I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
156
157
topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi 
(Oila kodeksining 16-moddasi)
31
.
Qonunga binoan nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkazish bepul bo‘lib, shuningdek, tibbiy irsiy hamda 
oilani rejalashtirish masalalari bo‘yicha maslahat berish 
nikohlanuvchi shaxslarning roziligi bilan davlat sog‘liqni 
saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Nikohlanuvchi shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish natijalari 
shifokor siri hisoblanadi va u nikohlanuvchi shaxsga faqat 
ko‘rikdan o‘tgan shaxsning roziligi bilan bildirilishi mumkin. 
Basharti nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki 
odam immuniteti taqchilligi virusi (OITS infeksiyasi)borligini 
boshqasidan yashirgan bo‘lsa, shu shaxs nikohni haqiqiy emas 
deb topishni talab qilib sudga murojaat qilishga haqlidir. Oila 
kodeksida belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan 
ushbu nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lishi 
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlatning 
bolalar haqidagi g‘amxo‘rligi alohida mustahkamlangan.
Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar 
boqish va tarbiyalashga majburdirlar. (O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi)
Davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarining 
vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash 
va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya 
faoliyatlarini rag‘batlantiradi (Konstitutsiyaning 64-moddasi).
Bolalarning huquq va manfaatlari, ularning tarbiyasi, ta’lim 
olishi, ta’minoti har doim davlatimiz himoyasida va e’tiborida 
bo‘lib kelgan.
31 Ўзбекистон Республикасининг Оила Кодекси [Электрон манба] // URL: 
http://lex.uz (мурожат қилинган вақт 23.02.2020).
Bunday muddatni belgilashdan maqsad bir-birlari 
bilan yaxshi tanish bo‘lmagan shaxslarning engiltaklik 
qilib, shoshmashosharlik bilan nikohdan o‘tishlariga yo‘l 
qo‘ymaslikdan iborat.
Nikoh davlat va jamoat manfaatlarini ko‘zlab, shuningdek, 
er bilan xotinning va bolalarning shaxsiy va mulkiy huquqlari 
hamda manfaatlarini muhofaza etish maqsadida qayd etiladi.
Nikohni uning ijtimoiy mohiyati va maqsadiga ko‘ra hamda 
oilani mustahkamlash ehtiyojini, yosh avlodning ahloqi va 
sihat-salomatligini hisobga olib, bir qator shartlarga rioya 
qilgan holda tuzish zarurligi belgilandi. Bu talablar nikohdan 
o‘tish shartlari deb yuritiladi. Ular quyidagilardan iborat: 
nikoh tuzish ixtiyoriydir; nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin 
o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak; 
nikoh tuzishga majbur qilish ta’qiqlanadi (Oila Kodeksining 
14-moddasi).
Navbatdagi belgilangan talab nikoh yoshiga tegishlidir. 
Nikoh yoshi erkaklar uchun hаm ayollar uchun hаm o‘n sаkkiz 
yosh qilib belgilangan.
Qonunda nikoh tuzishga monelik qiladigan quyidagi 
holatlar ko‘rsatilgan:
loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan 
shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Respublikada 
har bir fuqaro faqat yakka nikohda bo‘lishi mumkin;
nasl-nasab 
shajarasi 
bo‘yicha 
to‘g‘ri 
tutashgan 
qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan 
opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar 
bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli 
zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling