I tortish tavsiflarini hisoblash va tuzish hamda cheklashlarni hisoblash


II. TARKIB OG‘IRLIGI, SOLISHTIRMA TEZLASHTIRUVCHI VA SEKINLATUVCHI KUCHLARNI HISOBLASH


Download 103.01 Kb.
bet3/8
Sana03.05.2023
Hajmi103.01 Kb.
#1423740
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
elektr tortishdan kurs ishi[1]

II. TARKIB OG‘IRLIGI, SOLISHTIRMA TEZLASHTIRUVCHI VA SEKINLATUVCHI KUCHLARNI HISOBLASH


4. Hisobiy ko‘tarilish joyini tanlash va tarkib og‘irligini hisoblash
Hisobiy ko‘tarilish joyi deganda, tanlangan yo‘nalishda harakatlanish murakkab bo‘lgan ko‘tarilish joyi tushuniladi, bunda lokomotiv hisobiy harakatlanish tezligida hisobiy tortish kuchini rivojlantiradi.
Katta uzunlikdagi eng yuqori tik ko‘tarilish joyi hisobiy qiymat sifatida qabul qilinadi. Agar eng yuqori tik ko‘tarilish joyi kichik uzunlikka ega bo‘lsa va poezdning katta tezligida ushbu ko‘tarilish joyi yonidagi engil yo‘l profili elementlariga yaqinlashish imkoni bo‘lsa, bunday ko‘tarilish joyi hisobiy bo‘la olmaydi, boisi poezd avval zaxira sifatida yig‘ib olgan kinetik energiya hisobiga bu yo‘ldan o‘tgan bo‘ladi. Mazkur holatda hisobiy qiymat sifatida tikkaligi bo‘yicha eng kichik, ammo davomiyligi bo‘yicha kattaroq qo‘tarilish joyi qabul qilinadi.
Yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlanish tannarxini kamaytirish hamda uchastkaning tashish qobiliyatini oshirish uchun tarkib imkon qadar katta og‘irlikka ega bo‘lishi zarur. Buning uchun esa elektrovoz hisobiy Fkr, ya'ni ruxsat etilgan eng katta tortish kuchidan foydalanishi zarur. Elektrovozning bunday tortish kuchidagi tezligi hisobiy tezlik Vr deb nomlanadi. Tortish kuchi va tezligining ushbu hisobiy qiymatlari odatda, o‘zgaruvchan tokdagi elektrovozlarning cheklovchi liniya Fk ss, ya'ni 1-rasmdagi V nuqtasini kesib o‘tishida kuchlanishni boshqarishning yuqori bosqichlaridan biridagi me'yoriy qo‘zg‘alish tavsifida olinadi ( kurs ishida 33-pozitsiyadagi MQ tavsifini oladi).
Hisobiy ko‘tarilish joyi ir da belgilangan harakatlanish tezligi Vr da tarkib og‘irligi mc quyidagi formula orqali aniqlanadi:


(4)
bu erda Fkr - elektrovozning hisobiy tortish kuchi, N;
ir - hisobiy ko‘tarilish joyi, ',
w0' - tok ostidagi elektrovoz harakatlanishiga nisbatan solishtirma asosiy qarshilik bo‘lib, quyidagi formula orqali aniqlanadi, N/kN,


w0' = 1,9+ 0,01V + 0,0003V2, (5)


w0'' – tarkib harakatlanishiga nisbatan solishtirma asosiy qarshilik bo‘lib, quyidagi formula yordamida turli tipdagi vagonlarning belgilangan foizli nisbatida hisoblanadi


(6)


bu erda R8,, R4R va R4S - mos ravishda tarkibning rolikli podshipniklaridagi sakkiz o‘qli, to‘rt o‘qli vagonlar hamda sirg‘aluvchi podshipniklaridagi to‘rt o‘qli vagonlar ;
w''08, w''04R, w''04C mos ravishda rolikli podshipniklaridagi sakkiz o‘qli, to‘rt o‘qli hamda sirg‘aluvchi podshipniklaridagi to‘rt o‘qli yuklangan vagonlar harakatlanishiga nisbatan solishtirma asosiy qarshilik, N/kN. Ushbu qarshilik Vr bo‘lganda, quyidagi formulalar yordamida topiladi
(7)


bu erda mv08sakkiz o‘qli vagonning bir o‘qiga to‘g‘ri keladigan massa, t, u vagonning brutto o‘rtacha og‘irligidan olinadi;


(8)
bu erda tv06 - rolikli podshipniklarga ega to‘rt o‘qli vagonning bir o‘qiga to‘g‘ri keladigan massa, t;


(9)
bu erda tv04 - sirg‘aluvchi podshipniklarga ega to‘rt o‘qli vagonning bir o‘qiga to‘g‘ri keladigan massa, t.
Tarkibning hisoblangan og‘irligini poezdning kinetik energiyasini hisobga olgan holda eng tik, ammo qisqa uzunlikdagi ko‘tarilish joyida harakatlana olish imkonini tekshirib ko‘rish lozim. Har bir topshiriqda bu kabi ko‘tarilish joyi yonida engil profildagi elementlar joylashgani bois poezdning ushbu ko‘tarilish joyiga kelish tezligini 60 km/s dan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichini qabul qilamiz.
60 km/s Vp tezlik zonasida hisobiy tortish tavsifi (K yoki K1 nuqtasigacha), so‘ngra cheklovchi liniya Fkss (KV yoki K1B kesimida) yoki Fkp dan foydalanishga to‘g‘ri kelgani bois ushbu tezliklarning har bir diapazoni uchun hisob-kitob ishlari bajariladi. Spr yo‘l, m, har bir diapazonda quyidagi formula yordamida aniqlanadi


(10)


bu erda Vk – birinchi hisob uchun hisobiy tavsif va cheklovchi liniyaning kesishuv nuqtasi, ikkinchi hisob uchun - Vr ;
Vn – birinchi hisob uchun 60 km/s ga teng, ikkinchi hisob uchun esa birinchi hisobdan olingan Vk ga teng;
(fk wk) – solishtirma kuch bo‘lib, o‘rtacha tezlik holatida sinalayotgan ko‘tarilish joyining tikkaligini ipr hisobga olgan holda tezlik intervallarining har biri uchun hisoblanadigan solishtirma kuch.


(11)


bu erda t = me + mc - poezd og‘irligi (massasi);
w0' va w0' - o‘rtacha tezlikda (5), (6) formulalar yordamida hisoblanadi.
Hisoblash natijasida aniqlangan tezlikning ikkala intervallaridagi yo‘llar qo‘shiladi (Spr) hamda element uzunligi bilan taqqoslangandan so‘ng tikkaligi nisbatan kattaroq bo‘lgan elementdan o‘ta olish imkoni to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Agar yo‘l Spr element uzunligidan katta yoki unga teng (Spr Sel) bo‘lsa, poezd katta tikkalikka ega ko‘tarilish joyini bosib o‘tadi, aksincha kichik (Spr < Sel) bo‘lsa, m og‘irligiga teng poezd ushbu elementdan o‘ta olmaydi. Bunday holatda poezd massasini 100 t ga kamaytirib, (10) formula bo‘yicha qayta hisoblash zarur. Agar bu poezd ham uchastkadan o‘ta olmasa, uning massasini yana kamaytirib, yangi hisob-kitob ishlarini bajarish talab etiladi.
Odatda tarkib og‘irligi hisoblangandan so‘ng poezdning joyidan va stansiyaning qabul qilish-jo‘natish yo‘llari uzunligi bo‘ylab qo‘zg‘alishi tekshiriladi.



Download 103.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling