I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
38
39
prinsiplari va normalarini buzmagan holda, o‘zi xohlagancha 
hal qiladi.
Suverenitet davlatga xos tushuncha bo‘lib, u bilan birga 
vujudga keladi. Davlat va uning xususiyati bo‘lgan suverenitet 
tarixiy hodisadir. Millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash 
huquqi, ya’ni o‘z taqdirini chet davlatlarning aralashuvisiz 
belgilash huquqi davlat suverenitetning asosini tashkil etadi. 
Suvеrеnitеt mаhаlliy dаvlаt vа uning mаnsаbdоr 
shахslаrining mаqоmi vа huquqlаrini bеlgilаshdа muhim rоl 
o‘ynаydi.
5
Suverenitet, avvalo, davlat tomonidan uning ichki 
funksiyasini amalga oshirish vaqtida ko‘rinadi. Jamiyatda 
huquqiy tartibni o‘rnatish, mansabdor shaxslarga, jamoat 
birlashmalariga va fuqarolarga huquqlar berilishi hamda 
majburiyatlar yuklatilishi - bularning hammasi davlat ichki 
sityosatida hokimiyatining ustuvorligini bildiradi.
Hozirgi sharoitda davlat suvereniteti prinsipi xalqaro 
hamkorlikning eng muhim masalasidir. Yer yuzidagi barcha 
mamlakatlar o‘zaro munosabatlari suveren tenglik prinsipiga 
asoslangan.
1913-yilda yеr kurrasida 57 davlat mavjud edi. Hozirga kelib 
ularning soni ikki yuzdаn оshdi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, 
XX asrning ikkinchi yarmida yеr kurrasidagi davlatlarning soni 
uch baravarga oshdi. Ushbu omilning o‘zi bizning davrimizga 
kelib, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi 
hal qilish huquqi, davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va 
jamiyat hayotining davlat-huquqiy shaklidan foydalanishi 
bilan uzviy bog‘liqdir.
Davlatning suveren tengligi prinsipi xalqaro huquqning 
umum tan olingan prinsiplaridan biri sifatida Birlashgan 
Millatlar tashkiloti Ustavida ham mustahkamlangan. Har 
5 John H. Jackson. Sovereignty-modern: a new approach to an outdated concept. // 
http:// scholarship. law. George town. edu.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling