I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
34 35 tomonidan O‘zbekiston Respubiikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kirtiladi. Shunday qilib, bugungi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘ndan ortiq marotaba o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: birinchidan, 1993-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi 1-qismidagi “deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirildi; ikkinchidan, 2003-yil 24-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimcha- lar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga va Konstitutsiyaning 6-bo‘limi 127-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi; uchinchidan, 2007-yil 11-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-modda- sining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritildi; to‘rtinchidan, 2008-yil 25-dekabrdagi “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun bilan kiritilgan o‘zgartishga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasining birinchi qismi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat” deb bayon etildi; va qo‘shimchalami ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi. Binobarin, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi. O‘zbekiston Respubiikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respubiikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin. O‘zbekiston Respubiikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga ko‘ra, qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respubiikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respubiikasi, O‘zbekiston Respubiikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respubiikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar 3 va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respubiikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respubiikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tayyorlangan qonun loyihalari ham yuqoridagi sub’ektlar 3 O’zbekiston Respubiikasi Konstitutsiyasi // [Elektron manba] // URL: http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling