Ibragimova vazira isomiddinovna fizik ta’limda yangi pedagogik texnologiyalar
Download 197.18 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org
Xulosalar
Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlaridan quyidagi natijalar va xulosalar kelib chiqadi: 1. Fizika fani yuqori sinf (kurs) larga o’tgan sari hodisalar, qonuniyatlar murakkablashib, dars materialining hajmi esa ortib boradi. Shu va shu kabi boshqa parametrlar dars sifati, o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatkichiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu maqsadda fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash samarali ekanligi aniqlandi. 2. Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan maqsad ta’lim oluvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv materiallarini shunchaki yodlab olishlaridan, ixtiyoriy takrorlashlaridan uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir. 3. Yangi pedagogik texnologiyalarni fizika ta’limida to’laqonli tarzdagi texnologik jarayon sifatida tadbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish — ta’lim muassasasining kuchli moddiy-texnik bazasini, ko’p vaqt va mehnat talab etadigan murakkab jarayondir. Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun o’qituvchi yuksak pedagogik mahoratga ega bo’lib, dars mavzusi, o’quvchilar soni, ularning qiziqishi, qobiliyatlarini har tomonlama hisobga olishi kerakligi ma’lum bo’ldi. 4. Fizika bo’limlarining muayyan mavzulari uchun yangi pedagogik texnologiyalar qo’llanilgan dars loyihalari ishlab chiqildi va bu loyihalarni dars jarayonida sinab ko’rish uchun SamDU qoshidagi II son akademik litseyida tadqiqot ishlari o’tkazildi. Har bir yangi pedagogik texnologiya, interfaol metodlarni qo’llashda ikkita guruh namuna sifatida tanlab olindi. Bu guruhlarning birinchisiga dars oddiy, an’anaviy usulda, ikkinchisida esa yangi loyiha asosida o’tkazildi.Yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan dars jarayonida o’zlashtirish ko’rsatkichi yuqoriligi, sifat samaradorligi yaxshilanganligi aniqlandi. 75
5. Tajriba fizikadan ma’ruza darslarini o’tishda “aqliy hujum”, BxBxB”, “muammoli vaziyat” kabi interfaol metodlar, masala yechish darslarida esa, “6x5”, “davra suhbati”, “kichik guruhlarda ishlash” kabi metodlarni qo’llash yaxshi natija berishini ko’rsatdi. Fizikadan muayyan bo’lim yoki mavzularni yakunlash, darsni mustahkamlashda “Venn diagrammasi” strategiyasi va shu kabi usullardan foydalanilganda, o’quvchilarning fizika fanini o’rganishdagi qiyinchiliklari bartaraf etilishi kuzatildi. 6. Ikki yillik tadqiqot natijalari asosida “yulduzli osmon”, “sirli baho”, “Kim, qayerda xato qildi?” kabi yangi metodlar ishlab chiqildi va bu metodlarni fizika ta’limida qo’llaganda quyidagi: - o’quvchilar o’rtasida sog’lom raqobat muhitining yuzaga kelishi; - o’zaro hamkorlik; - bir-birini tinglash; - o’z xatosini tushunish; - fanga bo’lgan qiziqishning ortishi; - ijodiy izlanish; va boshqa shu kabi ijobiy natijalar kuzatildi. 7. Yuqoridagi yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan fizika dars jarayonlari o’quvchilar tomonidan ham ma’qullandi. Oddiy, an’anaviy usulda tashkil qilingan dars jarayonidan farqli ravishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazilgan dars jarayoni o’zining sezilarli samarasini ko’rsatdi. 76
Download 197.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling