I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа oilaning
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
3-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа oilaning
muhоfazа qilinishi Davlatimiz o‘z mustaqil taraqqiyotining ilk kunlaridanoq bozor munosabatlariga o‘tish bosqichida oilalar haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularni ijtimoiy himoya qilish bosh tamoyillardan ekanini e’lon qildi va bu sohada keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy tadbirlarni amalga oshirdi. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, davlatimiz va jamiyatimiz rivoji, avvalambor, oilalarimizda tinchlik- osoyishtalikning bardavom bo‘lishi, oiladagi farovonlik va uning ishonchli ijtimoiy himoya kafolatlari tizimi orqali ta’minlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Inson shaxsini shakilantirishda oila, shubhasiz, dastlabki bosqich vazifasini o‘taydi, ya’ni oilada odamlarning bir- biri bilan, jamiyat va davlatga nisbatan munosabatiga asos solinadi. O‘zbekiston Respublikasida oilaga jamiyat va davlat g‘amxo‘rligi kun sayin oshib bormoqda. Jamiyatni rivojlantirish uchun barcha diqqat- e’tibor, eng avvalo, oilaga qaratilmog‘i lozim. Har bir oila a’zosining jamiyatni tushunishi, hayot, mehnat, qonun va huquqni qay darajada anglashi va unga rioya qilishi jamiyat ravnaqini belgilovchi muhim omildir. Siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza u tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalariga binoan siyosiy partiyani ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qaror qabul qilingach, uzog‘i bilan uch kun muddat ichida u siyosiy partiya rahbar organiga beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi. Siyosiy partiya ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran yuridik shaxs maqomini oladi va u o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Siyosiy partiyalar nizomlariga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar ularning nizomlarini ro‘yxatga olish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Siyosiy partiya ro‘yxatga oiinganligi to‘g‘risidagi xabar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, agar siyosiy Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling