I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
40 41 tushunchalar ichida xalq suvereniteti birlamchi hisoblanadi. Milliy suverenitetga har doim millatga doir xususiyat sifatida yondashib bo‘lmaydi, buni ko‘p millatlarning teng huquqiyligi nuqtayi nazaridan tushunish kerak. Davlat suvereniteti - davlatning emas, balki davlat hokimiyatining ustuvorligi va mustaqilligidir. “Davlat” va uning “hokimiyati” turli tushuncha va kategoriya hisoblanadi. Davlat suvereniteti. Davlat suvereniteti mamlakat ichkarisida va tashqarisidagi davlatning faoliyati yordamida amalga oshiriladi. Davlat suverenitetining ushbu ikki jihati, ya’ni: birinchidan, davlat hokimiyatining mamlakat ichida ustuvorligi, ikkinchidan, boshqa davlatlaming suveren huquqlari va umume’tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlariga rioya qilgan holda tashqi aloqalarda mustaqilligi - yaxlit va ajralmasdir. Dаvlаt suvеrеnitеti Insоn huquqlаri Umumjаhоn dеklаrаtsiyasining хаlqаrо tizimi ustunidа qоlmоqdа. Shuningdеk, insоn huquqlаr хаlqаrо shаrtnоmаlаrdаn ko‘rа dеmоkrаtik dаvlаtlаr kоnstitutsiyalаridа yaхshirоq himоya qilingаn 6 . Davlat suvereniteti kengaytirilishi ham, kamaytirilishi ham mumkin emas, chunki unga nisbatan bevosita sanoq, mezonlarini umuman qo‘llab bo‘lmaydi. Davlat suvereniteti davlatning suveren huquqi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin emas, biroq shu bilan birga, aynan suveren huquqlarning to‘liqligi bilan ta’minlanadi. Xalq suvereniteti. Xalq suvereniteti xalqning o‘z hokimiyatini o‘zi mustaqil, tegishli Konstitutsiyaviy mexanizmlari vositasida o‘z manfaatlari yo‘lida amalga oshirishini anglatadi. Xalq ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida hokimiyatning to‘la sohibi sifatida maydonga chiqadi va u hokimiyatni 6 Michael Ignatieff, Human Rights: The Midlife Crisis, N.Y. REv. oF BooKs, May 20, 1999, at 62. bir davlat xalqaro munosabatlarning boshqa ishtirokchilari suverenitetini, ya’ni ularning o‘z an’analari doirasida boshqa davlatlarning har qanday aralashuvidan xoli ravishda qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyatini amalga oshirish, shuningdek, o‘z tashqi siyosatini mustaqil yuritish huquqini hurmat qilishga majburdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi dеmokratik davlatdir. Davlatning demokratikligi, avvalo, uning xalqparvarligini ta’minlanishida, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishida, mafkuraviy va siyosiy hurfikrlilikda, fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishida o‘z aksini topadi. Binobarin, O‘zbekistonda davlat hokimiyatining manbayi xalqdir. Bu davlatning xalqchilligini, demokratikligini anglatadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling