I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar


Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/71
Sana03.11.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1742779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar

Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar
1. Oddiy marshantsiyaning tirik, fiksirlangan yoki 
gerbariy materiallaridan foydalanib, lupa yordamida 
tashqi tuzilishini ko'zdan kechiring. Tallomini shoxla- 
nishini, rizoidlarni, amfigastriyalarni, anteridiyli va 
arxegoniyli tirgovuchlarini chizib oling.
2. Oddiy marshantsiyaning ichki tuzilishini tirik yoki 
fiksirlangan materiallar asosida kesma tayyorlab mik- 
roskop yordamida kuzating. Havo kameralarini, ustitsa-
9


larni (og'izchalar), assimilyator va parenxima hujayra- 
larni joylanishiga e'tibor berib, ularni rasmga tushiring.
3. Vegetativ ko'payish uchun xizmat qiladigan organ- 
savatchalarga e'tibor bering va ularda joylashgan 
kurtaklarni nina yordamida ajratib mikroskop ostida 
ko'ring va chizib oling.
4. Jinsiy ko'payish organlari - anteridiy va arxegoniy- 
larning tirgovuchlarda joylashgan o'rni bilan tanishing. 
Anteridiy qismidan kesma tayyorlab, mikroskop ostida 
ko'ring. Oval bo'shliqlarga va anteridiylarga e'tibor 
bering, rasmlarni chizib oling. Arxegoniyli qismidan 
ham preparat tayyorlang va uning tuzilishini o'rganing.
5. Yetilgan sporogoniyning tuzilishi bilan tanishing. 
Ko'sakchada rivojlangan spora va elateralarni preparat- 
lardan foydalanib mikroskop ostida kuzating, ularning 
shaklini chizing.
Nazorat savollari
1. Oddiy marshantsiya o'simligi qayerlarda o'sadi?
2. Tallom deb nimaga aytiladi?
3. Tallom qanday anatomo-morfologik tuzilishga ega?
4. Oddiy marshantsiya necha xil yo'l bilan ko'payadi?
5. Anterediy 
va 
arxegoniylar 
tallomning 
qaysi 
qismlarida hosil bo'ladi va ular qanday tuzilishga ega?
6. Arxegoniylar qanday qavatlar bilan himoyalangan?
7. Ko'sakchada qanday to'plamga ega bolgan sp or alar 
hosil boladi va ularning tarqalishi nimalar yordamida 
amalga oshadi?
10



Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling