I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar
Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Oq sfagnum yosini
Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar
1. Kakku zig'irining tashqi tuzilishini lupa yordamida o'rganing. Poyada barglarni joylanishini, shaklini va rizoidlarni chizib oling. 2. Jinsiy ko'payish organlari-anteridiy, arxegoniy va parafizalarni lupa yordamida o'rganib, ularni tuzilishini chizib oling. 3. Yetilgan sporogoniy bilan tanishing, uning tashkil etgan-apafiza, ko'sakcha bo'shlig'i, qopqoqcha va qalpoqchalarni bir-biridan farqlang. 4. Ko'sakchadan qopqoqchani ajrating, epifragma va peristomalarga e'tibor bering. Ishni davom ettirib ko‘- sakcha bo‘shlig‘ini uzunasiga kesing, unda joylashgan ustuncha va sporangiylarni holatini mikroskop ostida o'rganib, ularni rasmini chizib oling. 5. Preparat va tablitsalardan foydalanib, sporani o‘si- shida protonema va kurtakchalarni hosil bolishini chizib oling. Nazorat savollari 1. Kakku zig'iri o'simligining anatomo-morfologik tuzilishida qanday o'ziga xoslik mavjud? 2. Anterediy va arxegoniylar poyani qaysi qismida hosil boladi va ular qanday tuzilgan? 3. Sporogon (ko'sakcha) qanday hosil boladi va uning tuzilishida o'ziga xoslik nimalardan iborat? Oq sfagnum yo'sini • Sfagnumkabilar ajdodchasi - Sphagnidae • Sfagnumnamolar qabilasi - Sphagnales « Sfagnumdoshlar oilasi - Sphagnaceae Vakillari: 1. Sphagnum acutifolium 2. Sphagnum, balticum Nazariy tushuncha: Sfagnumkabilar ajdodchasi 300 turdan iborat bo'lib, ulardan biri - oq sfagnum yo'sinining (3-rasm) tuzilishi o'rganib chiqiladi. Bu o'simliklar qalin chim hosil qilib o'sadi. Ularning tanasi uzun, nozik shoxlangan va mayda barglar bilan qoplangan. Poyasi kalta va uzun shoxchalarga ega. Kalta shoxchalar poyaning uchida g'uj bo'lib, boshoq cha shaklida joylashadi. Uzun shoxchalari poyada 4-5 tadan joylashgan bo'lib, pastga ba'zan osilib turadi. Oq (sfagnum) yo'sinlarining poya va barglarining anatomik tuzilishida 2 xil hujayralar borligi ko'rinadi. Birinchi xil hujayralar uzunchoqroq bo'lib, xlorofil donachalariga ega yashil rangda. Ularning uchlari bir-biriga tutashib to'r hosil qiladi. Ikkinchi xili esa serbar tiniq bo'lib, to'r ko'zlarga joylashgan holda suvga tolgan bolib oq rangda bo'ladi. Bunday hujayralar gialin (olik) hujay ralar hisoblanib, xlorofil donachalarga ega emas. Poyaning yuqori qismida jinsiy organlari - anteridiy va arxegoniylar yetiladi. Anteridiy ovalsimon yoki sharsimon shaklga ega bo'lib, unda ikki xivchinli spermatozoidlar yuzaga keladi. Arxegoniyda tuxum hujayra rivojlanadi. Spermatozoidlar tuxum hujayraga suv yordamida yetib kelib qo'shilishi natijasida otalanish sodir bo'ladi. Otalangan tuxum hujayradan sporogoniy vujudga keladi. Sporogoniy ikki qismdan ko'sakcha va qisqa banddan iborat. 15 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling