Ibn Hajar Asqaloniy riyoni quyidagicha taʼriflaydi: "Riyo odamlar ko‘rib, egasini maqtashlari uchun ibodatni izhor qilishdir"
Download 21.74 Kb.
|
riyo
Maxfiy riyo haqida
Riyoning oshkorasi va maxfiysi bo‘ladi. Oshkora riyo amalga chorlovchi omil bo‘lib, odamlar ko‘rishi uchungina qilinadi. Undan keyingi o‘rinda turadigan riyo o‘zi amalga bois bo‘lmasa ham, Alloh uchun qilinadigan amalni yengillatadi. Misol uchun, bir odam har kecha tahajjud o‘qir va bu unga og‘ir kelar edi. Uyiga mehmon kelgan kuni bu ish unga juda ham yengil bo‘lib qoladi. Undan ham maxfiyroq riyo amalga ham, uning yengillashishiga ham taʼsir qilmaydi. Lekin bari bir qalbdan joy olgan bo‘ladi. Bu turdagi riyo amalga bois bo‘lmagani uchun uni bilib olish faqatgina baʼzi alomatlardan bo‘ladi. Uning eng mash-hur alomati odamlar uning toatidan xabardor bo‘lsa xursand bo‘lishidir. Ko‘pgina bandalar ixlos bilan amal qiladi. Riyoni qasd qilmaydi, balki yomon ko‘radi. Amal o‘shanga binoan bo‘ladi. Shu bilan birga, odamlar amalidan xabardor bo‘lsalar masrur bo‘ladi va huzur topadi. Bu narsa qalbida ibodat mashaqqatini yengillashtiradi. Mana shu surur undagi maxfiy riyoning dalilidir. Amalni zoye qiladigan va qilmaydigan riyo Riyo ibodatdan forig‘ bo‘lgandan keyin yoki oldin sodir bo‘lishi ehtimoli bor. Agar ibodatdan forig‘ bo‘lganidan keyin o‘zi harakat qilmasa ham bandada surur paydo bo‘lsa, amali habata bo‘lmaydi. Chunki mazkur amal ixlos asosida ado etildi, surur esa undan keyin keldi. Xususan, banda uning kelishi uchun harakat ham qilmadi, gapirmadi ham. Ammo amal tugagandan keyin u haqida gapirgan bo‘lsa, bu xavfli. Bunda ko‘pincha amalni qilayotgan paytida qalbida riyo bor bo‘ladi. Agar riyo bo‘lmasa ham gapirgani uchun savobi ozayadi. Zotan maxfiy va oshkora amal orasida yetmish daraja bor. Agar riyo ibodatdan forig‘ bo‘lmay turib sodir bo‘lsa, hukmi boshqacha. Misol uchun birov ixlos bilan namoz boshladi. Keyin qalbida surur paydo bo‘ldi. Boshqa narsa aralashmadi. Bunda amaliga taʼsiri yo‘q bo‘ladi. Ammo o‘sha surur namozni odamlar ko‘rsin uchun cho‘zib yuborishga olib borsa, amali habata bo‘ladi. Agar riyo bilan ibodat bir vaqtda sodir etilsa, ibodat qabul bo‘lmaydi. Misol uchun, riyo uchun namoz o‘qishni boshlash kabi. Download 21.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling