I tortish tavsiflarini hisoblash va tuzish hamda cheklashlarni hisoblash
Download 103.01 Kb.
|
elektr tortishdan kurs ishi[1]
12. To‘xtovsiz harakatlanishda tortish dvigatellari chulg‘amlari haroratining tashqi havo haroratidan ortib ketishini aniqlash
Tortish dvigatelining quvvati undagi chulg‘amlarning qizishi bilan cheklanadi. Tok yoki tortish tavsiflarida tortish dvigatellarining quvvati bo‘yicha cheklovlarni o‘rnatish mumkin emas, boisi qizish harorati nafaqat kuchlanishdan, chulg‘amlarning issiqlik parametrlari va ventilyasiya sharoitlaridan, balki dvigatelning ushbu kuchlanishlarda ishlash vaqtiga ham bog‘liq. Ushbu vaqtni poezd harakati tengligini echgandan so‘ng bilib olish mumkin. Tortish dvigatellari katta toklarda uzoq vaqt ishlashi chulg‘amlarning haddan ziyod yuqori haroratdagi qizishiga olib kelishi mumkin, bu esa izolyasiyaning muddatdan oldin eskirishi va uning buzilishini keltirib chiqaradi. Bu holatning oldini olish uchun tortish dvigatellari toklarini va ular bilan ishlash vaqtini aniqlagandan so‘ng dvigatellarning haroratini ruxsat etilgan qiymatlardan ortib ketmasligini tekshirish lozim. Hisob-kitob ishlari analitik usul yordamida bajariladi. Hisob quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi (32) bu erda - dvigatelning berilgan o‘rtacha tok Idsr da ishlashida undagi haroratning tashqi havo haroratidan barqaror ortishi, °S; Δt - tok Idsr oqib o‘tadigan vaqt, daq.; T – vaqtning issiqlik doimiysi, daq.; - har bir vaqt oralig‘ida tortish dvigateli haroratining dastlabki ortishi. Kurs ishida dastlabki hisob uchun = 50 oS, keyingi hisoblarda uchun avvalgi hisobdagi sifatida qabul qilinadi. Ushbu formula (32) yaqin qiymatlardagi (yaqiniy) formula bo‘lgani bois ≤ 0,1 tengsizligiga amal qilish lozim, bunda xatolik ruxsat etilgan kattalikdan ortmaydi. Ushbu shart bajarilmagan holatda vaqt intervali ikki yoki bir qancha qismlarga ajratiladi. Hisob natijalari 11-jadvalga kiritiladi. Jadvalning dastlabki 5 ta grafasiga poezd harakatlanish grafigi va toklar egrisi kiritiladi, har bir Idsr tok uchun qiymati grafiklardan olinadi. Qolgan grafalarga hisob natijalari kiritiladi. Id = 0 da tortish dvigatelining sovishi va ning kamayishini e'tiborga olish lozim. 11-jadval Tortish dvigatellari haroratining oshishini hisoblash, T =…. daq.
ning tanlangan qiymatlaridan eng katta qiymat naib tanlanadi. YOz mavsumida havoning hisobiy harorati +25°S bo‘lganda, ushbu qiymat yakor chulg‘amining V toifasidagi izolyasiyaga ega NB-418K, NB-412K, NB-406 tortish dvigatellari uchun ruxsat etilgan 120oS haroratdan ortmasligi zarur. Agar hisob yakunida naib qiymati ruxsat etilgan haroratdan ortganligi aniqlansa, uni kamaytirish uchun qanday choralar ko‘rilishini qayd etishi lozim. Download 103.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling