Ibn Hajar Asqaloniy riyoni quyidagicha taʼriflaydi: "Riyo odamlar ko‘rib, egasini maqtashlari uchun ibodatni izhor qilishdir"
Download 21.74 Kb.
|
riyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Riyoning qismlari
Riyoning zararlari:
1.Riyo amalning savobini zoye qiladi. 2.Riyo Alloh taoloning yomon ko‘rishiga sababdir. 3.Riyokor Alloh taoloning laʼnatiga sazovordir. 4.Riyo halokatga olib boruvchi gunohi kabiradir. 5.Riyo riyokorning g‘oyatda johil ekaniniga dalil bo‘ladi. 6.Riyo faqirlikni jalb qiladi. 7.Riyo o‘z sohibini fitnalarga giriftor qiladi. 8.Riyo egasini qiyomat kuni xaloyiqning oldida sharmanda qiladi va boshqalar. Riyoning qismlari Riyoning bir necha turi bor. Birinchi turi. Badan ila riyo qilish. Bunda ozg‘inlik va sarg‘ayishni zohir qilinadi. Bu bilan qattiq ijtihod qilayotgani, din uchun mahzunlik va oxirat xavfi kuchli ekanini odamlarga ko‘z-ko‘z qilishga harakat qilinadi. Ahli dunyoning riyosi semizlik, rangning tozaligi, qomatning moʻtadilligi, yuzning go‘zalligi, badanning pokligi va aʼzolarning quvvati ila bo‘ladi. Ikkinchi turi. Tashqi ko‘rinish va kiyim ila bo‘ladi. Bunda sochni to‘zigan holda tutish, yuzda sajda asarini qoldirish, qo‘pol kiyim kiyish, yengini kalta qilish, kiyimni poklamaslik, uni yirtiq holida qo‘yish kabilar sunnatga ergashish daʼvosi sifatida qilinadi. Ahli dunyoning bu boradagi riyosi nafis kiyimlar, muhtaram markablar, kiyim va maskandagi turli kengliklar va jamollar ila bo‘ladi. Uchinchi turi. Gap-so‘z ila bo‘ladigan riyo. Bu turdagi riyo din ahlida vaʼz va irshodda, hikmatni nutq qilishda, ilmning ko‘pligini bildirish uchun xabarlar va asarlarni yod olish bilan bo‘ladi. Shuningdek, odamlar jamlangan yerda labini qimirlatib, zikr qilib turish, ularning oldida amri maʼruf va nahyi munkar qilish bilan bo‘ladi. Ahli dunyoning bu turdagi riyosi esa sheʼrlar va masallarni yod olish, iboralarni alohida ohang bilan gapirish va ko‘pchilik bilmaydigan so‘zlarni ishlatish bilan bo‘ladi. To‘rtinchi turi. Amal bilan bo‘ladigan riyo. Bu namozxonning rukuʼ va sajdani uzun qilishi kabi ishlar bilan bo‘ladi. Ahli dunyo bo‘lsa, manmanlik va gerdayish kabi boylik va obro‘ni ko‘z-ko‘z qiluvchi narsalar ila riyokorlik qiladilar. Beshinchi turi. Do‘stlar va ziyoratchilar bilan maqtanish. Bunda riyokor mashhur olimni uyiga “falonchinikiga mashhur olim kelibdi”, deyilishi uchun taklif qiladi. Yoki “men falonchining majlisida ishtirok etaman” deya doimo maqtanib yurish bilan bo‘ladi. Download 21.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling