I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
44 45 O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasida ko‘rsatilganidek, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir” 7 . Qonunning 3-moddasiga binoan, bayrog‘imiz xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi, hamda mamlakatimizning ramzi hisoblanadi. Ushbu qonun bilan bayroqni ko‘tarish vaqti va joyi aniq mustahkamlangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i davlat hokimiyati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sudlarning binolarida, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalarining binolari, hududlari va transport vositalarida hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarida doimo ko‘tariladi, doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida va boshqalarda turadi. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas. Qonunning 4-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i - bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. 7 O’zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonuni // [Elektron manba] // URL: http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020). asarlar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari, ularning avtoreferatlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar paydo bo‘ldi. Bu bilan bizga jahon madaniyati va axboroti makoniga to‘liq kirish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. O‘zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish umumxalq vazifasidir. Konstitutsiyada o‘rnatilganidek, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat ramzlari - davlat bayrog‘i, davlat gerbi va davlat madhiyasiga ega. Davlat ramzlarining mavjudligi O‘zbekistonning suverenligi va mustaqilligining muhim belgilaridan biridir. Shuning uchun ushbu modda davlat ramzlarining huquqiy maqomi, ularning tafsifi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida aniq tartibga solindi va rivojlantirildi. Davlat bayrog‘i - bu tasviri qonun bilan belgilanadigan, biror davlatni boshqa davlatdan farqlovchi rasmiy belgisi, nishonidir. U davlat mustaqilligi, suvereniteti ramzi hisoblanadi. Odatda, davlat bayrog‘i, uning rangi, tuzilishi va elementlari ramziy ahamiyatga ega bo‘ladi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining sxematik va rangli tasviri 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. Mazkur qonunga 1999, 2004, 2010 va 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirini, uning elementlarini hujjatlar va materiallar rekvizitlariga kiritishni, Davlat bayrog‘ini boshqa davlatlar bayroqlari bilan birga ko‘tarilishini, qonun ijrosi bo‘yicha nazoratni amalga oshirish va boshqalarni o‘zida ifodalovchi belgilarni kiritish tartibini aniqlashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling