I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
136
137
mulkiy komplekslar, o‘quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari 
va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular 
byudjet yoki davlatning o‘zga mablag‘lari hisobidan yaratilgan 
yoki sotib olingan bo‘lsa, boshqa mol-mulk bo‘lishi mumkin.
Respublika mulki Respublika byudjetiga tushadigan 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan, shuningdek, 
qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra boshqa 
tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Respublika mulki bo‘lgan 
mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati 
yoki ular maxsus vakil qilgan organlar tasarruf qilish huquqiga 
egadir.
Munitsipal mulk esa - davlat hokimiyati mahalliy 
organlarining mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, 
munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jalik, korxonalar va 
boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni 
saqlash muassasalari, shuningdek, boshqa mol-mulklardan 
iborat bo‘ladi. Ushbu mulk turi mahalliy byudjetga tushadigan 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan, shuningdek, 
qonun hujjatlarida nazarda tutiigan asoslarga muvofiq boshqa 
tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Munitsipal mulk bo‘lgan 
mol-mulkni davlat hokimiyati mahalliy organlari yoki ular 
vakil qilgan organlar tasarruf etadilar. Shuningdek, munitsipal 
mulk bo‘lgan mol-mulk yuridik shaxslarga xo‘jalik yuritish 
yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo‘yilishi 
mumkin hamda munitsipal mulk ob’ektlari qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib 
berilishi mumkin.
Davlat jamiyatimiz iqtisodiy negizini tashkil etishda 
mulk shakllarini erkin sharoitini va mulkdorlar huquqlarini 
ta’minlash maqsadidda bozor munosabatlarining o‘ziga xos 
xususiyatlarini belgilab berdi. Bu xususiyatlar quyidagilarda 
o‘z ifodasini topdi:
atom energetikasi ob’ektlarini (uskunalari, tizimlari va 
apparatlarini o‘rnatish) va strategik ahamiyatdagi ob’ektlarni 
qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan 
foydalanish hamda ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi 
ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar;
portlash xavfi bo‘lgan va zaharli moddalarni tashishni 
amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lari;
sanitariya-epidemiologiya 
stantsiyalari. 
Sud-tibbiy 
ekspertizasi byurolari. Atrof-muhit holatini nazorat qiluvchi 
hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar;
davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, jazoni ijro etish 
muassasalarining korxonalari;
maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar (Respublika 
maxsus aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit 
moslik markazi);
qabristonlar
28
.
Davlat 
tasarrufidan 
chiqarilmaydigan 
va 
xususiylashtirilmaydigan davlat mulki ob’ektlari jumlasiga 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq 
boshqa ob’ektlar ham kiritilishi mumkin.
Ommaviy mulk esa Respublika mulki va ma’muriy-hududiy 
tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat. O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksi 214-moddasiga asosan, 
Respublika mulki - yer, yerosti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, 
o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, 
davlat hokimiyati va boshqaruvi Respublika organlarining 
mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan moddiy madaniy 
meros ob’ektlari, Respublika byudjetining mablag‘lari, 
oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari 
Respublika mulkidir, shuningdek, korxonalar va boshqa 
28 Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг “Дaвлaт тaсaрруфидaн чиқaриш вa 
xусусийлaштириш тўғрисидa”ги қoнуни [Электрон манба] // URL: http://lex.
uz (мурожат қилинган вақт 23.01.2020).



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling