I tortish tavsiflarini hisoblash va tuzish hamda cheklashlarni hisoblash
Download 103.01 Kb.
|
elektr tortishdan kurs ishi[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tortish va tezlik tavsiflarida cheklovchi liniyalar hisobi
- Ilashish bo‘yicha tortish kuchini cheklashni hisoblash
- 3. Tezlik tavsiflariga cheklovchi liniyalarni o‘rnatish
Tortish tavsiflarini hisoblash
2. Tortish va tezlik tavsiflarida cheklovchi liniyalar hisobi Tortish va tezlik tavsiflarida elektrovozning eng katta tortish kuchini ko‘rsatish zarur. Ushbu kuch yuk elektrovozlari g‘ildiraklarining rels bilan ilashishi holatlarida cheklanadi. O‘zgaruvchan tokdagi elektrovozlarning tortish dvigatellaridagi kuchlanishni bosqichma-bosqich o‘zgartirishda tokning sakrash holatlari paydo bo‘ladi, ya'ni kichik qiymatdan tortish kuchi vujudga keladi, masalan, 1-rasmdagi S nuqtasidan avvalgi pozitsiyadan navbatdagi pozitsiyadagi maksimal qiymatgacha (D nuqtasi). Odatda tezlashishda ular o‘rtasidagi tortish kuchi (Fkss – ilashish bo‘yicha) va toklarning (ID – kommutatsiya bo‘yicha) o‘rtacha qiymatlari olinadi. Eng katta tortish kuchini g‘ildiraklar va relslarning ilashishi bilan cheklashda Fkss, H qiymatlari quyidagi formula orqali topiladi: Fk ss=1000 me gk =1000*192*9.81*0.36=678.067 kN (2) bu erda mE - elektrovoz og‘irligi (massasi), t; mEg - lokomotiv og‘irligi, kN, g = 9,81 m/s2; k - elektrovoz ilashishining hisob koeffitsienti bo‘lib, u quyidagi empirik formula yordamida aniqlanadi: O‘zgaruvchan tokdagi elektrovozlar uchun VL80s: (3) Hisob-kitob ishlari V = 0, 5, 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70 km/s tezliklari uchun bajariladi. Biror pozitsiyada uzoq vaqt ishlash davomida ilashishni yo‘qotmay turib, Fkss liniya chegarasidan tashqariga chiqish va tortish kuchini Fkss.max gacha oshirish mumkin. Hisoblarda bu kabi uzoq vaqt davomida ishlash kuchlanishni boshqarishning eng yuqori bosqichida, ya'ni o‘zgaruvchan tokdagi elektrovozlarning 33-pozitsiyasida tortish kuchini KQ1, KQ2 o‘tishlarida qo‘llash ko‘zda tutiladi (1-rasmga qarang) SHunday qilib, tezlashish paytidagi tortish kuchini hisoblash uchun AV liniyasi, so‘ng MQ tavsifidagi VS kesimi yoki Vp dan V1 gacha tezlikka ega zonadagi PV, V1 tezlikda S nuqtasidan KQ1 tavsifining D nuqtasiga o‘tiladi hamda V1 dan V2 gacha tezliklarda ushbu tavsifning DE kesimi qo‘llanadi, V2 tezlikda E nuqtasidan KQ2 tavsifining G nuqtasiga o‘tiladi. Katta tezliklarda esa o‘zgaruvchan tokdagi KQ2 tavsiflaridan foydalaniladi. Bizning elektrovozlarimiz uchun Fk ss max tortish kuchi KQ ga o‘tish zonasida Fk ss kuchidan o‘rtacha 10% ga ortadi. D, G va N nuqtalarining joylashuvini topishda 50, 60 va 70 km/s tezliklari uchun nafaqat Fk ss qiymati, balki 1,1·Fk ss = Fkss max qiymatlari ham aniqlanadi. KQ1 tavsifiga ega olingan nuqtalar bo‘ylab yotqizilgan liniyani kesib o‘tish D nuqtasini, KQ2 tavsifiga ega nuqtalardan o‘tgan liniyada esa G nuqtasini vujudga keltiradi (V1 va V2 tezliklarda). Hisob natijalari 2-jadvalga kiritiladi. 2-jadval Ilashish bo‘yicha tortish kuchini cheklashni hisoblash
Olingan cheklovchi liniyalar tortish tavsiflariga chiziladi. 3. Tezlik tavsiflariga cheklovchi liniyalarni o‘rnatish G‘ildiraklarning relslar bilan ilashishi yoki tortish dvigatellarining kommutatsiyasi bo‘yicha tezlik tavsiflaridagi cheklovchi liniya MQ tavsiflarida hamda KQ bosqichlarining turli tezlikdagi harakatida ID ruxsat etilgan toklarni ko‘rsatadi. Ilashish bo‘yicha cheklash quyidagi ko‘rinishdagi tortish tavsiflari uchun mo‘ljallangan cheklovchi liniya asosida aniqlanadi. V = 0, 5, 10, 20 va hokazo km/s hamda V, S, D, E, G nuqtalari (1-rasmga qarang) uchun Fk ss tortish kuchi elektrovozning ilashish o‘qlari (tortish dvigatellari) soniga bo‘linadi va Fkd ss tortish kuchi olinadi. So‘ng Fkd(Id) egri chiziqlari bo‘yicha har bir tezlik va rejimning tortish kuchi Fkss ga mos keladigan Id tok aniqlanadi. Natijalar 3-jadvalga kiritilib, 6-rasmda ko‘rsatilgani kabi grafik V(Id) ko‘rinishida ifodalanadi. 3-jadval Tortish dvigatellari toklarini hisoblash
Download 103.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling