I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
150
151
1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar 
to‘g‘risida” gi Qonunning 1-moddasiga ko‘ra, siyosiy partiya 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar 
va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat 
hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan 
qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi 
hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora 
etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir
30
.
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” gi qonunning 6-moddasiga 
muvofiq siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta 
hududiy sub’ektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda 
partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida yigirma ming 
fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi. Siyosiy partiya 
tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo‘lishi, 
ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini 
shakllantirish hamda ta’sis s’ezdi yoki konferentsiyasini 
chaqirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tuzishlari lozim.
Tashkiliy qo‘mita o‘zi tuzilgan kundan boshlab etti kunlik 
muddatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligiga o‘z tashabbusi, qo‘mitaning tarkibi, rahbari 
(yetakchisi), joylashgan manzili hamda ta’sis s’ezdi yoki 
konferentsiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar 
qilishi lozim. Tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab uzog‘i 
bilan uch oy faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadir. Siyosiy partiya 
ta’sis s’ezdida yoki konferentsiyasida tuziladi. Ta’sis s’ezdi 
yoki konferentsiyasi partiya ustavi va dasturini qabul qiladi, 
uning saylab qo‘yiladigan organlarini tuzadi.
Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan ro‘yxatga olinadi.
30 Ўзбекистан Республикасининг «Сиёсий партиялар тўғрисида»ги Конуни. 
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 йил, № 
2, 36-модда.
boshqarish rejimi (tartibi) ma’lum darajada demokratiya 
alomatlariga ega bo‘lgan joylardagina tashkil topgan.
Faqat shunday sharoitlarda partiyalar qandaydir ijtimoiy 
manfaatlarni ifoda eta olishgan. Partiyalar, qachonki ularni 
turli ijtimoiy manfaatlarni tahlil qilish, bunday manfaatlarni 
ta’riflash va himoya qilishga majbur qiluvchi boshqa 
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling