Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Qo‘shma va juft so‘zlar imlosi


Download 360.6 Kb.
bet63/93
Sana10.11.2023
Hajmi360.6 Kb.
#1764982
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93
Bog'liq
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi

Qo‘shma va juft so‘zlar imlosi. Har, hech, bir, u, shu, osha, hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan birlikdan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, osha joyda, hamma vaqt kabi
Hamma, har, hech, u, bu so‘zlari bilan yasalgan olmosh va ravishlar: hamma vaqt, har kim, hech qanday, u yerda, bu vaqt; birinchi so‘zi bir, har, hech olmoshlaridan iborat bo‘lgan qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi (birpas, biryola, birvarakay so‘zlari bundan mustasno).
Sifatlar oldidan toq, jiqqa, tim, liq kabi so‘zlar kelsa, ajratib yoziladi: toq sariq, jiqqa hol, tim qora, liq tola va b;
Belgining ortiqlik hamda uzviylik darajasini ko‘rsatuvchi: kopdan kop, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, uzundan uzun, yildan yilga, kundan kunga kabi birliklar ajratib yoziladi.
Bilan va uchun ko‘makchilarining qisqargan -la va -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun singari.
Dardi bedavo, bodi sabo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi. Izofali birikmalarni qo‘shish uchun unlidan so‘ng kirill yozuvidagi i o‘rniga (ойнаи жаҳон, таржимаи ҳол, нуқтаи назар, рўйи замин) yi yoziladi: oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar, ro‘yi zamin.
Juft so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: yaxshi-yomon, erta-kech, qishin-yozin.
Qisqartma so‘zlar imlosi. So‘zlarning birinchi harflarini biriktirish yo‘li bilan yasalgan qisqartma so‘zlar bosh harf bilan yoziladi: BMT, MDH. Qisqartmalardagi harflar o‘rtasiga nuqta qo‘yilmaydi. Insholar matnida B.M.T., A.Q.Sh. tarzida xato yozishlar ko‘p uchraydi. Shaxs ismi va otasining ismi, familiyalari yoki ularning bir qismi qisqartirilishi mumkin: H.O., A.O.; N.Jumayev, G.Jahonova. Mumtoz ijodkorlarimiz ismi-sharifi, taxallusini qisqartirmay yozgan ma’qul: Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur. Negaki hozirgi ism-shariflar qisqartmasi shaxs ismi va otasining ismini bildiradi: F.X.Arziqulov. Mumtoz ijodkorlarimiz ismi-sharifi, taxallusi har doim ham bu mezonga mos kelavermaydi. Odatda, taxalluslar ham qisqartirilmaydi: Cho‘lpon, Sakkokiy, Julqunboy, Hijron, Nihoniy.

Download 360.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling