Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi
Download 360.6 Kb.
|
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unlilar imlosi
- Undoshlar imlosi
Imlo xatolari – kirill va lotin alifbosi asosidagi yozuv qoidalarini farqlamaslik, so‘zlarni yozma tarzda ifodalashda, qo‘shib, ajratib, chiziqcha bilan yozishda, tutuq belgisini qo‘llashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar.
Insho matnida uchraydigan imlo xatolarining aksariyati quyidagi qoidalarga amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Unlilar imlosi. Urg‘usiz bo‘g‘inlarda o tovushi a tarzida aytiladi: kanstitutsiya, arfografiya, fanetika. Lekin konstitutsiya, orfografiya, fonetika yoziladi. Rus va yevropa tillaridan kirgan so‘zlarning oxirgi urg‘usiz bo‘g‘inida kelgan o unlisi qisqa i tarzida eshitiladi, lekin har doim direktor, traktor, rektor, konduktor, irrigator, diktor (va b.) tarzida yoziladi. Yonma-yon keladigan unlilar orasida talaffuzda y tovushi aytilsa ham yozilmaydi: shoir, shariat, maishat, doim, oila, teatr, diagnoz, material, filial, million, aerodrom, aloe kabi. Mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda tutuq belgisi qo‘yilmaydi. Undoshlar imlosi. Insholarda ko‘zga tashlanadigan imlo xatolari orasida eng ko‘p kuzatiladigan nuqson x va h imlosi bilan bog‘liq xatolardir. Ko‘p hollarda xalq, axloq, ruxsat, ro‘yxat, hodisa, nusxa, sahna, tuhmat kabi so‘zlarning yozilishi bilan bog‘liq xatolar uchraydi. Xx va Hh undoshlari alohida fonemalardir. Xx va Hh tovushlari paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra ham, aytilishiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. Xx – chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undosh: xabar, paxta, sho‘x, taxt, baxt, xulq, axloq, xalq. Hh – jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshi: behi, holva. x va h ayrim so‘zlarda ma’no farqlashga xizmat qiladi: xol (dog‘) - hol (ahvol) ; xam (egik) - ham (yuklama); shox (daraxt shoxi) - shoh (podshoh); rux (modda) - ruh (arvoh); xush (yoqimli) - hush ( aql). i bilan boshlanuvchi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida x yoziladi: ix-tiyor, ix-cham, ixlos, ixtisoslik; qolgan bo‘g‘inlarida h yoziladi: il-hom, i-ho-ta, is-loh; e bilan boshlanuvchi arabcha so‘zlar tarkibida h yoziladi: ehson, ehtirom, ehrom, ehtiyot, ehtiyoj. Bu harflar imlosida arabcha o‘zakdosh so‘zlardagi undoshlarga asoslanish mumkin: hukm-hokim-hakam-hokimiyat-mahkama-mahkum; rahm-rahmat-rahim; hurmat-marhamat-rahmat; xalq-xaloyiq-xoliq-maxluq; muhsin-tahsin; hibs-mahbus, muxlis-ixlos. Birlikdagi ot va ularning siniq ko‘plik shaklini bilish ham bu harflarni to‘g‘ri ifodalashga yordam beradi: xabar-axborot, saxiy-saxovat, hol-ahvol, ruh-arvoh. Bulardan tashqari, x va h ishtirok etgan so‘zlar imlosini yodda saqlash lozim bo‘ladi. Download 360.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling