I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
56
57
Avvalambor bu O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya 
etilishining kafili hisoblanishi, qonunlarning bajarilishi 
ustidan parlament, jamoatchilik va idoraviy hamda adliya 
organlarining nazorati o‘rnatilganligi, Konstitutsiyaviy 
sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning 
hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni 
ko‘rishi, sudning faoliyati qonun ustuvorligini ta’minlashga 
qaratilganligi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud 
orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, 
jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari 
ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanganligi, 
qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokurorlik 
nazorati mustahkamlanganligi, tashkilotlarda yuridik 
xizmatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi kabilarda bevosita 
namoyon bo‘ladi.
Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlash mexanizmida 
Konstitutsiyaviy sud alohida o‘rin egallaydi. Konstitutsiyaviy 
sud insoniyat tarixida insonning konstitutsiyaviy huquq 
va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, davlat hokimiyati 
tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar 
muvozanatini barpo etish, Konstitutsiyaning ustunligini 
ta’minlash hamda uni maxsus muhofaza qilish maqsadida 
yaratilgan.
O‘zbekiston 
1990-yil 
20-iyundagi 
Mustaqillik 
deklaratsiyasida “xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan 
prinsiplariga sodiqligini” e’lon qilgan edi. Deklaratsiyada 
suverenitet va inson huquqlari munosabatlarining quyidagi 
muhim jihati aks ettirilgan: davlat oliy maqsad - inson huquqlari 
va erkinliklarini ta’minlash yo‘lida xizmat qiladi. Shuningdek, 
1992-yilgi Konstitutsiya Muqaddimasida O‘zbekiston xalqi: 
“xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidаlari ustunligini 
4947-sonli Farmoni
12
bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham alohida yo‘nalish 
sifatida o‘z ifodasini topdi.
Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash - amalga 
oshirilayotgan barcha islohotlar samaradorligiga erishish
aholi turmush darajasini oshirish, mamlakatda tinchlik, 
totuvlik va barqaror vaziyatni ta’minlashning asosiy 
kafolatidir
13
.
Bu sohada mavjud asoslarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi 
«Konstitutsiya va qonunning ustunligi», deb nomlanib
mazkur bob Konstitutsiyamizning Asosiy prinsiplar bo‘limida 
joylashgan. Nazariyadan ma’lumki, prinsip deganda, rahbariy 
qoidalar nazarda tutiladi. Agar Konstitutsiyaning boshqa 
bo‘limlari o‘rtasida qandaydir tushunmovchilik, ziddiyat kelib 
chiqadigan bo‘lsa, masala nazariyaga ko‘ra asosiy prinsiplarga 
tayanilib hal qilinishi kerak. Shu ma’noda Konstitutsiya va 
qonunning ustunligi prinsipining Asosiy prinsiplar bo‘limida 
joylashtirilganligi mamlakatimizda mazkur prinsipga ulkan 
ahamiyat berilayotganidan dalolatdir.
Qonun ustuvor bo‘lgan davlatda erkinlik, adolat, tenglik 
kafolatlanadi, hokimiyatning shaxsga ta’siri chegaralanadi, 
inson huquqlari himoyalanadi, mulk huquqiga rioya qilinadi, 
odil sudlov mustaqil bo‘lib, samarali amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligini 
ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgan.
12 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 
“O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 
farmoni. 
Ushbu Farmon “Xalq so’zi” gazetasining 2017-yil 8-fevraldagi 28 (6722)-sonida 
e’lon qilingan.
13 Mирзиёев Ш.M. Миллий тараққиёт йўли мизни қатъият билан давом 
эттириб, янги босқичга кўтарам из. -Тошкент : Ўзбекистан , 2017 - Б .48 .



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling