I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
60 61 O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi - davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon- atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish. Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Toshkentda 45 ta chet el elchixonalari, 8 ta faxriy konsullar, 19 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 18 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 47 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi. jоriy qilishini bеlgilаydi. АQSh Kоnstitutsiyasigа ko‘rа, bundаy vаkоlаt Sеnаt bilаn mаslаhаshib Prеzidеnt tоmоnidаn аmаlgа оshirilаdi, аgаr Sеnаtning uchdаn ikki qismi tаsdiqlаsа, shаrtnоmаlаr Kоngrеss tоmоnidаn qоnun hujjаtlаri dеgаn tеng bir mаqоmgа egа bo‘lаdi. 14 Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan va uning milliy qonun hujjatlarida o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining muqaddima qismida belgilanganidek, O‘zbekiston xalqi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va qoidalari ustunligini tan olgan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 17-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Bu esa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mamlakatimiz o‘zini jahon hamjamiyati oldida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada e’lon qilganligini anglatadi. O‘zbekistonning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga to‘laqonli a’zo sifatida kirishiga, suveren davlatimizning dunyo miqyosida umumiy diplomatik tan olinishiga, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama siyosiy, iqtisodiy, madaniy va huquqiy aloqalar o‘rnatishiga hamda mustaqil tashqi siyosatini amalga oshirishiga imkon berdi. 14 Bradley A.W., Ewing K.D. Constitutional and Administrative Law.Pearson Education Limited 2011. – P. 316 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling