I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
138
139
Iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga 
kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonun hujjatlari bilan savdo, 
maishiy xizmat va xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari 
bo‘yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.
Mulk huquqi ikki ma’nodagi: ob’ektiv va sub’ektiv 
ma’nodagi mulk huquqiga bo‘linadi. Ob’ektiv ma’nodagi mulk 
huquqi deganda, tabiat ashyolarini ijtimoiy o‘zlashtirishning 
mavjud zaxiralarini, usullarini belgilash, tartibga solish va 
mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko‘zlab belgilangan 
tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig‘indisi nazarda 
tutiladi. CHunonchi, mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar 
ob’ektiv huquq normalari hisoblanadi. Ob’ektiv ma’nodagi 
mulk huquqi mutlaq huquqiy normalar asosida tartibga 
solinadi. Bunga misol sifatida mulk huquqini tartibga soluvchi 
qonun hujjatlarini keltirish mumkin.
Sub’ektiv ma’nodagi mulk huquqi deb, ayrim shaxslar, 
ya’ni huquq sub’ektlarining (davlat, yuridik shaxslar va 
fuqarolarning) ob’ektiv huquq normalari asosida kelib 
chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf 
qilish huquqlariga aytiladi. Sub’ektiv ma’nodagi mulk huquqi 
nisbiy-huquqiy normalar asosida tartibga solinadi. Sub’ektiv 
ma’nodagi mulk huquqi mulk sohibining o‘ziga mulk yoki 
ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan mol-mulklarni 
qonunda taqiqlanmagan asoslarda, vakolat doirasida
o‘zga shaxslarning manfaatlariga putur etkazmagan holda 
egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish maqsadida 
turli bitimlar tuzishida namoyon bo‘ladi. Masalan, turli 
shartnomalar tuzish, o‘z mulkini meros qilib qoldirish va 
boshqa bitimlar orqali mulkka bo‘lgan huquqni vujudga 
keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish sub’ektiv ma’nodagi 
mulk huquqining mazmunini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 54-moddasida 
mulkdan foydalanish jarayonida mulkdorga nisbatan bir qator 
birinchidan, iqtisodiy faoliyat erkinligi;
ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyati erkinligi;
uchinchidan, mehnat qilish erkinligi;
to‘rtinchidan, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi;
beshinchidan, mulk shakllarining huquqiy jihatdan bab-
baravar muhofaza etilishi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 
qonuni 1-moddasiga muvofiq, iste’molchi deganda, foyda 
chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol 
yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga 
buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro, ya’ni 
jismoniy shaxs tushuniladi
29
.
Ushbu Qonurming 4-moddasida “Iste’molchilarning asosiy 
huquqlari” belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra iste’molchilar 
quyidagi huquqlarga ega:
tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek,, ishlab chiqaruvchi 
(ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish;
tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada 
sifatli bo‘lishi;
tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi;
hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan 
tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, 
sotuvchining g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli 
yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda 
qoplanishi;
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan 
manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli 
davlat organlariga murojaat etish;
iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
29 Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг “Истeъмoлчилaрнинг ҳуқуқлaрини ҳимoя 
қилиш тўғрисидa”ги қoнуни [Электрон манба] // URL: http://lex.uz (мурожат 
қилинган вақт 18.02.2020).



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling