I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
50
51
bir hоkimiyat tаrmоg‘i bir biridаn fаrqli hоkimiyat shаklini 
аmаlgа оshirаdi
8
.
Umuman “hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi” 
nazariyasiga ko‘ra, davlat hokimiyati yagona, yaxlit, bir butun, 
deb emas, balki turli hokimiyat (qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud vakolatlarini amalga oshiruvchi hokimiyatlar) 
funksiyalarining yig‘indisi sifatida tushuniladi. Bunday turli 
funksiyalarni amalga oshiruvchi hokimiyat organlari bir-
biridan mustaqil ravishda harakat qilishlari lozim. Lekin bu 
uchala hokimiyat idoralari bir-biriga bog‘liq emas, degan 
ma’noni bildirmaydi. Aksincha, ular bir-birini to‘ldiradi va 
nazorat qilib boradi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
12-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot 
siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi 
asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi 
sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”, deb mustahkamlanishi 
davlatimizning demokratik mohiyatidan kelib chiqadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z taraqqiyot 
va istiqlol yo‘lini mustaqil va erkin belgilab oldi. Endilikda 
mustaqil davlatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy poydevorini 
yaratish asosiy vazifa bo‘lib qolgan. Bunda bizga eski, 
zo‘ravonlik bilan o‘rnatilgan kommunistik mafkura mutlaqo 
to‘g‘ri kelmay, millatimizni birlashtiradigan, jipslashtiradigan 
mafkuraga muhtojlik yaqqol sezilib qoldi. Bir so‘z bilan 
aytganda, milliy mafkuramizni yaratish dolzarb masalaga 
aylandi.
Shu yo‘lda qo‘yilgan dadil qadam bu tariximizda birinchi 
marta Konstitutsiyamizning 12-moddasida belgilangan me’yor 
bo‘ldi. Unda ilk bor O‘zbekistonning ijtimoiy hayoti siyosiy 
institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida 
rivojlanishi belgilandi. Demak, bu bilan bitta mafkuraning
8 Paul A. Arnold, Jason L. Stern, How the United States Is Governed // Pg. 35.
tutsiyasining xalq hokimiyatchiligi tamoyiliga asoslanganligini 
yana bir karra yaqqol ko‘rsatadi.
Hozirgi zamonda davlat hokimiyati tizimining bo‘linishi 
davlat hokimiyatining demokratik sharoitda tashkil etilishi 
va faoliyatining asosiy prinsiplaridan ekanligiga shubha yo‘q 
emas. Ammo mazkur nazariyaning mumtoz shakli asoschilari 
hisoblangan ingliz faylasufi Djon Lokk yoki Fransuz mutaffakiri 
Shari Lui Monteskelar bu ta’limot kelgusi 300 yil davomida bu 
darajada rivojlanib ketishi va ilg‘or davlatlar hayotiga muqim 
singib ketishini hatto tasavvur ham qilmaganlar.
Davlat hokimiyatining taqsimlanishi har qanday 
davlatning demokratik xususiyatini belgilaydi, uning xalq 
hokimiyatchiligiga asoslanganligini bildiradi. Bu prinsip 
huquqiy davlat barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘ygan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
11-moddasida quyidagicha mustahkamlangan: O‘zbekiston 
Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi 
prinsipiga asoslanadi.
“Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi” g‘oyasi qadimiy 
bo‘lib, qadimgi yunon faylasufi va olimi Aristotel tomonidan 
ham ilgari surilgan. O‘rta asrlarda M.Paduanskiy va boshqalar 
ham bunday g‘oyani yoqlab chiqqan edilar. XVIII asrning 
o‘rtalariga kelib, bu g‘oya mustaqil ta’limotga aylangan. 
Mashhur Fransuz ma’rifatparvari, huquqshunos, faylasuf va 
yozuvchi Monteske (1689-1755-yillar) o‘zining “Qonunlar 
ruhi” kitobida hokimiyatning bo‘linishi prinsipini ilgari 
surgan. Monteske fikricha, siyosiy xiyonatlarning bo‘lmasligini 
ta’minlaydigan narsa uch hokimiyatning: qonun chiqaruvchi, 
ijro etuvchi va sud hokimiyatining to‘la bo‘linishi va bir-birini 
cheklashidir.
АQSh kоnstitutsiyasidа dаvlаt hоkimiyati qоnun 
chiqаruvchi, ijrо hоkimiyati vа sud hоkimiyatigа bo‘linаdi. Hаr 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling