I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
144
145
ekologiya, yoshlar, madaniyat, ta’lim, ayollar, qariyalar, 
jismoniy madaniyat va sport va h.k.) kelib chiqib manfaatlar 
mushtarakligi asosida birlashadilar.
Jamoat birlashmalari turli mezonlaridan kelib chiqib 
quyidagicha tasniflanadi:
tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra — tashkilotlar, harakatlar, 
jamg‘armalar, jamoat muassasalari, o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari;
a’zolik xususiyatiga ko‘ra - qat’iy a’zolik va qat’iy bo‘lmagan 
a’zolik;
ustavda belgilangan faoliyat yo‘nalishlari sohasidan kelib 
chiqib - hayriya, ekologiya, yoshlar, madaniyat, ta’lim, ayollar, 
qariyalar, jismoniy madaniyat va sport va h.k.;
jamoat birlashmasi faoliyatida siyosiy belgilarning aks 
etgan ligiga ko‘ra - siyosiy; nosiyosiy tashkilotlar;
faoliyatining hududiy sohasiga ko‘ra-umumrespublika, 
mintaqalararo, mintaqaviy, mahalliy va xalqaro;
a’zolarining soniga ko‘ra-ommaviy, individual a’zolik;
tashkilot faoliyatini tashkil etish tuzilishiga ko‘ra — 
markazlashgan va nomarkazlashgan;
ijtimoiy-huquqiy maqomiga ko‘ra - tegishli organlarida 
ro‘yxatga olingan, ro‘yxatga olinmagan, noqonuniy (davlat 
tomonidan taqiqlangan, yashirin, mahfiy).
Jamoat birlashmalari tizimiga quyidagilar kiradi:
siyosiy partiyalar;
ommaviy harakatlar;
kasaba uyushmalari;
xotin-qizlar jamiyatlari;
yoshlar va bolalar tashkilotlari;
veteranlar va nogironlar tashkilotlari;
ilmiy-texnikaviy;
madaniy-ma’rifiy;
jismoniy tarbiya-sport;
va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro 
aloqalarni kengaytirish, xalqlar o‘rtasida tinchlik va do‘stlikni 
mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni 
amalga oshirish maqsadida tuziladi”.
Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy 
insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek, 
konstitutsion tuzumni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan o‘zgartirish yoki 
O‘zbekiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, 
zo‘ravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib 
boradigan ijtimoiy, shu jumladan sinfiy, shuningdek, irqiy, 
milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonun bilan taqiqlangan 
boshqa xatti-harakatlar qilish maqsadini ko‘zlaydigan jamoat 
birlashmalarining tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamoat birlashmalari o‘z a’zolarining ixtiyoriyligi, teng 
huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik 
asosida tuziladi va harakat qiladi.
Davlat o‘zining Konstitutsiya va boshqa qonunlarida jamoat 
birlashmalarining qonuniy huquq va manfaatlariga shart-
sharoitlar yaratish uchun va asosiy vazifasini amalga oshirish 
uchun kafolatlar beradi.
Yoshlar va bolalar tashkilotlariga davlat moliyaviy va mol-
mulk tomonidan yordam beradi, soliq siyosatida imtiyozli 
munosabatlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Binolardan 
foydalanishda imtiyozlar va boshqa sharoitlar yaratadi. 
Davlat organlarining, mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga 
aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Albatta tegishli qonunlarda 
ko‘rsatilgan nazorat vazifalari bundan mustasnodir.
Jamoat birlashmalari faoliyat maqsadlari tasnifiga ko‘ra 
turli xil bo‘lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining har biri 
o‘z maqsadlariga erishish uchun muayyan vazifalarni ilgari 
suradi va bu orqali fuqarolarning o‘ziga xos manfaatlarini 
ifodalaydi. Fuqarolar jamoat birlashmalarining ustavlarida 
belgilangan faoliyat yo‘nalishlari va sohalaridan (hayriya, 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling