I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

Jаhоnda 
hozirgi 
kunga 
kelib 
“suverenitet” 
kategoriyasining uchta turi alohida ajratiladi:
Davlat suvereniteti;
Xalq suvereniteti;
Millat suvereniteti.
Suverenitet - ko‘p ma’noli tushuncha. Uning bir necha 
jihatlari mavjud. Avvalambor, bu - xalq suvereniteti. So‘ng bu 
- millatlarning o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqi. Va nihoyat 
bu - davlat suverenitetidir.
Ko‘rsatib o‘tilgan tushunchalar qanchalik bir-biriga yaqin 
bo‘lmasin, ularning har biri mazkur masalaning muayyan 
jihatlarini ta’kidlab, birinchi darajaga chiqaradi. Shu bois, 
suverenitetni davlatga, xalqda va millatga birday taalluqli 
bo‘lgan yagona tushuncha sifatida asoslab bo‘lmaydi.
Haqiqatan ham xalq suvereniteti, milliy suverenitet va 
davlat suvereniteti aynan bir tushuncha emas. Ular turli 
ijgimoiy voqelikning xususiyatlari bo‘lib, shu bilan birga
bu tushunchalar ma’lum bir umumiylikka ega. Ushbu 


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
42
43
va qonuniy mustahkamlovchi muhim qoidadan boshlanadi. 
Konstitutsiyaning 1-moddasida “O‘zbekiston - suveren 
demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” 
va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi”, deb 
belgilangan.
O‘zbekistonda davlatning boshqarish shakli respublikadir. 
Respublika - xalq hokimiyati demakdir. Respublika - eng asosiy 
umuminsoniy huquqiy boyliklardan biridir. Boshqaruvning 
respublika shakli davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab 
berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining saylab 
qo‘yilishini anglatadi.
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat 
qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va 
fuqarolar oldida mas’uldirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasiga 
muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va 
ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini 
amalga oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va 
bo‘linmasdir.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat 
qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari 
va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning 
rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” (O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 4-moddasi).
1989-yilning 21-oktabrida ona tilimizga davlat tili 
maqomining berilishi mustаqillik uchun qo‘yilgan eng muhim 
qadamlardan biri bo‘ldi. 1995-yil “Davlat tili to‘g‘risida”gi 
Qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
Endilikda o‘zbek tilida idora ishlari, hujjatlar olib borilmoqda. 
O‘zbek tilida qonunlarimiz yozilmoqda, davlat hujjatlari, ilmiy 
hech kim bilan bo‘lishmaydi. Hokimiyatni Konstitutsiyaning 
7-moddasida nazarda tutilmagan tartibda o‘zlashtirish, 
hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, 
davlat hokimiyatining yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish 
g‘ayrikonstitutsiyaviy hisoblanadi va qonunga binoan 
javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir uning 
xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat 
inson va jamiyatning farovonligini, O‘zbekiston barcha 
fuqarolarining munosib turmushini ta’minlashga qaratilgan 
bo‘lishi kerak. Hokimiyat kimnidir boshqarishni, uning 
xohish-irodasini o‘ziga qaratishni anglatadi. Hokimiyat - 
ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyatining yuzaga kelishi bilan 
paydo bo‘ladi va barcha insonlar jamiyatida mavjuddir, chunki 
barcha insonlardan jamiyatni turli vosita va ehtiyojlar orqali 
boshqarishni ta’minlash talab qilinadi.
Millat suvereniteti - Zamonaviy Konstitutsiyaviy huquqda, 
davlat va xalq suverenitetidan tashqari, har bir millatning 
o‘z taqdirini belgilash huquqi sifatida tushunilgan milliy 
suverenlik tushunchasi shakllandi. Milliy suverenitetning 
mazmuni millatning suvereniteti va uning tashkiliy-huquqiy 
jihatdan boshqa xalqlar bilan munosabatlarining shaklini 
tanlashda siyosiy erkinligi nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat shakllanishi 
bilan bir qatorda milliy qonunchilikning rivojlanish va amal 
qilish jarayonlari chuqurlashib bormoqda. O‘zbekistondagi 
mavjud qonunchilik tizimi umumiy qabul qilingan xalqaro 
majburiyatlarga muvofiq rivojlanmoqda. U xalqaro huquq 
bilan davlat ichki huquqining mushtarakligi, umume’tirof 
etilgan xalqaro standartlar, shartnomalar va konvensiyalarni 
mustahkamlash asosida takomillashib borayapti.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “O‘zbekiston 
- suveren demokratik respublika” ekanligini e’lon qiluvchi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling