I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   131
Mahsulotning gigroskopikligi va uning neytrallanishi. Yuqori erkin 
kislotalilikka (5% dan yuqori P
2
O
5
) ega bo‘lgan superfosfat 20
O

haroratda havoning nisbiy namligi 70-100% bo‘lganda atmosfera 
namligini yutadi. Buni superfosfat suyuq fazasining to‘yingan bug‘ 
bosimi (1,33-1,81 kPa) xuddi shu haroratdagi suvning to‘yingan bug‘ 
bosimi (1,63-2,33 kPa) dan kichik ekanligi bilan izohlanadi. Yutilgan 
namlik 
ma’lum miqdordagi monokalsiyfosfatni eritadi, uning 
dikalsiyfosfat va fosfat kislotaga parchalanishiga olib keladi. Ajralgan 
qo‘shimcha miqdordagi erkin fosfat kislotasi superfosfatni yanada 
gigroskopikligini oshiradi. 
Bunday superfosfat yomon fizik xossaga ega bo‘ladi – yopishqoq 
bo‘lib qoladi, tushirish va yuklash moslamalariga yopishib qolishi 
natijasida qiyinchiliklar tug‘diradi. Bundan tashqari mexanizmlarning 
korroziyasini tezlashtiradi. Shuning uchun yetiltirilgan superfosfat fosfat 
kislotada oson parchalanuvchi neytrallovchi qo‘shimchalar bilan 
neytrallanadi. Odatda neytrallanish jarayoni donadorlash bilan bir vaqtda 
amalga 
oshiriladi. 
Neytrallovchi 
qo‘shimcha 
sifatida 
oson 
parchalanadigan mayda fraksiyali fosforit uni, suyak kukuni, ohak, bo‘r, 
ohaktosh, ftorsizlantirilgan fosfatlar va boshqalar ishlatiladi. Tarkibida 
fosfor tutgan neytrallovchi qo‘shimchalar mahsulotni boyitadi. 
Fosforitning qo‘llanilishi natijasida erkin P
2
O
5
ning 1% ga kamayishi 
hisobiga, ekvivalent suratda, mahsulotdagi o‘zlashadigan P
2
O
5
ning 
miqdori o‘rtacha 0,42% ga ortadi. Superfosfatdagi fosfat kislotani kalsiy 
birikmalari bilan neytrallash natijasida mahsulot tarkibida qo‘shimcha 
miqdordagi kalsiy monofosfat hosil bo‘ladi. Bunda superfosfatdagi 
qattiq komponentlar miqdori ortadi va uning fizik xossasi yaxshilanadi. 
Superfosfatdagi kislotalilikni keragidan ortiq darajada kamaytirish suvda 
kam eriydigan dikalsiyfosfatning hosil bo‘lishiga olib keladi, ohakning 
ortiqcha bo‘lishi esa qiyin eriydigan trikalsiyfosfat hosil bo‘lish bilan 


212 
boradigan retrogradatsiyalanishga olib keladi. Mahsulot tarkibining 
ayrim 
qismlaridagi 
retrogradatsiya 
esa 
reagentlarning 
yomon 
aralashtirilishi hisobiga yuzaga keladi. Shuning uchun neytrallash 
jarayonida qo‘shimchalarni mahsulot bilan yaxshi aralashishini 
ta’minlash lozimdir. 
Ammoniylashtirish. Superfosfat sifatini yaxshilashning usullaridan 
yana biri bu uning ammoniylashtirilishidir, ya’ni erkin fosfat kislotani 
ammiak gazi bilan neytrallashdir. Ammoniylashgan superfosfat 
gigroskopik bo‘lmagan, quruq, yopishmaydigan kukundir. Uning 
tarkibidagi azot esa kerakli ozuqa elementidir. Superfosfat tarkibidagi 
erkin fosfat kislotani gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash jarayonida 
dastlab monoammoniyfosfat hosil bo‘ladi: 
H
3
PO
4
+ NH
3
= NH
4
H
2
PO
4
Neytrallanish issiqligining ajralishi hisobiga massaning harorati 80-
90
O
C gacha ko‘tariladi va buning hisobiga superfosfat birmuncha 
quriydi. Bunda suvda eriydigan P
2
O
5
miqdori kamaymaydi. 
Nisbatan kuchliroq ammoniylashtirish natijasida hosil bo‘lgan 
diammoniyfosfat kalsiy sulfat bilan ta’sirlashib, dikalsiyfosfatga 
aylanadi: 
H
3
PO
4
+ 2NH
3
= (NH
4
)
2
HPO
4
(NH
4
)
2
HPO
4
+ CaSO
4
= CaHPO
4
+ (NH
4
)
2
SO
4
Monokalsiyfosfat ham dikalsiyfosfatga aylanadi: 
Ca(H
2
PO
4
)
2
∙H
2
O + CaSO

+ 2NH
3
= 2CaHPO
4
+ (NH
4
)
2
SO
4
+ H
2

Bunday chuqur ammoniylashtirish natijasida superfosfatdagi suvda 
eriydigan P
2
O
5
miqdori anchagina kamayadi, ammo o‘zlashadigan P
2
O
5
miqdori sezilarli o‘zgarmaydi. Ammoniylashtirishni yanada davom 
ettirish P
2
O
5
retrogradatsiyasiga olib keladi – dikalsiyfosfat o‘simliklar 
qiyin o‘zlashtiriadigan trikalsiyfosfat shakliga aylanadi: 
2CaHPO
4
+ CaSO

+ 2NH
3
= Ca
3
(PO
4
)
2
+ (NH
4
)
2
SO
4
Shuning uchun superfosfatning ammiak bilan neytrallash natijasida 
tarkibida 2% atrofida azot bo‘lgan mahsulot olinadi. Tarkibida ko‘p 
miqdorda (8% gacha) azot tutgan ammoniylashtirilgan superfosfat 
olishda neytrallovchi vosita sifatida suyuq ammiakatlar qo‘llaniladi. 
Superfosfatni 
ammoniylashtirish 
aylanuvchi 
barabanli 
ammoniylashtirgichga uzluksiz ravishda superfosfat kiritish va uning 
yo‘nalishi bo‘yicha oqimda gaz holatdagi ammiak yuborish orqali 
amalga oshiriladi. Ammiakning me’yori superfosfat massasining 2% ini, 


213 
uning yutilish darajasi esa 97-99% ni tashkil etadi. Ammoniylashtirishda 
hosil bo‘ladigan guvala holatdagi superfosfat elanadi va maydalanadi. 
Fosforitlardan olingan superfosfatni ammoniylashtirish ayniqsa 
samarali hisoblanadi. Bunda kalsiy va magniy fosfat tuzlarining 
eritmadan to‘la ajralishi kuzatiladi va 25
O
C gacha sovutilganda nafaqat 
monokalsiyfosfat kristallanadi, balki magniy va ammoniy fosfatlari ham 
turli xil ikkilamchi va uchlamchi tuzlar kristallogidratlari holatida ajralib 
chiqadi. 
Shuning 
uchun 
fosforitlardan 
olingan 
superfosfatni 
ammoniylashtirish natijasida yaxshi fizik xossaga ega bo‘lgan mahsulot 
olinadi.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling