66
Fizikadan o’tilgan darslarni takrorlash yoki bellashuv o’tkazishda quyidagi
metod qo’llanilsa, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlari ortadi, o’quvchilar
estetik zavq oladilar.
Dastlab o’quvchilar 2 guruhlarga bo’linadilar. Auditoriya doskasiga maxsus
2 ta plakat osib qo’yiladi. Bu plakatlarga yulduzli osmon tasviri tushirilgan bo’lib,
plakatdagi har bir yulduzchalarga fizika fanidan qiziqarli (dars jarayoni bo’lsa,
o'tilgan mavzular bo’yicha )savollar yashiringan bo’ladi.(8-rasm.)
1-jamoaga 2-jamoaga
8-rasm. Savollar joylashtirilgan maxsus plakat orqali “yulduzli osmon” metodini
qo’llash.
Masalan, 1-jamoaga quyidagi savollar qo’yiladi:
1.Nima uchun sumalak pishirishda qozonga tosh solib kovlanadi?
2.Qaldirg’ochlar yomg’ir yog’ishidan oldin nima uchun pastlab uchadi?
3.Nima uchun choynakning qopqog’iga kichkina teshik qilinadi?
4.Sovuq suvning elektr o’tkazuvchanligi kattami yoki issiq suvnimi?
5.Nima uchun yoz kunlarida ham tog’ cho’qqilarida qor bo’ladi?
6.Nima uchun qishda binolarning deraza oynalari va avtomobil oynalari ichki
tomondan muzlaydi? [40]
67
7.U uzunlikka ham, balandlikka ham, chuqurlikka ham, kenglikka ham
ega emas,
lekin uni o’lchash mumkin bo’lgan kattalik nima?
8.Stakanlar qog’ozda. Stolda bir-biridan qandaydir masofada (15-20sm ) 2 ta
stakan turibdi.(A 4) qog’oz varag’ini, bu ikkita stakanchaga qo’yib, uning ustiga 3-
stakanni shunday qo’yish kerak-ki, qog’oz stolchaga buklanmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: