I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-MАVZU: INSОN VА FUQАRОLАRNING


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

2-MАVZU: INSОN VА FUQАRОLАRNING 
АSОSIY HUQUQLАRI, ERKINLАRI VА 
BURCHLАRI
RЕJА:
1-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasidа inson 
huquqlаrigа хоs umumiy qоidаlаr 
2-§. O‘zbеkistоndа fuqаrоlik vа uning kоnstitutsiyaviy 
аsоslаri
3-§. Shахsiy huquq vа erkinliklаr
4-§. Siyosiy huquqlаr
5-§. Insоnning ijtimоiy-iqtisоdiy huquqlаri
6-§. O‘zbеkistоndа insоn huquqlаri vа erkinliklаrinig 
kоnstitutsiyaviy kаfоlаtlаri
7-§. 
O‘zbеkistоndа 
fuqаrоlаr 
burchlаrining 
kоnstitutsiyaviy аsоslаri
1-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasidа inson 
huquqlаrigа хоs umumiy qоidаlаr
Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va 
ma’naviy hayotida inson huquqi muhim ahamiyat kasb 
etib, uning ta’minlanganlik holati jamiyatning demokratik 
taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi. 
Shu sababdan, har bir davlatda inson huquqi va unga bog‘liq 
munosabatlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy 
voqeliklarning markazida turuvchi asosiy masala hisoblanadi. 
Yangidan barpo etilayotgan har qanday jamiyat o‘zining rivojini 
dastlab inson huquqini ta’minlashga nisbatan munosabatni 
o‘rnatishdan boshlaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Inson huquqi - bu demokratik huquqiy davlatning eng 
muhim belgisidir. Inson huquqini qonunda va amalda 
ta’minlay olmagan jamiyat demokratik davlat hisoblanmaydi. 


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
66
67
tenglikni ta’minlash asnosida ko‘plab inqirozlarni ham 
boshdan kechirgan. Barcha odamlarning bir-biridan farqli 
ravishda dunyoga kelishi va rivojlanishi, aql va tafakkurda, 
iste’dodda ham teng emasligini inobatga olish taqozo 
etilgan. XVIII asr Fransiya inqilobidan keyin vujudga kelgan 
Babuvitslar va sotsializm utopiyasi tarafdorlari yo‘qlikka olib 
borsada, tenglikka erishmoq kerak, insonlar mulkida ham 
teng bo‘lishlari lozimligini, hattoki ularning aqliy darajasini 
ham tenglashtirishga erishish maqsadga muvofiqligini 
anglatadigan mafkurani shakllantirishga harakat qilganlar.
Keyinchalik birin-ketin o‘z siyosatini o‘zgartirib, sotsializm 
mafkurasidan voz kechib borayotgan davlatlar va xalqlar 
tajribasi insonlarni moddiyatda va o‘y-fikrda teng qilib 
bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Insonlarning tengligi ularga bir xil 
huquqiy sharoit va imkoniyat, bir xil majburiyatning rasman 
belgilanganligini anglatishi umume’tirof etildi. Shuning uchun 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 7-moddasida: 
“Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz 
qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir. Barcha 
odamlar ushbu Deklaratsiyaga zid bo‘lgan har qanday 
kamsitishdan va shunday kamsitishga undaydigan har qanday 
gij-gijlashdan teng himoya qilinish huquqiga egadir”, - deyilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida 
ham “...qonun oldida tengdirlar” dеgan mantiqan to‘g‘ri qoida 
mustahkamlangan. Ushbu hujjatlardagi umumiy ma’noda 
qo‘llanilgan “qonun” so‘zi bilan qamrab olingan huquq oldidagi 
tenglikni ta’minlash qonunchilikda mustahkamlab qo‘yilgan 
qoidalarni barcha shaxslarga birdek qo‘llashni talab etadi.
Tarixda insonlarning fuqaroviy mansubligi jinsi, irqi, 
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi 
va ijtimoiy mavqeyi ularni tabaqalashtirishga, birining 
ikkinchisidan ustun qilib ko‘rsatishga asos qilinganlik hollari 
yuz berganligi uchun Konstitutsiyamizning 18-moddasida 
yig‘indisidir. Inson huquqini davlat tomonidan o‘rnatilgan, 
qonun asosida mustahkamlangan, jamiyatning har bir 
a’zosiga taalluqli bo‘lgan, yashash, turmush tarzini belgilash, 
o‘z xatti-harakatlarini to‘g‘ri amalga oshirish, unga berilgan 
imtiyozlardan foydalanish va jamoatchilik faoliyatini samarali 
olib borish imkoniyati, deb tushunish mumkin.
Inson huquqi milliy huquq tizimimizdagi har bir huquq 
sohasining asosiy, eng ustuvor va markaziy masalalaridan 
birini tashkil etadi. U Konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik 
huquqi, jinoyat huquqi, jinoyat protsessual huquqi, ekologiya 
huquqi va boshqa huquq sohalarining normalari bilan tartibga 
solinadigan asosiy ijtimoiy munosabatlar sirasiga tegishlidir.
Inson huquqini munosib ta’minlash davlatning va boshqa 
ijtimoiy munosabat sub’ektlarining huquq va erkinliklariga 
ta’sir etmasligi kerak. Chunki, barcha insonlar tug‘ilishidan 
erkin va tengdirlar. Inson huquqi tabiiy va ajralmas xususiyatga 
ega bo‘lib, har bir demokratik davlatning asosiy vazifasi uni 
to‘la ta’minlashdan iboratdir.
Shuningdеk yirik nazariyotchilardаn Gugo Grotsiy tabiiy 
huquq tushunchasi orqali tenglikni ta’minlash haqida fikrlar 
bildirgan bo‘lsa, Tomas Gobbs huquqiy tenglik atamasini keng 
qo‘llagan. Fransuz mutafakkiri Monteske erkinlik barchaga 
beriladigan huquq, dеgan g‘oyani ilgari surgan va boshqa 
ko‘plab o‘sha zamon olimlari tomonidan insonlar o‘rtasida 
tenglik, birodarlik va erkinlik g‘oyalarining nazariy asoslari 
ko‘rsatib berilgan.
Nihoyat, Fransuzlarning 1789-yil 26-avgustdagi “Inson va 
fuqarolarning huquqlari deklaratsiyasi”da “insonlar huquqda 
teng va erkin bo‘lib tug‘iladilar va shunday bo‘lib qoladilar”, - 
dеgan qoida o‘z ifodasini topishi tufayli tenglik g‘oyasi yozma 
qonunchilik shakliga ko‘chgan.
Huquq manbalari tarixidagi keyingi hujjatlarda ham 
tenglik qoidalari bayon qilina boshlangan. Biroq insoniyat 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling