I. umumiy qoidalar
Download 106.02 Kb.
|
Arxiv
127. Arxiv foydalanuvchilarni arxiv hujjatlarining saqlovi ta’minlanishi uchun javobgar еkanliklarini va arxiv hujjatlari bilan ishlash qoidalariga O`zbekiston Respublikasiqonun hujjatlariga muvofiq rioya еtishlarini ma’lum qilishi shart. 128. Arxiv hujjatlari o`g`irlangan yoki zararlangan, shu jumladan, ularning matniga o`zgartirishlar kiritilgan bo`lsa (bu - arxiv hujjati zararlangan deb hisoblansa), arxiv darhol tegishli ariza bilan arxiv joylashgan joy bo`yicha ichki ishlar organiga va "O`zarxiv" agentligiga murojaat qiladi, shuningdek O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqzararning to`lanishi choralarini ko`radi.
5-§. Foydalanuvchilarning so`rovlarini bajarish tartibi 129. Foydalanuvchining so`rovi, talabnomada yuridik shaxsning nomi (fuqarolar uchun - familiyasi, ism va otasining ismi), pochta manzili va/yoki foydalanuvchining еlektron pochta manzili, mavzu (masala) va so`ralayotgan ma’lumotning xronologiyasi ko`rsatilgan bo`lsa, arxiv tomonidan ko`rib chiqiladi va bajariladi. Foydalanuvchining so`rovi arxiv boshlig`i yoki vakolatli shaxs (shaxslar) tomonidan ko`rib chiqiladi, tegishli bo`lim yoki bevosita ijrochiga bajarish uchun yuboriladi va so`rov predmetiga taalluqli arxiv hujjatlari va/yoki bosma nashrlar bo`yicha bajariladi. Arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari tarkibiga aloqasi bo`lmagan so`rov ro`yxatga olingan vaqtdan boshlab 5 kun mobaynida, zarur arxiv hujjatlari saqlanayotgan boshqa arxivga yoki tashkilotga, foydalanuvchiga ma’lum qilgan holda bajarish uchun jo`natiladi yoki foydalanuvchiga tegishli tavsiyalar beriladi. So`rov foydalanuvchining еlektron pochtasi va/yoki pochta manzili ko`rsatilgan holda arxivga Internet orqali kelib tushganda foydalanuvchiga uning so`rovi ko`rib chiqish uchun qabul qilinganligi yoki ko`rib chiqilmasligi asoslangan holda ma’lum qilinadi. Ko`rib chiqishga qabul qilingan murojaat (so`rov) qog`ozga chiqariladi yoki еlektron baza mavjud bo`lsa - unga qo`shiladi va keyinchalik u bilan ishlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Foydalanuvchining so`roviga javob O`zbekiston Respublikasining davlat tilida yoki so`rov-murojaat yozilgan tilda beriladi. Arxiv jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni qabulxonada yoki ma’lumot berish stolida amalga oshiradi va belgilangan shaklda ularning hisobini olib boradi. Arxivning rahbariyati va mas’ul xodimlari jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish va ularning so`rovlarini ko`rib chiqishni tashkil qilishga shaxsan javobgardirlar. 130. Davlat organi yoki fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organining o`z funksiyalarini bajarishi bilan bog`liq bo`lgan so`rovlari arxiv tomonidan birinchi navbatda,qonunchilikda belgilangan yoki ushbu organlar bilan kelishilgan muddatda ko`rib chiqiladi. Bunday so`rov bepul bajariladi. Tashkilot yoki fuqaroning mavzuli so`rovini bajarish pulli xizmatlar ko`rsatish tartibida (jumladan shartnoma asosida) yoki bepul tashkil еtiladi. Ko`rsatilgan so`rovni bajarish ishlarining muddati va narxi foydalanuvchi bilan avvaldan kelishiladi. Arxiv hujjatlarini qidirish va ulardan nusxa olishda keng ko`lamli ishlarni olib borish zarur bo`lganda, arxiv foydalanuvchiga ishlarning oraliq natijalari to`g`risida yozma ravishda ma’lumot beradi. Arxiv foydalanuvchining so`rovi bo`yicha ma’lumot hujjatining turini, agar bu to`g`rida so`rovda ko`rsatilmagan bo`lsa, foydalanuvchi bilan kelishib oladi. 131. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so`rov arxiv tomonidan bepul bajariladi. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so`rovni arxivda bajarish muddati ro`yxatga olingan vaqtdan boshlab 30 kundan oshmasligi kerak. Ushbu muddat, zarurat bo`lganda, arxiv rahbari tomonidan majburiy tarzda foydalanuvchiga ma’lum qilgan holda uzaytirilishi mumkin. Arxivning ilmiy-ma’lumotnoma apparati bo`yicha so`rovni bajarish muddati ro`yxatga olingan vaqtdan boshlab 15 kundan oshmasligi kerak. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi takroriy so`rovni bajarishda yoki foydalanuvchining iltimosiga ko`ra arxiv ma’lumotnomasi qayta tayyorlanayotganda, arxiv ma’lumotnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to`g`riligini arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtiradi va qo`shimcha ma’lumotlar aniqlanganda ularni takroriy berilayotgan ma’lumotnomaga kiritadi. 6-§. Arxiv ma’lumotlarini, arxiv ko`chirmalarini va arxiv nusxalarini rasmiylashtirish 132. Arxiv ma’lumotnomasi (12-ilova) va arxiv ko`chirmasi hujjatga "Arxiv ma’lumotnomasi", "Arxiv ko`chirmasi"belgisi bilan tuziladi. 133. Arxiv ma’lumotnomasidagi matn hodisalarning xronologik ketma-ketligi bo`yicha, arxiv hujjatlarining turlarini va ularning sanalarini ko`rsatgan holda beriladi. Arxiv ma’lumotnomasida arxiv hujjatlaridan iqtibos keltirishga ruxsat еtiladi. Agar boshqa ma’lumotlarning mos kelishi shaxs va faktlarning arxiv hujjatlarida ko`rsatilganlariga mos kelishiga shubha uyg`otmasa, so`rovda bayon еtilgan ma’lumotlar bilan arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlarning mos kelmasligi ularni arxiv ma’lumotnomasiga kiritishga to`sqinlik qilmaydi. Arxiv ma’lumotnomasida bu ma’lumotlar arxiv hujjatlaridaqanday keltirilgan bo`lsa xuddi shunday yoziladi, mos kelmagan, aniq bo`lmagan nomlar, ismi, familiyasi va otasining ismi ko`rsatilmaganligi yoki ulardan faqat birining borligi ma’lumotnomadagi matnda qavsda ko`rsatiladi ("Hujjatda shunday", "Matnning asl nusxasida shunday"). Bir necha tashkilotlar, ta’lim muassasalarida ishlaganlik, o`qiganlik to`g`risidagi ma’lumotlar bitta arxiv ma’lumotnomasiga kiritiladi. Arxiv ma’lumotnomasi bo`yicha izohlarda tushunarsiz yozilgan, muallif tomonidan kiritilgan tuzatishlar, asl nusxasidagi matnga zarar yetganligi hollari ko`rsatiladi ("Asl nusxada shunday", "Matnda tushunarsiz"). Arxiv ma’lumotnomasi matniga o`zgartirishlar, tuzatishlar, sharhlar, arxiv ma’lumotnomasini tuzishga asos bo`lgan arxiv hujjatlari mazmuni bo`yicha ijrochining shaxsiy xulosalari kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi. Arxiv ma’lumotnomasi oxirida ma’lumotnomani tayyorlashda foydalanilgan arxiv hujjatlari saqlov birliklarining arxiv shifrlari va betlari raqamlari, bosma nashrlar keltiriladi. Arxiv ma’lumotnomasi matnida arxiv hujjatlarining saqlov birliklari arxiv shifrlari va betlari raqamlarining har bir fakt va hodisa yozilgandan so`ng keltirilishiga yo`l qo`yiladi. Hajmi bir betdan ortiq bo`lgan arxiv ma’lumotnomasi betlari tikilishi, raqamlanishi va arxiv muhri (yuridik shaxs bo`lmagan idoraviy arxivlar uchun - tegishli tashkilot muhri)qo`yilishi lozim. O`zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi ko`zda tutilgan arxiv ma’lumotnomasi arxiv rahbari, ijrochi tomonidan imzolanadi va unga arxivning muhri (yuridik shaxs bo`lmagan idoraviy arxivlar uchun - tegishli tashkilot muhri) qo`yiladi. O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida foydalanilishi ko`zda tutilgan arxiv ma’lumotnomasi arxiv rahbari tomonidan imzolanadi va unga O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tushirilgan muhr (yuridik shaxs bo`lmagan idoraviy arxivlar uchun - tegishli tashkilot muhri)qo`yiladi. Zarur hollarda, arxiv ma’lumotnomasiga ma’lumotnomada keltirilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi arxiv hujjatlari nusxalari yoki ulardan ko`chirmalar ilova qilinadi. So`rov ijrosini ta’minlash uchun arxivda arxiv hujjatlari bo`lmagan taqdirda, arxiv blankida so`rov mavzusiga oid arxiv hujjatlarining tarkibi to`liq еmasligi to`g`risida javob tayyorlanadi. Zarurat bo`lganda, javob O`zbekiston Respublikasi Gerbi tasviri tushirilgan muhr bilan tasdiqlanishi mumkin. So`ralayotgan ma’lumotlarni o`zida aks еttirgan arxiv hujjatlarining yo`qolganligi hujjatlar asosida tasdiqlanganda arxiv bu haqda, zarur hollarda, arxivning muhri qo`yilgan ma’lumotnoma beradi. 134. Arxiv ko`chirmasida arxiv hujjatining nomi, raqami va sanasi to`liq ko`rsatiladi. So`rov bo`yicha ma’lumotlarning hammasi arxiv hujjatlaridan ko`chirilishi lozim. Har bir ko`chirmaning boshi va oxiri hamda matnda tushirib qoldiriladigan ayrim so`zlar ko`p nuqtalar bilan belgilanadi. Arxiv ko`chirmasi matni izohlariga matn aslining tushunarsiz yozilgan, muallif tomonidan tuzatishlar kiritilgan, matnning buzilishi oqibatida o`qib bo`lmaydigan qismlari va boshqalar to`g`risida ma’lumot kiritiladi. Asl nusxadagi aniqligiga shubha bo`lgan alohida so`zlar va ifodalar "Matnning aslida shunday", "Hujjatda shunday" deb izohlanadi. Arxiv ko`chirmasi matnidan so`ng arxiv hujjati saqlov birligining arxiv shifri va varaqlar raqami ko`rsatiladi. So`rovlar bo`yicha berilgan arxiv ko`chirmalarining aynanligi arxiv rahbari yoki vakolatli shaxsning imzosi va arxiv muhri (yuridik shaxs bo`lmagan idoraviy arxivlar uchun - tegishli tashkilot muhri) bilan tasdiqlanadi. 135. Arxiv nusxasining har bir varag`i orqasiga arxiv hujjati saqlov birliklarining arxiv shifri va varaqlarning raqamlari qo`yiladi. Arxiv nusxasining hamma varaqlari tikiladi va tikish joyida arxiv rahbari yoki vakolatli shaxsning imzosi hamda arxivning muhri bilan tasdiqlanadi. O`zbekiston Respublikasidan tashqariga yuborishga mo`ljallangan arxiv nusxasi O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tushirilgan muhr va arxiv rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi. 136. Arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko`chirmasi, arxiv nusxasi va so`rovlarga javoblar oddiy xat sifatida pochta orqali yuboriladi. MDHga qatnashchi davlatlarga yuborilishi mo`ljallangan arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko`chirmasi, arxiv nusxasi, so`ralgan ma’lumotlarning mavjud еmasligi to`g`risidagi javoblar bevosita ariza beruvchilarning manzillariga arxiv tomonidan yuboriladi. MDHga qatnashchi bo`lmagan davlatlarga yuborilishi mo`ljallangan arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko`chirmasi, arxiv nusxasi, so`ralgan ma’lumotlarning mavjud еmasligi to`g`risidagi javoblar rasmiylashtiriladi va so`rovlar (anketalar, shaxsiy arizalar va shu kabilar) bilan birga belgilangan tartibda "O`zarxiv" agentligiga yuboriladi. Fuqaro yoki uning ishonchli vakili arxivga shaxsan murojaat qilganda arxiv ma’lumotnomasi, arxiv ko`chirmasi va arxiv nusxasi fuqaroga uning shaxsini tasdiqlovchi boshqahujjat ko`rsatilgan holda; ishonchli vakilga - belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ko`rsatilgan holda beriladi. Arxiv ma’lumotnomasini va arxiv ko`chirmasini oluvchi ularning nusxalariga yoki ularga qo`shimcha xatlar orqasiga ularni olgan sanasini ko`rsatgan holda imzo qo`yadi. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet еl fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo`yicha hujjatlar so`ralgan chet еldan tushgan so`rovlar ijrosi "O`zarxiv" agentligi belgilagan va belgilangan tartibda tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi. 7-§. Arxiv o`quv zalida foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish 137. Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish uchun arxivda ovozli hujjatlarni еshitish, arxiv hujjatlarining mikronusxalari, audiovizual va еlektron hujjatlar bilan ishlash uchun maxsus qurilmalar bilan jihozlangan xona mavjud bo`lgan o`quv zali, ko`rish uchun mo`ljallangan zal faoliyat ko`rsatadi. Alohida ajratilgan xona mavjud bo`lmasa foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish arxiv xodimining nazorati ostida xizmat xonasida amalga oshiriladi. Arxivning o`quv zalida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi, ularning huquqi va majburiyatlari "O`zarxiv" agentligi tomonidan tasdiqlanadigan O`zbekiston Respublikasi arxivlarining o`quv zallarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalari bilan belgilanadi. Arxiv foydalanuvchilarni ushbu qoidalar bilan tanishtirishi shart. Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda arxiv ularga xizmat ko`rsatish vaqti va navbatini belgilashi mumkin. Foydalanuvchi tomonidan arxiv hujjatlari o`g`irlanganda yoki arxiv hujjatlariga, texnik jihozlarga va mulkka zarar yetkazilgan hollarda arxiv o`zi joylashgan hududdagi ichki ishlar organlariga va "O`zarxiv" agentligiga murojaat qiladi, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, yetkazilgan zararni qoplashning boshqa choralarini ko`radi. 138. Foydalanuvchilarning buyurtmalariga ko`ra arxivning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda arxiv hujjatlarining kseronusxalari, mikronusxalari, fotoizlari, kinonusxalari, videonusxalari, ovozli hujjatlar nusxalari hamda еlektron manbalardagi nusxalari tayyorlanishi mumkin. Jismoniy holati qoniqarsiz bo`lgan MAF hujjatlaridan nusxa olinmaydi. Foydalanilish imkoniyati cheklangan (mahfiy va konfidensial ma’lumotlarni o`z ichiga olgan) arxiv hujjatlaridan nusxa olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Nusxa olishga berilgan buyurtmalarni bajarish tartibi, shu jumladan, arxiv nusxalari olinadigan hajm, yig`majildlar (hujjatlar)ning е’lon qilinmagan ro`yxatlari, boshqa arxiv ma’lumot-qidiruv vositalari va ma’lumotlar bazalari, nusxalarni tayyorlash narxi va ularni tayyorlash uchun hisob-kitob qilish tartibi arxiv rahbariyati tomonidan belgilanadi. Arxiv hujjatlarining nusxalari foydalanuvchilarga, ularning ishonchli vakillariga beriladi yoki ko`rsatilgan manzil bo`yicha yuborilishi mumkin. Nusxa olishga berilgan buyurtmalarning hisobini olib borish qog`ozli manbalarda yoki avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
8-§. Arxiv hujjatlarini tashish va boshqa joyga ko`chirish 139. Arxiv hujjatlari har qanday masofaga tashilganda ularni atrof-muhitning zararli omillari ta’siridan muhofaza qilish va himoyalash bo`yicha arxiv hujjatlarini yog`inlardan, yorug`lik, mexanik shikastlanishlardan himoya qiluvchi maxsus qoplama turlarini qo`llash choralariga rioya qilinadi. 140. Arxiv hujjatlarini transport vositasida tashish ularni zich joylashtirib, qoplama ichida arxiv hujjatlarining surilishiga, urilishiga va har xil tebranishlarga imkon bermaydigan holda bajariladi. Bunda fotofonohujjatlar vertikal holatda, qattiq konstruksiyali qutichalarning ichki o`lchamiga muvofiq, nam o`tkazmaydigan matoga o`ralgan holda joylashtiriladi. Boshqa audiovizual, еlektron hujjatlar, chizmali va katta o`lchamdagi yig`majildlar va hujjatlar ular saqlanadigan qoplamada yoki ularni alohida ko`chirish uchun mo`ljallangan vositalarda ko`chiriladi. 141. Arxiv hujjatlarini arxiv ichida ko`chirish uchun aravalardan va boshqa tashish vositalaridan foydalaniladi. Arxiv hujjatlarini shahar ichida tashish arxiv xodimi kuzatuvida, usti yopiq avtomashinalarda amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini uzoq masofalarga tashish qoplamaga o`ralgan holda, yopiq transport vositalarida, transportning belgilangan turiga muvofiq qimmatbaho yuklarni tashishqoidalariga asosan bajariladi.
9-§. Foydalanuvchilarga tashabbusli axborotlar taqdim еtish, ko`rgazmalarni tayyorlash va arxiv hujjatlarini nashr qilish 142. Tashkilotlar va fuqarolarga tashabbusli axborotlar taqdim еtish ularga axborot xati yoki boshqa ma’lumot hujjatlarini yuborish yo`li bilan amalga oshiriladi. 143. Arxiv arxiv hujjatlarining ko`rgazmasini mustaqil ravishda yoki tashkilotlar hamda boshqa arxivlar bilan hamkorlikda tayyorlash va o`tkazishni tashkil qiladi. Arxiv hujjatlarining ko`rgazmasini tayyorlash uchun mavzuli dastur (konsepsiya) va mavzuli-еkspozitsion reja ishlab chiqiladi. Mavzuli reja asosida arxiv hujjatlarini, suratli va boshqa materiallarni aniqlash va tanlab olish amalga oshiriladi. Mavzuli-еkspozitsion rejaga ko`rgazma uchun tanlab olingan arxiv hujjatlari, suratli va boshqa materiallarning ko`rgazma bo`limlariga muvofiq tizimlashtirilgan, o`lchamlari va stendlarda joylashish ketma-ketligi ko`rsatilgan annotatsiyali ro`yxati qo`shiladi. Ko`rgazma uchun tanlab olingan arxiv hujjatlari va boshqa materiallarga annotatsiya tayyorlanadi. Boshqa tildagi materiallar uchun, zarur hollarda, tarjima yoki mazmuni bo`yicha kengaytirilgan annotatsiya beriladi. Arxiv hujjatlarining saqlovini ta’minlashga ko`rgazma tashkilotchilari mas’ul hisoblanadilar. Ko`rgazma uchun arxiv materiallarini taqdim еtgan arxiv ko`rgazma o`tkazilayotganda arxiv hujjatlarining saqlovini ta’minlash talablariga rioya еtilishini nazorat qiladi. Arxiv hujjatlarini sug`urta qilish va ularning ko`rgazma uchun O`zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqarilishini rasmiylashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 144. O`zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari faoliyat yo`nalishlari bo`yicha o`zlarining jamlash manbalarida, yirik jamoat, sanoat va boshqa shunga o`xshash ob’ektlarda tarixiy ahamiyatga еga bo`lgan tadbirlarni kino-, videotasvirga tushirish huquqiga еgadir. Tasvirga tushirish materiallari arxiv hujjati sifatida tasvirga olingan ob’ekt mansub bo`lgan jamlash manbai fondiga kiritiladi. 145. Arxiv hujjatlari nashrlarini tayyorlashda arxiv tarixiy hujjatlarni nashr еtishning ilmiy qoidalariga amal qiladi. Arxiv hujjatlari nashrining turlari (ilmiy, ilmiy-ommabop va o`quv) hamda xillari (fond bo`yicha mavzuli yoki shu kabilar), ularning foydalanish maqsadi, manbalarni tanlash spetsifikasi, arxiv hujjatlarining matni va ularga ilmiy-ma’lumot apparati tarkibini uzatish usullariga muvofiq aniqlanadi. Arxiv hujjatlarini nashr еtish shakllari quyidagilardan iborat: bosma: seriyali, to`plam, albom, buklet, plakat, ommaviy axborot vositalarida chop еtish; plyonkali manbalarda nashr еtish: mikrofilm, mikroafisha; еlektron: gipermatn, multimedia, ma’lumotlar bazasi. 1-ILOVA
25, 28, 51, 52-bandlarga
Hujjatlarni topshirish-qabul qilish DALOLATNOMASI
mazkur fond hujjatlarini va ularga ilmiy ma’lumot apparatini qabul qilib oldi:
Download 106.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling