I tortish tavsiflarini hisoblash va tuzish hamda cheklashlarni hisoblash


Tortish rejimida poezdning solishtirma tezlashtiruvchi kuchlari (pri


Download 103.01 Kb.
bet4/8
Sana03.05.2023
Hajmi103.01 Kb.
#1423740
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
elektr tortishdan kurs ishi[1]

5. Tortish rejimida poezdning solishtirma tezlashtiruvchi kuchlari (pri i = 0) hisobi va ularni qurish


Poezdning harakatlanish tengligini echish uchun tortish, salt yurish va tormozlash rejimlarida poezdga ta'sir etuvchi solishtirma tezlashtiruvchi va sekinlashtiruvchi kuchlarni bilish zarur. Solishtirma, ya'ni poezd og‘irligining birligiga oid kuchlardan foydalanish poezdning harakatlanish tengligini echishni soddalashtiradi.
Turli vagonlar va to‘liq tarkibning to‘g‘ri chiziqli gorizontal yo‘l bo‘ylab harakatlanishining turli tezliklarida ularning solishtirma asosiy qarshiligini hisoblash keltirilgan. Ushbu hisob ishlari mazkur uslubiy ko‘rsatmalarning (6), (7), (8) va (9) formulalari yordamida quyidagi tezliklar uchun bajariladi: V = 0 dan Vp gacha – har 10 km/s dan so‘ng, Vp dan Vmax gacha – har 5 km/s dan so‘ng, shuningdek V0 tezligi hamda KQ tavsiflariga o‘tishdagi tezliklar (1-rasmdagi V, S, D , E, G, M, N nuqtalariga qarang) uchun bajariladi.
Hisoblarda V = 0 ÷ 10 km/s bo‘lganda, tarkib va elektrovoz harakatlanishiga nisbatan qarshilik o‘zgarmas qiymat sifatida qabul qilinib, V = 10 km/s da hisoblangan qarshilikka teng bo‘ladi.
Poezdning to‘g‘ri chiziqli gorizontal yo‘l bo‘ylab tortish rejimida harakatlanishida solishtirma tezlashtiruvchi kuchlar fu solishtirma tortish kuchi hamda harakatlanishga nisbatan asosiy qarshilikning solishtirma kuchi w0 o‘rtasidagi ayirma sifatida quyidagi formula yordamida aniqlanadi


(12)


bu erda w0 poezd harakatlanishiga nisbatan asosiy solishtirma qarshilik bo‘lib, quyidagi formula yordamida topiladi:


(13)


V = 0 va V = 10 km/s bo‘lganda, tortish kuchlari bir xil emasligini (harakatlanish qarshiligi kuchlari teng bo‘lsada) yodda tutish zarur, shundan kelib chiqib, ushbu tezliklarda tezlashtiruvchi kuchlar har xil bo‘ladi. Fk tortish kuchlari o‘zgaruvchan tokdagi elektrovozlarning cheklovchi liniyalar bo‘ylab hamda 33-pozitsiyada (MQ, KQ1, KQ3) tezlashishida tortish tavsiflaridan olinadi.
Poezd harakatlanishiga nisbatan solishtirma qarshilik w0 ni hamda poezdning solishtirma tezlashtiruvchi kuchi fy ni bir qancha tezliklar uchun hisoblash zarurligi bois dasturlovchi hisoblash mashinalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Hisob natijalari 4-jadvalga kiritiladi.


4-jadval
Poezdning solishtirma tezlashtiruvchi kuchlari ms = ……,t

Ish tartibi

V, km/s

w0, N/kN

Fk, N

fy, N/kN



Razgon



0
10
.
.
.
Vp














NV





V1
V2
.
.
.
100








OV1


va h.k.



V2
.
.
.
100












4-jadvalga ko‘ra solishtirma tezlashtiruvchi kuchlar diagrammasi fy(V) salt yurish va xizmat tormozlanishdagi solishtirma sekinlashtiruvchi kuchlar bilan birgalikda bitta grafikda tuziladi (2-rasmga qarang).
Grafiklarni qurish uchun ikki xil masshtab (5-jadval) tavsiya etiladi..



5-jadval
Tortish hisoblarini bajarish uchun tavsiya qilinadigan masshtablar



Kattaliklar

Tortish hisoblari uchun

Tormoz masalalari uchun

1

2

1

2

Kuchlar:
1 N/kN - mm
Tezliklar:
1km/s - mm
Yo‘l:
1 km - mm
Doimiy qiymat:
, mm
Vaqt:
1 daq - mm



12


2


40
30


10



6


1


20
30


10



2


2


240
-


-





1


1


120
-


-





6. Salt yurish va tormozlash rejimlarida poezdning solishtirma sekinlashtiruvchi kuchlari hisobi va ularni qurish


Salt yurishda solishtirma sekinlashtiruvchi kuchlar quyidagi formula orqali topiladi, N/kN
(14)


bu erda wx toksiz elektrovoz harakatlanishiga nisbatan solishtirma asosiy qarshilik bo‘lib, u quyidagi formula yordamida aniqlanadi


wx = 2,4 + 0,011·V+ 0,00035·V2 (15)


Hisoblar 0, 10, 20, 30 va h.k. km/s tezliklari uchun bajarilib (har 10 km/s), bunda 0 dan 10 km/s tezlik amal qiladigan zonada lokomotiv va tarkib harakatlanishiga nisbatan qarshilik o‘zgarmas hamda V = 10 km/s bo‘lgandagi qarshilikka teng deb qabul qilinadi.
Tezkor tormozlashdagi (havo tormozlari yordamida) solishtirma tormoz kuchlari keltirilgan formula orqali topiladi:


bT = 1000Jkr, (16)

bu erda Jkr – kolodkaning bandajga ishqalanish hisobiy koeffitsienti bo‘lib, quyidagi formula orqali aniqlanadi (cho‘yanli standart kolodkalar uchun):


(17)


- hisobiy tormoz koeffitsienti.


PTR ga muvofiq yuk poezdlarining 20% gacha bo‘lgan tushish nishabliklarida elektrovozning tormoz kuchi va uning og‘irligi hisoblarda qabul qilinmaydi. SHu bois yuk poezdi uchun quyidagi hisob bajariladi:


(18)


Hisobiy bosishlar yig‘indisi kolodkalarning 69 kN ga teng har bir g‘ildirak juftligiga hisobiy bosilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Tarkibdagi o‘qlar soni nosey tarkib og‘irligi, turli vagonlarning berilgan og‘irligi hamda ularning foizli nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Tarkibdagi o‘qlar soni



Bizning misolda


(19)


Olingan kattalik eng yaqin katta juft songacha yaxlitlanadi.
Tezkor tormozlashdagi solishtirma sekinlashtiruvchi kuch fze = bT + w0x ga teng. Tezkor tormozlash istisnoli holatlarda baxtsiz hodisa va to‘qnashuvlarning oldini olishda, masalan, yo‘lda birdan to‘siq paydo bo‘lganda qo‘llanadi.
Stansiyalar oldi va qiyaliklarda tormozlashda tortish hisoblarida xizmat tormozlanishdan foydalaniladi, bunda hisoblar uchun 0,5·bT ga teng tormozlash kuchi va mos holda sekinlashtiruvchi kuch f3e=0,5bT + w0x olinadi.
Mazkur kurs ishida tezkor va xizmat tormozlash holatidagi sekinlashtiruvchi kuchni har 10 km/s oraliq bilan V = 0 dan V = 100 km/s gacha bo‘lgan tezliklar uchun hisoblash mumkin.
Hisob natijalari 6-jadvalga kiritiladi.
6-jadvaldagi ma'lumotlar asosida tanlangan masshtablarda (5-jadvalga qarang) tezlashtiruvchi va sekinlashtiruvchi kuchlar grafigida egri chiziqlar 0,5bT + w0x = f(V) quriladi (2-rasmga qarang). Tezlashtiruvchi va sekinlashtiruvchi kuchlarning qurilgan diagrammalari poezdning istalgan tezlikda to‘g‘ri chiziqli yo‘lidagi turli rejimlarida, ya'ni tortishda, salt yurishda va xizmat tormozlashda unga ta'sir etuvchi solishtirma kuchlarni ifodalaydi.
6-jadval
Salt yurish va tormozlashda solishtirma sekinlashtiruvchi kuchlar



V,
km/s

w0x,
N/kN

bT,
N/kN

0,5 bT,
N/nN

f3e = bT + w0x,
N/kN

f3e =0,5 bT + w0x
N/kN

0






10






20






va h.k.






III. TORMOZ MASALASINI ECHISH VA HARAKATLANISH EGRI CHIZIQLARINI QURISH


7. Tormoz masalasini echish


Ushbu kurs ishida poezdlar harakat xavfsizligi shartlari bo‘yicha turli qiyaliklarda ruxsat etilgan harakatlanish tezligini aniqlash uchun tormoz masalasi echiladi. Bundan avvalgi amalda hisoblab topilgan tezkor tormozlashdagi sekinlashtiruvchi kuchlar ta'sirida poezd istalgan qiyalikda berilgan tormoz yo‘li chegarasida to‘xtatilishi lozim.
Poezdning tormoz yo‘li tayyorlov Sn va amaldagi Sd tormoz yo‘llaridan tashkil topgan.
Kurs ishida amaldagi tormoz yo‘li, poezdning i = 0, i = - 6 i = - 12uchun 0,5 bT + w0x = f(V) egrisi bo‘ylab tezkor tormozlanishi holatida grafik usul yordamida aniqlanadi. Tormozlashning dastlabki tezligi noma'lum bo‘lgani bois V=0 dan boshlab, tormoz masalalarini echish uchun mo‘ljallangan 5-jadvalda keltirilgan masshtablarga amal qilgan holda grafiklar quriladi.
Poezdning tormoz kuchi mashinist tomonidan kran dastagini tormoz holatiga buraganidan so‘ng darhol vujudga kelmaydi. Poezdning tormoz magistrali bo‘ylab havo to‘lqinining tarqalishi, havo taqsimlagichlarning ishga tushishi, tormoz dastakli uzatmaning hamda tormoz kolodkalarining bandajlar tomonga harakatlanishi, shuningdek kolodkalarni belgilangan kattalikkacha bosishni ko‘paytirish uchun vaqt talab etiladi. Bunda poezd oldi qismidagi vagonlarning tormozi orqa tomondagi vagonlar tormoziga nisbatan tezroq ishga tushadi. Hisob-kitoblarni soddalashtirish uchun muayyan vaqt tP ichida tormozlarning tayyorgarlik davrida poezd salt yurishda harakatlanadi, so‘ngra uning barcha tormozlari yoqilib, tormozlanish boshlanadi.
Tormozlarning tayyorgarlik davrida poezd o‘rtacha harakatlanish tezligi va tayyorgarlik vaqtiga bog‘liq bo‘lgan muayyan yo‘lni bosib o‘tadi. Tormozlarning tayyorlanishi davri mobaynida poezdning tikkalik yoki gorizontal yo‘l bo‘ylab harakatlanishida uning tezligi pasayadi hamda tik qiyalikdan tushishda – ortadi. Hisob-kitoblarda ushbu tezlik shartli ravishda tormozlanishning boshidagi tezlikka teng doimiy qiymat sifatida qabul qilinib, uning o‘zgarishi tushish qiyaliklarida tormozlashga tayyorgarlik vaqtining ortishi hamda ko‘tarilish qiyaliklarida ushbu vaqtning kamayishi bilan kompensatsiyalanadi.
SHundan kelib chiqib, tayyorgarlik (tormozoldi) yo‘li V = VN = const da quyidagi formula yordamida aniqlanadi


(20)


bu erda VN tormozlashning boshidagi istalgan tanlangan km/s lardagi tezlik (odatda u elektrovozning maksimal tezligiga teng deb qabul qilinadi);
tN – soniyalarda hisoblanadigan tayyorgarlik vaqti bo‘lib, empirik formulalar orqali topiladi:


200 va undan kam o‘qli tarkib uchun
(21)


200 dan ortiq o‘qli tarkib uchun (300 o‘qqacha)


(22)


300 dan ortiq o‘qli tarkib uchun


(23)


Bu erda , va boshqa kattaliklar poezdning tormozoldi yo‘li chegarasida harakatlanish tezligining o‘zgarishini kompensatsiyalash uchun formulalarga kiritilgan. Ularda:
i da ifodalanadigan nishablik kattaligi bo‘lib, uning uchun SP hisoblanadi (ushbu kattalik tushish qiyaliklari uchun manfiylik (minus) belgisi bilan ifodalanadi);
- hisobiy tormoz koeffitsienti (bundan avval bajarilgan amallarda hisoblangan);
Jkr - kolodkaning bandajga ishqalanishi hisob koeffitsienti bo‘lib, tanlangan tezlik Vn bo‘yicha aniqlanadi.
(21), (22) yoki (23) va (20) formulalar bo‘yicha i ning uchta qiymati (i = 0, i = -6 i i= -12.) uchun SP aniqlanadi. Qiymatlar V(S) grafikka kiritilib, ular orqali hamda V =0, SP = 0 nuqtalari orqali V(SP) to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi.
i ning har bir qiymati uchun to‘g‘ri V(SP) va egri V(Sd) chiziqlarni kesib o‘tish ushbu nishablikda zaruriy ruxsat etilgan tezlik Vdop ni ifodalaydi. Olingan uchta nuqta bo‘yicha (i = 0, i= - 6 va i= - 12 da) sekinlashtiruvchi kuchlar diagrammasida (yoki alohida grafikda) egri chiziq Vdop (i,‰) quriladi.



Download 103.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling