I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekistonda jamoat birlashmalari


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

2-§. O‘zbekistonda jamoat birlashmalari 
faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari
Jamoat birlashmasi - bu o‘z manfaatlarini turli xil shakllarda, 
shu jumladan, muayyan me’yor va qoidalar asosidagi 
dasturlar shaklida birgalikda amalga oshiruvchi shaxslarning 
birlashmasi hisoblanadi.
Jamoat birlashmasi deganda uning mohiyatiga e’tibor berish 
kerak bo‘ladi. Jamoat birlashmasi biron-bir shaxsni yoki ayrim 
guruhlarning shaxsiy foyda olish istagini ifodalamaydi. Jamoat 
birlashmalari odatda g‘oya, iroda bilan harakatga keladi
ularning yagona maqsadi jamiyatni takomillashtirish. Ular 
o‘z oldiga nazorat qilish yoki foyda olish vazifasini qo‘ymaydi, 
balki ular jamiyatni mukammallashtirish yo‘nalishi va istagida 
faoliyat yuritadi. Demak, jamoat birlashmalari fuqarolarga 
o‘zlariga o‘zlari yordam berishlari, o‘z hayotlarini, jamiyatni 
takomillashtirish orqali yaxshilash imkonini beradi.
Inson 
huquqlari 
umumjahon 
deklaratsiyasining 
20-moddasiga ko‘ra “Har bir inson tinch yig‘inlar o‘tkazish va 
uyushmalar tuzish huquqiga ega”, 23-modda 4-qismiga ko‘ra 
“Har bir inson kasaba uyushmalari tuzish va o‘z manfaatlarini 
himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga kirish huquqiga 
ega”. 1966-yil 19-dekabrda qabul qilingan Fuqarolik va 
siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 22-moddasiga 
ko‘ra “Har bir inson boshqalar bilan assotsiatsiyalar tuzish, 
jumladan, kasaba uyushmalar tashkil etish erkinligi va o‘z 
manfaatlarini himoya qilish uchun shunday uyushmalarga 
kirish huquqiga ega”.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga 
asosan kasaba uyushmalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-
qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, 
ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari 
jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilgan.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
jamoat 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling