I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
28 29 Amaldagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, ahamiyatini yaxshi anglashimiz uchun, albatta, O‘zbekiston hududida avval amal qilgan Konstitutsiyalardan bu Konstitutsiyamizning farqini bilish zarur. Bu farqni, eng avvalo, O‘zbekiston avval qanday davlat edi, hozir qanday davlat ekanligidan qidirish zarur. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston 1991-yil 1-sentаbrga qadar ham davlat bo‘lgan. Shu davrda ham o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lsada, u markaz manfaatlari aks etgan, shu davrdagi zo‘ravon tizimga mos, yuzaki demokratik munosabatlarni mustahkamlagan hujjat edi. Konstitutsiya ishlab chiqilishida umume’tirof etilgan xalqaro hujjatlar, xalqaro huquq normalarini chuqur o‘rganish, ularni Konstitutsiya normalariga singdirish ham Konstitutsiyaning xususiyatidir. O‘zbekiston Konstitutsiyasining mazmun- mohiyatini aniqlashda uning prinsiplari muhim rol o‘ynaydi. Konstitutsiya prinsiplari demokratik g‘oyalarning qoida darajasiga ko‘tarilishi natijasida vujudga keladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining birinchi bo‘limi bevosita «Asosiy prinsiplar» deb nomlangan bo‘lib, ular Konstitutsiyaviy tuzum, ya’ni Konstitutsiyaviy prinsiplardir. O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi: • inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik; • hozirgi va kelajak avlodlar oldida yuksak mas’uliyatni anglash; • o‘zbek davlatchiligi an’analariga tayanish; • demokratiya va ijtimoiy adolatga sodiqlik; • xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalarini tan olish; • fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilish; • huquqiy davlat barpo etish; • fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlashni maqsad qilindi. Hech kim fikrlari uchun hech qanday quvg‘inga, taziqqa uchramadi. Shu davrda o‘zini muxolif sanovchi guruh va shaxslarga ham o‘z fikrlarini erkin bildirish imkoni berildi. Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasida 6 mingdan ortiq taklif-mulohazalar bildirildi. Loyihadagi 127 moddadan 60 tasiga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritildi. Dastlabki matndan 4 modda chiqarib tashlandi va, o‘z navbatida, yangi moddalar kiritildi. Oliy Kеngash sessiyasida ham loyiha kеng muhokama qilinib, deputatlar tomonidan 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritildi. Amaldagi Konstitutsiyamiz xalq ijodi, huquqiy ongi va madaniyati, donoligi, tafakkuri mahsulidir. Konstitutsiyaning asosiy ijodkori, o‘z egasi xalqdir. Jahon tajribasida Konstitutsiya qabul qilishning ikki demokratik usuli mavjud. Birinchisi, tayyorlangan Konstitutsiya loyihasi referundum (umumxalq ovozi)ga qo‘yilib, xalq tomonidan qabul qilinadi (Rossiya, Qozog‘iston Konstitutsiyalari shunday yo‘l bilan qabul qilingan). Ikkinchi usulda Konstitutsiya davlatning Oliy vakillik organi (qonunchilik organi — parlament) tomonidan qabul qilinadi. Bizda ana shu ikkinchi usul tanlanib, Konstitutsiyamiz O‘zbekiston Oliy Kеngashida qabul qilindi. Oliy Kеngash deputatlari - xalq vakillari bo‘lganligi uchun bu tartibda Konstitutsiya qabul qilish ham demokratik bo‘lib, xalqning hech qanday manfaati buzilmaydi. Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo‘lgani uchun hamma mamlakatlarning Konstitutsiyalarida umumiylik, o‘xshashlik mavjud bo‘lishi tabiiy holdir. Shu bilan birgalikda, har bir mamlakat Konstitutsiyasida farqlar, o‘ziga xos xususiyatlar, albatta, bo‘ladi. Bundan tashqari, bir mamlakatning o‘zida turli davrlarda qabul qilingan Konstitutsiyalarda ham katta farqlar mavjud. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling