I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
132 133 uni miqdoriy chegaralamaydi. Lekin O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi mulkning ikki shaklini huquqiy tartibga soladi. Fuqarolik kodeksining 167-moddasi 27 ga asosan, O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikning quyidagi shakllari mavjud: Xususiy mulk. Ommaviy mulk. Davlat mulk shakllarini rivojlantirish uchun zarur huquqlarning tengligini ta’minlaydi va uning himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulk shakllarini bunday turkumlash uchun mulk sub’ekti maqomi va mol-mulk rejimining uzviy birligi asosiy mezon hisoblanadi. O‘z navbatida, xususiy mulk shakli quyidagi ko‘rinishlarda (turlarda) namoyon bo‘ladi: yakka shaxsga (individga) tegishli mulk (fuqarolar mulki); nodavlat yuridik shaxslar mulki; Ommaviy mulk tarkibiga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi mulki; ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk). Garchand, Fuqarolik kodeksida mulkning ikki shakli mustahkamlangan bo‘lsada, Konstitutsiyaning 53-moddasi mulkning boshqa shakllarda bo‘lishi mumkinligini ham e’tirof etadi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi qonunining moddasida mulkning fuqarolik kodeksidagi singari an’anaviy ikki shaklidan tashqari jamoa mulki, aralash mulk hamda boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki kabi shakllarda bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan. Bozor munosabatlarining asosini tashkil etuvchi mulk shakllaridan biri bo‘lgan xususiy mulk qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan har qanday narsalar bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Resublikasi fuqarolik kodeksi 27 Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг Фуқaрoлик Кoдeкси [Электрон манба] // URL: http://lex.uz (мурожат қилинган вақт 23.02.2020). shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi. Aynan bozor iqtisodiyoti tizimida mulkning xilma-xil shakllarda bo‘lishiga imkoniyatlar yaratiladi. Darhaqiqat, jamiyatning iqtisodiy negizi - mavjud mulkchilik munosabatlariga asoslanadi. Shu sababli, mulk nafaqat yuridik mazmunga, balki iqtisodiy ma’noga ham ega. Iqtisodiy ma’noda mulk insonlarning erki-irodasidan tashqarida vujudga keladi. Yuridik munosabatlarda mulk qabul qilingan normalar orqali tartibga solinadi va ular mulk huquqi sifatida namoyon bo‘ladi. Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga o‘ziga xos tarzda «taqdim etilgan» boyliklar har doim mulk bo‘lib kelgan. Mulk birinchidan, kishining ashyoga nisbatan egalik his-tuyg‘usi bilan bog‘liq, ikkinchidan, ushbu ashyo xususida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatdir. Demak, bir so‘z bilan aytganda, mulk ashyo va unga nisbatan egalik hissi bilan bog‘liq munosabatdir. Qoida tariqasida mulk iqtisodiy va yuridik ma’nolardagi shakllarga bo‘linadi: Iqtisodiy ma’nodagi mulk shakllari deyilganda, moddiy mehnatlarni o‘zlashtirish usullarining yig‘indisi tushuniladi. Bunday usullar yakka tartibda yoki jamoat bo‘lib yoxud davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Yuridik ma’nodagi mulk shakli - moddiy ne’matlarni muayyan sub’ektlarga tegishli bo‘lishini (biriktirib qo‘yishlikni) mustahkamlovchi va tegishli mulkning huquqiy rejimini belgilovchi huquqiy me’yorlar yig‘indisidan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga asosan, bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Ushbu Konstitutsiyaviy norma mamlakatimizda mulk shakllarining turli xil bo‘lishi mumkinligini o‘zida ifodalab, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling