I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
36
37
o‘ninchidan, 2017-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 99, 102-moddalariga o‘zgartirishlar 
kiritildi. Ya’ni, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda xalq 
deputalari kengashlarini tashkil etish mumkin emasligi 
to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi;
o‘n birinchidan, 2018-yil 15-oktabrdagi “Fuqarolar yig‘ini 
raisi(oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati 
bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish 
to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respubiikasining 
Konstitutsiyasi 105-moddasining birinchi qismidagi 
“ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning 
maslahatchilarini” degan so‘zlar “raisni (oqsoqolni) ” degan 
so‘zlar bilan almashtirildi. Endilikda, fuqarolar yig‘ini raisi 
(oqsoqoli) 3 yil muddatga saylanadigan bo‘ldi;
o‘n ikkinchidan, 2019-yil 18-fevraldagi “Xavfsizlik va mudofaa 
sohasidagi ba’zi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun 
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
qonun, MXX DXXga aylandi. Ikkita norma o‘zgardi. Bu 
o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik 
xizmatining nomlanishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
xavfsizlik xizmatiga o‘zgarishi bilan bog‘liq;
o‘n uchunchidan, 2019-yil 5-martdagi “Hukumatni 
shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning 
mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston 
Respubiikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi 
natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79, 
93, 98-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar;
o‘n to‘rtinchidan, 2019-yil 4-sеntаbrdа qаbul qilingаn 
Qоnungа аsоsаn sаylоv to‘g‘risidаgi qоnun hujjаtlаri 
tаkоmillаshtirilishi munоsаbаti bilаn 96 vа 117-mоddаlаrgа 
o‘zgаrtirishlаr kiritildi.
beshinchidan, 2011-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 
96, va 98-moddalariga)”gi Qonun bilan Konstitutsiyaning 78, 
80, 93, 96, va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritildi;
oltinchidan, 2011-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish 
kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritilib, unga ko‘ra 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy 
vakolat muddati etti yildan besh yilga qisqartirildi;
ettinchidan, 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni
4
bilan 
Konstitutsiyaning 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi;
sakkizinchidan, 
2017-yil 
6-aprelda 
“O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasiga 
o‘zgartishlar 
va 
qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan 
Konstitutsiyasining 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi;
to‘qqizinchidan, 
2017-yil 
31-mayda 
“O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga 
o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” gi qonuni bilan 
Konstitutsiyaning 80, 93, 108 va 109-moddalariga 
o‘zgartishlar kiritildi. Bunda bevosita sud organiari faoliyatini 
takomiilashtirish yuzasidan o‘zgartirildi;
4 2014-yil 16-apreldagi “O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim 
moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (32, 78, 93, 98, 103 va 
117-moddalariga)gi Qonuni O’zbekistan Respublikasi qonun hujjatlar to’plami, 
2014 yil, 16 - son, 176 –modda.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling