I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar
To‘g‘nag‘ichsimon plaun
2 sporofill; 3-spora; '1-gametofit o'simtaning ko'rinishi; 5-anteridiy; h-spermatcizoid; 7-arxegoniy; 8-zigota; 9~murtakning rivojlanishi (a-o'sish nuqtasi, b-dastlabki barg, v-ildiz, g-oyoqcha, d-kindikcha); I O-yosh sporofit 19 To‘g!nog‘ich simon plaun sporangiylarda yetilgan sporalar yordamida ko'payadi. Sporalar yozgi dixotomik shoxlangan poyaning yuqori qismidagi spora hosil qiluvchi boshoqchalarda yetiladi. Spora hosil qiluvchi boshoqcha ikki qismdan - o‘q va unda joylashgan spora bargchalardan (sporafillardan) tashkil topgan. Spora bargchasining pastki tomoni bigizsimon ingichka qismga aylangan. Spora bargchani kengaygan qismining ustki tomonida buyraksimon sporangiy va qisqa band bor. Sporalar sporangiyda yetilgandan so'ng, sporangiyning ko'ndalang choki bo'ylab yorilishi natijasida tashqariga tarqaladi. Ular shaklan bir xil yoki teng bolib, tetraedga o'xshaydi. Tashqi tomonidan to‘r- simon qalin parda bilan o'ralgan. Sporalar qulay sharoitga tushishi bilan, sekin-asta gametofitga aylanadi. Plaunni gametofiti rangsiz, bir uyli ikki jinsli bolib, tuproqning ostki qismida zamburug1 gifalari bilan birgalikda simbioz holda hayot kechiradi. Gametofitining tola rivojlanib, undan embrionning hosil bolishi uchun 12-15 yil vaqt sarflanadi. Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar 1. Plaunning tashqi tuzilishiga e'tibor bering. Poyadan barglarning bir nechtasini ajratib oling va ularni tuzilishini lupa yordamida o'rganing. 2. Spora hosil qiluvchi boshoqchalardan spora barglarini alohida ajratib oling va mikroskop ostida kuzating. Uning tuzilishini o'rganib, rasmini chizib oling. 3. Sporangiy po'stini preparoval nina yordamida yoring, undagi sporalarni buyum oynasiga qo‘yib, mikroskop ostida o'rganing va shaklini c 4. Jadvaldan foydalanib gametofitning tuzilishini o'rganing va rasmini chizib oling. 20 N a z o r a t s a v o U a r i 1. To'g'nagichsimon plaun o'simligi qaysi hududlarda keng tarqalgan? 2. Bu o'simlik poyasining o‘sishida, shaldlanishida, barglarning poyada joylanishida va tuzilishida qanday o'ziga xoslik tomonlari bor? 3. Plaunlarda qaysi nasi ustunlik qiladi? 4. Sporafil tushunchasini izohlab bering? 5. Plaun o‘simligining gametofiti tuproqning qaysi qismlarida rivojlanadi va unda embrionning hosil bolishi uchun necha >41 vaqt sarflanadi? Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling