I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
Kutilayotgan natijasi. Talabalarda plastinkajabralilar va yaxlitboshli baliqlarning 
biologiyasi va tuzilishidagi asosiy xaraktyerli belgilari, tarqalishi to‘g‘risida umumiy ma’lumot 
byeriladi va ularni boshqa baliq turlaridan farqlash kunikmalari shakllantiriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


6-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
 
Mavzu: Akula va skatlar turkumi.
Kerakli materiallarva jihozlar: Seldsimonlar turkumi. Lasossimon baliqlarlarning 
fiksatsiya qilingani, vannacha, skalpel, pinset, qaychi, preparoval ninalar, qo’l lupalar, 
Seldsimonlar turkumi. Lasossimon baliqlarlarning tashqi va ichki tuzilishiga doir jadvallar. 
Laboratoriya ishining maqsadi: Talabalarga akula va skatlar to‘g‘risida bilimlar byerish 
va ularning ushbu mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish 
kunikmalarini shakllantirish. 
Mazmuni. Akulalar katta turkumi (Selachomorhpa). Akulalarning tanasi duksimon. 
Jabra yoriqlari boshining ikki yonida joylashgan. 15 sm dan 20 metr uzunlikda. Masalan, pakana 
akulalarda 15 sm, kitlarda 20 metr. Akulalarning 300 turi ma’lum. 
Akula – dengiz baliqlari hisoblanadi, lekin ba’zilari chuchuk suvlarda uchraydi, doimiy 
yashaydiganlari ham bor. CHuchuk suvda uchraydiganlari asosan issiq sevarlar bo‘lib jahon 
okeaning tropik va subtropik joylarida uchraydi. Ayrimlari sovuq suvlarda uchraydi, masalan 
qutb akulasi, seldsimonlar, mushuksimon akula va boshqalar. Akulalar qirg‘oqqa yaqin joylarda 
va okean o‘rtasida yashaydi, ayrim turlari 100 m chuqrlikda yashaydi. Akulalar tuxum qo‘yadi 
va tirik tug‘adi. Tuxum qo‘yuvchilar: qutb akulasi va mushuksimonlar, tirik tug‘uvchilar: katran, 
seldsimonlar. Syerpushtligi 3 malkovdan 300 ta tuxumgacha qo‘yadi.
Akulalarning ko‘pchiligi yirtqich bo‘lib, baliqlar, kalmarlar, qisqichbaqasimonlar va 
dengiz yulduzlari bilan oziqlanadi. Eng yirik akulalar kitsimonlar va yirik gigant akula 
zooplanktonlar bilan oziqlanadi, mushuksimonla esa bentos oziqlanadi. 
Ko‘pchilik turlari oziq qidirib, yoki oziqni orqasidan migratsiya qilib hayot kechiradi
masalan seldsimonlar va yirik akulalar. Ayrimlari sutkalik migratsiya qiladi, ya’ni kechalari 
yuqoriga ko‘tariladi ozi uchun kunduzlari suv qa’riga tushadi. Ayrimlari tuxum, yoki 
malkovlarni qo‘yish uchun qirg‘oqqa yaqin kelish uchun migratsiya qiladi.
Akulalarning 50 dan ortiq turi odam uchun xavfli.
Xo‘jalik ahamiyatiga ega turlari ko‘p. Masalan, mushuksimonlar, katran, qutb akulasi, 
seldsiomonlar ko‘k akula va boshqalar.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling