I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
64 65 Inson huquqining milliy yurisdiksiya ta’siriga olinganligi unga nisbatan huquqiy munosabatlar vujudga kelganligini bildiradi. Inson huquqi bilan bog‘liq vujudga kelgan va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlarning aksariyat qismini inson huquqi qonunchilik tarmog‘i tartibga soladi. Inson huquqi - butun insoniyatning orzu-umidlarini o‘zida jamlagan keng qamrovli tushunchadir. Inson huquqi to‘g‘risidagi qonunchilik - inson va fuqarolarning huquqlari, manfaatlari, erkinliklari va majburiyatlari haqidagi normalar majmuyidir. Bu normalar majmuyi inson huquqi bo‘yicha xalqaro hujjatlar va milliy qonunlarda o‘z ifodasini topadi. Insonning huquq va burchlari o‘zi yashaydigan davlatdagi butun ijtimoiy normalar (masalan, urf-odat, odob, an’analar, jamoat normalari, huquqiy normalar va boshqalar) bilan belgilanadi. Insonning huquq va erkinliklari bitta huquq sohasining emas, balki barcha huquq sohalarining normalari bilan tartibga solinadi. Bu jarayonda Konstitutsiya asosiy o‘rin egallaydi. Inson huquqi tushunchasi xususida gapirganda, «inson huquqi», «shaxs huquqi» va «fuqaro huquqi» kabi iboralarning mazmuniga to‘xtalib o‘tish lozim. «Inson huquqi» va «fuqaro huquqi» iboralarini qo‘llash nisbatan to‘g‘ri yondashuvdir, chunki «inson huquqi» dеganda, qonun normalarida o‘rnatilgan odamlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ehtiyojlarini qondirishni belgilaydigan, o‘rnatadigan va ta’minlaydigan axloqiy yurish-turish qoidalari yig‘indisi nazarda tutiladi. «Fuqaro huquqi» dеganda esa, shu davlatning a’zosi bo‘lgan insonlarga davlat tomonidan taqdim etilgan va normativ- huquqiy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan yurish-turish qoidalari yig‘indisi tushuniladi. Inson huquqi - bu jamiyatning muhim ijtimoiy hodisasi hisoblanib, shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarini tartibga solib turuvchi normativ me’yorlar Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling