I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
48
49
Demokratiyaning asl mohiyati o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z 
hayotini o‘z qobiliyatiga, o‘z tafakkuriga va o‘z vijdoniga ko‘ra 
qurishdir va buning oqibati uchun ma’suliyatini ham o‘ziga 
olishdir.
Insoniyat tajribasi demokratiyaning ikki asosiy shaklini 
ishlab chiqqan: to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni bevosita demokratiya 
hamda vakillik demokratiyasi - organlar, avvalo, vakiilik 
va boshqa saylab qo‘yiladigan organlar orqali amalga 
oshiriladigan demokratiya, ya’ni saylov demokratiyasi. 
Demokratiyaning mazkur shakllarini bir-biriga aslo qarshi 
qo‘ymaslik lozim, chunki bu ikkala shakl o‘ziga xos ahamiyatga 
ega va o‘zaro uzviy bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasiga 
muvofiq, O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. 
Ushbu modda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
muhim xususiyatlaridan birini o‘zida mujassamlashtirgan. 
Chunki unda belgilangan me’yor dunyodagi hech bir 
davlatning Konstitutsiyasida uchramaydi. Ko‘rib turibmizki, 
Konstitutsiyada “O‘zbekiston xalqi”, “O‘zbekiston fuqarolari”, 
degan tushunchalarga ta’rif berilayapti. Bunga ko‘ra, 
O‘zbekistonda tug‘ilgan va uning hududida istiqomat 
qiladigan har bir inson millatidan, irqidan, qaysi dinga e’tiqod 
qilishidan qat’iy nazar, o‘zbekiston xalqini tashkil etadi va 
respublikamizning teng huquqli fuqarosi bo‘lish huquqiga 
egadir.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 9-moddasida “Jamiyat va 
davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga 
taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. 
Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”, degan 
qoida esa fuqarolarimizning jamiyat va davlat hayotining 
eng muhim masalalarini hal etishda bevosita ishtirokini 
kafolatlaydi. Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi Konsti-
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga 
nisbatan zo‘r ehtirom bilan munosabatda bo‘lish O‘zbekiston 
Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Davlat ramzlari davlat 
suverenitetining muhim atributi sifatida mamlakatimizning 
tarixiy rivojlanish xususiyatlarini o‘zida ifodalaydi, ularning 
timsolida, davlat va o‘zbek xalqining tinchlikparvar, 
yaratuvchanlik maqsadlari mujassamlashgan. Ularda 
O‘zbekistan Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanish shart-sharoitlari, suveren, tinchlikparvar 
mamlakat sifatida fuqarolarning vatanparvarlik, chidamlilik, 
mehnatsevarlik va baxtli kelajakka ishonch mamlakatimizdagi 
millatlar vakillarining o‘zaro munosabatlari kabi xislatlar o‘z 
aksini topgan. 
Asosiy qonunning 6-moddasi “Davlat suvereniteti” 
bobini yakunlab bergan holda, Toshkent - O‘zbekiston 
Respublikasining poytaxti ekanligini mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 
Konstitutsiya qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati 
bilan so‘zlagan ma’ruzasida, o‘tgan davrda ijro etuvchi 
hokimiyatni demokratlashtirish ishlari ham izchil 
olib borildi. Hukumatning vazifa va vakolatlar doirasi 
kengaytirilib, parlament oldida hisob berish darajasi va 
mas’uliyati kuchaytirildi. Bu Konstitutsiyaning 7-moddasida 
mustahkamlangan “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir 
manbayidir”, degan ulug‘vor g‘oyaning amaliy ifodasi, desak, 
har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi”, degan fikrga alohida to‘xtalib 
o‘tgan edilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
2-bobida “xalq hokimiyatchiligi” atamasi “hokimiyat manbayi” 
degan atama bilan uzviy bog‘langan.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling