I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
148
149
davlatlar hududida amal qilsa, u xalqaro jamoat birlashmasi 
deb e’tirof etiladi.
Ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq faoliyati 
butun Respublika hududida amalga oshiriladigan jamoat 
birlashmalari Respublika jamoat birlashmalariga kiradi.
Viloyat, shahar, tuman, shaharcha va qishloq jamoat 
birlashmalari mahalliy jamoat birlashmalariga kiradi.
Nizomda belgilangan vazifalariga qarab qaysi hududda 
faoliyat yuritsa, o‘sha hudud, ya’ni viloyat, shahar, tuman, 
shaharcha va qishloq jamoat birlashmalari hisoblanadi.
Jamiyatning siyosiy tizimi ijtimoiy-siyosiy tusdagi 
munosabatlarda qatnashuvchi tashkilotlardan iborat. Siyosiy 
tizimning ajralmas tarkibiy qismi va uning asosiy bo‘g‘inlaridan 
biri esa siyosiy partiyalardir.
Partiya - (lot. Partio - bo‘laman, ajrataman) g‘oyaviy jihatdan 
maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo‘lgan, shuningdek, 
muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi.
Siyosiy partiya jamiyatda kishilarni birlashtiradi va 
ularning maqsad-muddaolarining birligini ta’minlaydi, 
vakillik organlari uchun kurashib, o‘z siyosiy guruhlarining 
manfaatlarini himoya qiladilar. Oliy Majlis, xalq deputatlari 
kengashlarini shakllantirishda ular ham eng asosiy siyosiy 
kuch sifatida maydonga chiqadilar hamda o‘z nomzodlarining 
saylanishi bilan hokimiyatni tuzish va davlat boshqaruvida 
ishtirok etadilar.
Partiyalarning vujudga kelish tarixiga nazar tashlaydigan 
bo‘lsak, ularning ko‘rinishi qadimgi davrlardayoq mavjud 
bo‘lganligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, miloddan avvalgi 
V asrda Afina (Yunoniston)da aristokratik va demokratik 
guruhlar (bular o‘ziga xos dastlabki partiyalar edi) o‘rtasida 
siyosiy kurash boshlangan edi. Siyosiy partiyalar o‘rta asrlarda 
ham mavjud bo‘lgan. Shuni nazarda tutish kerakki, qadimgi 
davrda ham, o‘rta asrlarda ham partiyalar faqat davlatni 
ustavi amaldagi qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak.
Agar jamoat birlashmasining ustavi qonun talablariga zid 
bo‘lsa, yoxud ilgari xuddi shu nomdagi jamoat birlashmasi 
ro‘yxatga olingan bo‘lsa, jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga 
olishni rad etish mumkin.
Ustavni ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda bu xaqda 
taqdim etilgan ustav qaysi qonunning qoidalariga zid ekanligi 
ko‘rsatilib, ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi.
Jamoat birlashmasining ustavini ro‘yxatdan o‘tkazining 
rad etilishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin va 
bu ish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik-protsessual 
qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Xalqaro, 
Respublika 
va 
viloyatlararo 
jamoat 
birlashmalarining ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishning rad 
etilishi ustidan - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, mahalliy 
jamoat birlashmalari ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishning rad 
etilishi ustidan esa - tegishli viloyat, Toshkent shahar sudiga 
shikoyat qilish mumkin.
Jamoat birlashmalari ramz sifatida o‘z timsoliga, bayrog‘iga 
va vimpeliga ega bo‘lishi mumkin.
Jamoat birlashmalarining timsollari ustavga muvofiq
ularning rahbar idoralari tomonidan tasdiqlanadi. Bayroqlar 
va vimpellar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi 
lozim.
O‘zbekistonda jamoat birlashmalarining quyidagi turlari 
mavjud:
-xalqaro jamoat birlashmalari;
-respublika jamoat birlashmalari;.
-mahalliy jamoat birlashmalari.
Agar O‘zbekiston Respublikasida tuzilgan jamoat 
birlashmasining faoliyati, o‘z nizomiga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasi hududida va bitta yoki undan ortiq xorijiy 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling