I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasining


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

4-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasining 
аsоsiy prinsiplаri.
Har bir davlat boshqa mamlakatlar orasida o‘z mustaqilligini 
mustahkamlash, hududiy yaxlitligini saqlash, suverenitetini 
himoya qilish bo‘yicha siyosat olib boradi. Bunday sharoitda, 
davlat oldida turgan maqsad va vazifalar qanday vositalar 
yordamida amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xalqaro hamjamiyat bilan bo‘ladigan munosabatlarda
davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikda globallashuv jarayonining 
salbiy oqibatlari bo‘lgan ommaviy madaniyatning rivojlanishi, 
axborot xurujining avj olishi, tabiiy resurslar uchun kurashning 
keskinlashuvi davlatlarni o‘z suverenitetini himoya qilishga 
safarbar etadi.
Davlat xalqning rasmiy vakili sifatida o‘z fuqarolarining 
irodasini ifoda etadi. Faqat suveren davlatgina fuqarolarning 
huquq va manfaatlaririi to‘la va har tomonlama ta’minlashi 
mumkin. Davlat suvereniteti deganda, davlat hokimiyatining 
ustuvorligi, uning mamlakat ichkarisida ham, xalqaro 
maydonda boshqa davlatlarga nisbatan ham to‘la mustaqilligi 
tushuniladi. Suverenitet davlat hokimiyatining alohida 
xususiyati bo‘lish bilan bir paytda, davlatning muhim belgisi 
ham hisoblanadi. O‘zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil 
etishning eng muhim Konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri — 
davlat suvereniteti prinsipi hisoblanadi.
“Suvereniteti” iborasi Fransuzcha “oliy hokimiyat”, degan 
ma’noni anglatadi. Suveren davlat ichki va tashqi siyosiy 
faoliyatida o‘zining mustaqil va oliy davlat hokimiyatiga ega 
bo‘ladi.
Suverenitet har qanday mustaqil davlatning umumiy va 
ajralmas belgisi bo‘lib, uning to‘la huquqliligini hamda ichki va 
tashqi ishlarda boshqa davlatga qaram emasligini anglatadi.
Suveren davlat o‘z ichki va tashqi ishlarini boshqa 
davlatlarning huquqlarini, shuningdek, xalqaro huquq 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling