I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
22
23
qadar tekshirilishi va ikkinchidan, keyingi, ya’ni normativ-
huquqiy hujjatning kuchga kirganidan so‘ng tekshirilishidan 
iborat.
Huquqiy oqibatlarga ko‘ra, konstitutsiyaviy nazorat qaror 
qiluvchi va tavsiyaviy nazoratga bo‘linadi. Qaror qiluvchi 
konstitutsiyaviy nazoratda konstitutsiyaviy, deb topilgan 
normativ-huquqiy hujjat o‘zining yuridik kuchini yo‘qotadi. 
Tavsiyaviy konstitutsiyaviy nazoratda, esa shu me’yoriy 
huquqiy hujjatni qabul qilgan organga uni bekor qilish tavsiya 
etiladi.
Majburiyligi darajasiga ko‘ra, konstitutsiyaviy nazorat 
majburiy va fakultativ turlarga bo‘linadi. Majburiy 
konstitutsiyaviy nazorat qonun talabiga muvofiq amalga 
oshiriladi. Fakultativ-konstitutsiyaviy nazorat esa, vakolati 
bo‘lmagan sub’ekt tashabbusi bilan o‘tkaziladi.
3-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasining 
ishlаb chiqilishi vа qаbul qilinishi.
Har bir mamlakatning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi 
ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tartibga solish alohida muhim 
ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo‘lib, 
ularning tizimida salmoqli o‘rinni huquq bilan tartibga 
soluvchi huquqiy munosabatlar tashkil etadi. 
O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibidan chiqib, mustaqillikka 
erishgach, o‘z davlatchiligini tashkil qilish zarurati tug‘ildi. 
Bu davlat qanday bo‘lishi, unda fuqarolar nimaga ega bo‘lishi, 
shaxs bilan fuqaro munosabatining qanday bo‘lishi haqidagi 
masalalarni hal qilishni kun tartibiga chiqardi. Bularni, avvalo, 
huquqiy jihatdan to‘g‘ri hal qilish zarur edi. Bu esa ma’lum 
huquqiy hujjat bo‘lishini taqozo etdi. Dunyo davlatchilik 
tarixida bu masalalar Konstitutsiya qabul qilish bilan hal 
qilib kelingan. 1978-yilda O‘zbekistonda qabul qilingan 
Konstitutsiya mazmun mohiyati, masalalarni hal qilishi 
•Ta’sis (konstitutsiyaviy) majlis tomonidan. Braziliya 
(1988), Portugaliya (1976), Bolgariya (1991), Ruminiya 
(1991) Konstitutsiyalari shu usul bilan qabul qilingan.
•Amaldagi parlament tomonidan - O‘zbekiston (1992) 
Xitoy (1992), Tanzaniya (1977) Konstitutsiyalari misolida.
•Referendum yo‘li bilan - Rossiya (1993), Fransiya (1958), 
Qozog‘iston (1995), Kuba (1976), CHili (1980) kabi davlat 
konstitutsiyalari referendum yo‘li bilan qabul qilingan.
Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda Konstitutsiyalar 
hadya etish yo‘li bilan ham qabul qilinadi. Hadya etishning 3 
yo‘li mavjud:
•Mutlaq monarxiya sharoitida Konstitutsiyani o‘z xalqiga 
podsho, qirol, sulton, monarx hadya qiladi. Buni Nepal 
(1962), Saudiya Arabistoni (1992) Konstitutsiyalari misolida 
ko‘rishimiz mumkin.
•Metropoliya mustamlakachi davlat o‘z mustamlakasiga 
Konstitutsiya hadya qiladi va uning mustaqil davlatligini tan 
oladi. Buyuk Britaniya 1979-yil Zimbabvega Konstitutsiya 
hadya qilgan.
•Harbiy yoki revolyutsion Kengash Konstitutsiyani hadya 
qiladi. Masalan, Misr, Suriya, Iroq, Afg‘oniston Konstitutsiyalari 
shu tarzda qabul qilingan.
Konstitutsiyaviy nazorat - davlat hokimiyati organlari 
faoliyati va normativ-huquqiy hujjatlari Konstitutsiyaga 
muvofiqligini tekshirish iborat faoliyatdir.
Konstitutsiyaviy nazorat ob’ektlari qatoriga davlatning 
ichki qonunlari, hali kuchga kirmagan xalqaro shartnomalari, 
ijroiya hokimiyatning hujjatlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish 
aktlari, ayrim hollarda jamoat birlashmalarining aktlari kiradi.
Konstitutsiyaviy nazorat ob’ektlari turli davlatlarda 
turlichadir.
Konstitutsiyaviy nazorat o‘z mohiyatiga ko‘ra, birinchidan, 
dastlabki, ya’ni normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirguniga 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling