ko‘p qismi o‘g‘itlar, portlovchi moddalar, raketa yoqilg‘ilari ishlab chiqarishga sarflanadi. Bundan tashqari u sulfat kislota (nitroza usuli), sintetik bo‘yoqlar, turli xil plastmassalar, nitrosellyuloza, sintetik tolalar va x.k. ishlab chiqarishda ishlatiladi. Sanoatda uch xil navdagi suyultirilgan (kuchsiz – 45-55% HNO 3 ) va ikki navdagi konsentrlangan (97-98% HNO 3 ) nitrat kislota ishlab chiqariladi. 148 Ammiakdan suyultirilgan nitrat kislota olish jarayoni quyidagi reaksiyalarga asoslangan: 1) Ammiakning azot(II)-oksidgacha kontaktli oksidlanishi: 4NH 3 + 5O 2 → 4NO + 6H 2 O 2) Azot(II)-oksidning azot(IV)-oksidgacha oksidlanishi: 2NO + O 2 ⇄ 2NO 2 3) Azot(IV)-oksidning suvga absorbsiyasi: 3NO 2 + H 2 O → 2HNO 3 + NO Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling